• Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari.
  • Magistlik ishining ilmiy yangiligi




    Download 3,83 Mb.
    bet5/30
    Sana31.01.2024
    Hajmi3,83 Mb.
    #149035
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
    Bog'liq
    Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi

    Magistlik ishining ilmiy yangiligi. Magistrlik dissertatsiyasida neft tarkibidan tо‘g‘ri haydash orqali ajratib olingan fraksiyasini kimyoviy usullar yordamida aromatik birikmalardan tozalash orqali Yevrostandart kо‘rsatkichlariga mos keluvchi ekologik toza sifatli ichki yonuv dvigatellari uchun mator yoqilg‘ilari olishda amaldagi gidrotozalash usullaridan farqli ravishda adsorbsion va ekstraksion usulda tozalash metodlaridan foydalanildi. Shuningdek, ajratish uslubining qulayligi, olingan birikmalarning tuzilishi va tarkibi o’rganildi. Dizel yoqilg‘isini dearomatlash orqali Yevrotalablariga mos keluvchi dizel yoqilg‘isi olishning ilmiy asosnomasi ishlab chiqildi.
    Aromatik birikmalarni ajratishda qo‘llanilgan adsorbentning fizik va kimyoviy tavsiflari o‘rganildi. Ko‘rib chiqildiki sorbentning aromatik birikmalarga nisbatan tanlovchanligi uning g‘ovaklik darajasiga va g‘ovak o‘lchamlariga bevosita bog‘liq ekanligi aniqlandi. Tanlangan sorbentga aromatik birikmalarning dizel yoqilg‘isi tarkibidan sorbsiyalanish mexanizmi elektronoakseptor va protondonorli sorbentlar bilan aren molekulalari orasida molekulyar birikmalar (π-komplekslar)ning hosil bo‘lishiga bog‘liqligi asoslandi.
    Laboratoriya tadqiqotlari natijalariga asosan dizel yoqilg‘isi tarkibidagi arenlarni ajratishda bir bosqichli ekstraksiya usulini qo‘llash mumkinligi o‘rganildi, ya’ni og‘ir dizel fraksiyasidan arenlarni ekstraksiyalash uchun optimal texnologik parametrlar sohasi: harorat 25-40 0C, ekstragent-xom ashyo 3:1-4:1 nisbat hajmda, ekstragentdagi suv miqdori esa 6-10% ekanligini kо‘rsatdi.
    Adsorbsion va ekstraksion usul orqali ajratib olingan arenlar konsentratining fraksion tarkibi o‘rganib chiqildi va og‘ir dizel fraksiyasi tarkibidagi arenlarning asosiy massasi mono-, bi- va polihalqali aromatik birikmalar tuzilishiga to‘g‘ri kelishi GSX metodi orqali tasdiqlandi
    Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Ushbu ishida neft tarkibidagi aromatik birikmalar, xususan benzol va uning hosilalari, benzol halqasi bilan kondensirlangan birikmalarni neft tarkibidan kimyoviy usullar yordamida ajratib olish, ajratish uslubining eng qulay va maqbul yo‘llarini topish, neft tarkibidan tо‘g‘ri haydash orqali ajratib olingan fraksiyasini kimyoviy usullar yordamida aromatik birikmalardan tozalash orqali Yevrostandart kо‘rsatkichlariga mos keluvchi ekologik toza sifatli ichki yonuv dvigatellari uchun mator yoqilg‘ilari olishda adsorbsion va ekstraksion usulda tozalash metodlaridan foydalanish. Shuningdek, ajratish uslubining qulayligi, olingan birikmalarning tuzilishi va tarkibi o’rganish. Dizel yoqilg‘isini dearomatlash orqali Yevrotalablariga mos keluvchi dizel yoqilg‘isi olishning ilmiy asosnomasi ishlab chiqish.
    Dearomatlash uchun foydalaniladigan neftni tо‘g‘ri haydash orqali olingan og‘ir dizel fraksiyasining muqobil fraksion tarkibini tanlash, ajratish uslubining eng qulay va maqbul yo‘llarini topish, og‘ir dizel fraksiyasini dearomatlash uchun jarayonida qо‘llaniladigan reagentlarning ta’sir etish ximizmini tahlil etish, neftni arenli birikmalardan tо‘liq ajratishda tozalash sharoitining (reagentlar nisbati, harorat, reaksiya vaqti, aralashtirishning intensivligi, va boshqalar) bog‘liqlik qonuniyatlarini о‘rganish va neftni dearomatlash orqali ajratib olingan arenli konsentratdan ayrim komponentlarning tarkib va tuzilishini о‘rganish kabi masala va farazlar ko’rib chiqildi.

    Download 3,83 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




    Download 3,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Magistlik ishining ilmiy yangiligi

    Download 3,83 Mb.