• Xulosa.................................................................................................................86
  • III bob. Natijalar va ularning muhokamasi...................................................60




    Download 3,83 Mb.
    bet2/30
    Sana31.01.2024
    Hajmi3,83 Mb.
    #149035
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
    Bog'liq
    Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi

    III bob. Natijalar va ularning muhokamasi...................................................60

    1. Dizel yoqilg‘isini adsorbsion usulda aromatik birikmalardan tozalash.........60

    2. Dizel yoqilg‘isini аromаtik birikmаlаrdаn ekstrаksion usuldа tozаlаsh..........67

    3. Аdsorbent yordаmidа аjrаtilgаn аrenlаrning sifаt vа miqdor tаrkibini o‘rgаnish..........................................................................................................75

    III bob bo’yicha xulosa....................................................................................85
    Xulosa.................................................................................................................86
    Foydalanilga adabiyotlar ro’yxati....................................................................88


    Kirish
    Mamlakatimizda 1997 yil 23 avgustda qabul qilingan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da zamon talablariga, bozor iqtisodiyoti ehtiyojlariga, ta’lim sohasidagi xalqaro meyorlar va andozalar talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasi qо‘yilgan. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov о‘zining “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” nomli asarida, "Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bо‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq" deb ta’kidlaydi[1-3].
    Jahonda moliyaviy-iqtisodiy inqiroz kengayib va chuqurlashib borayotgan bir paytda, hayot О‘zbekistonda iqtisodiy-ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli barpo etilgan omillar bunday inqirozlar ta’sirini yumshatishga qodir ekanligini kо‘rsatmoqda. Mamlakatimizda jahon moliyaviy - iqtisodiy inqiroziga qarshi choralar dasturi ishlab chiqildi va uni amalga oshirish boshlab yuborildi. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimovning "Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, О‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yо‘llari va choralari" asarida, inqirozga qarshi choralardan biri - bu" korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish" deb ta’kidlanadi. Yangi, raqobatbardosh texnologiyalarni qо‘llash masalasi bevosita fan va ta’lim-tarbiya sohasiga ham tegishlidir[4].
    Dizel yoqilg‘ilari sifatiga qо‘yilayotgan asosiy talablardan biri yoqilg‘i tarkibidagi oltingugurtli va aromatik birikmalar miqdorini kamaytirish va ayniqsa polihalqali aromatik uglevodorodlar miqdorini keskin kamaytirish talab etiladi.
    Butun dunyo bо‘yicha yoqilg‘i sifatiga qо‘yilayotgan talablarga kо‘ra aromatik uglevodorodlarning umumiy miqdori va alohida polihalqali aromatik uglevodorodlar miqdorining mumkin bо‘lgan miqdori bо‘yicha normalari ishlab chiqilgan. Dizel yoqilg‘isiga Yevropa standartlariga kо‘ra YEN 590, Yevro 2 Yevro 3, Yevro 4 va Yevro 5 lar uchun aromatik uglevodorodlarning umumiy miqdori normalashtirilmagan bо‘lsada biroq dizel yoqilg‘isi tarkibidagi polihalqali aromatik uglevodorodlarning miqdori normalari qat’iy belgilangan.
    Ekologik nuqtai nazardan polihalqali aromatik uglevodorodlar anchagina xavfli birikma bо‘lib sanaladi. Ularning asosiy manbai bо‘lib yoqilg‘inig о‘zi sanaladi yoki dvigatel kamerasida yonayotgan yoqilg‘idan hosil bо‘ladi. Yonish kamerasida polihalqali aromatik uglevodorodlarning sintezi smola va aromatik uglevodorodlarning molekulyar assotsiatsiyalanishidan hosil bо‘ladi. Ta’kidlash joizki polihalqali aromatik uglevodorodlar dvegatelning yonish kamerasida tо‘liq yonmaydi va u yonish kamerasida, porshinlar ustida, forsunkalarda smolasimon chо‘kma kо‘rinishida yopishib qoladi. Bu esa dvegatelning normal ishlashini izdan chiqaradi.
    Ushbu dissertatsiya ishi mahalliy xom ashyo hisoblangan dizel yoqilg‘isini adsorbsion va ekstraksion usulda dearomatlash orqali dizel yoqilg‘isining ekpluatatsion va ekologik xususiyatlarini yaxshilashga hamda dizel yoqilg‘isiga qо‘yilayotgan Yevro 3 talablariga muvofiqlashtirishga qaratilgan.

    Download 3,83 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




    Download 3,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III bob. Natijalar va ularning muhokamasi...................................................60

    Download 3,83 Mb.