• II Bob Tajribalar qismi 2.1. Dizel yoqilg‘isi tarkibidan aromatik birikmalarni xromatografik usulda ajratish
  • Kirish I bob Adabiyotlar sharhi




    Download 3,83 Mb.
    bet14/30
    Sana31.01.2024
    Hajmi3,83 Mb.
    #149035
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
    Bog'liq
    Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi

    I bob bo`yicha xulosa
    Disertasiyaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi va uning maqsad va vazifalari ishlab chiqildi. O‘zimizda chop etilayotgan ilmiy maqolalar va chet el adabiyot manbalarini tahlil qilish natijasida shu narsa aniqlandiki, ekologik toza dizel yoqilg‘isiga qo‘yilayotgan talablarning ko‘rsatishicha arenlar miqdorining umumiy yig‘indisi dizel yoqilg‘isi massasiga nisbatan 20% dan oshmasligi kerak.
    Ekologik toza dizel yoqilg‘isi tarkibida bihalqali va polihalqali arenlarning bo‘lishi mutloqo mumkin emas va uning massaga nisbatan foiz ulushi 11% dan oshmasligi lozim. Dizel fraksiyasi tarkibida arenlarning taqsimlanishi tekis emas va polihalqali arenlar ko‘proq dizel yoqilg‘isining yuqori qaynash haroratiga ega bo‘lgan fraksiyalarida yig‘iladi. Shuning maqsadda arenlarni dizel yoqilg‘isidan ajratish uchun samarali ekstragentlar va adsorbentlarni topish zarur bo‘ladi.
    Adabiyot ma’lumotlarini tanqidiy o‘rganish tadqiqot masalalarini va maqsadini hamda maqsaddan kelib chiqqan holda vazifalarni belgilab olish, tadqiqot metodlarini asoslash kabi masalalarni aniqlashga yordam berdi.
    II Bob Tajribalar qismi
    2.1. Dizel yoqilg‘isi tarkibidan aromatik birikmalarni xromatografik usulda ajratish
    Moddalarni tozalash, ularni bir biridan ajratish va aniqlash usullaridan biri xromotografik analaizdir. Xromotografik analizi 1903-yilda rus olimi M.S Sivet kash etgan. Bu usulni hozirgi zamonning kimyoda qo’llanib kelinayotgan eng ko’zga ko’ringan metodlari bilan bir qatorga qoyish mumkin.
    Ma’lumki, neft ko’p komponentli sistema bo’lib, ko’pincha aralashma xolida bo’ladi; ularni bir-biridan ajratish va tozalashda ancha qiyinchiliklarga duch kelinadi. Bunday xollarda xromotografiya usulidan foydalanib yaxshi natijalarga erishish mumkin.
    Xaydash usulida moddalarni qaynash temperaturasi orasidagi farqdan, ekstraksiyada moddalarning xar xil eruvchanligidan foydalanib ajratib olinadigan bo’lsa, xromotografiya usulida esa aralashma xolidagi moddalarning adsorbent yuzasiga yutilish va ishlatilayotgan erituvchida moddalarning surilishi turlicha bo’lishidan foydalaniladi
    Xramotografiyada adsorbent sifatida aluminiy oksid, silikogel, gillmoya kukuni, kraxmal, seluloza kukuni, aktivlantirilgan ko’mir, poliamid va boshqalar ishlatiladi.
    Tadqiqot obekti sifatida Buxoro NQIZ ning xom dizel fraksiyasi tanlandi. Tanlab olingan dizel fraksiyasining qaynash harorati 180-360 0C harorat oraliqlari olindi. Shu maqsadda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi neftgazokondensatining fiziko kimyoviy tavsifnomasi o‘rganildi. Ushbu neftgazokondensati xom ashyosi tarkibidan OzDst 989:2001 markali dizel yoqilg‘isi ajratib olindi.
    Neftni xramotografiya usuli bilan tozalashda va ajratish uchun xramotografik kolonkaning taxminan 2/3 yoki 3/4 qismiga elakdan o’tkazilgan bir xil maydalikda olingan silikagel solinib yaxshilab joylashtirildi. Ba’zan adsorbentni yaxshi joylashtirish uchun uni ma’lum erituvchi bilan aralashtirib turib 1/3 qismiga erituvchi solingan va jumragi ochib qoyilgan holda kolonkaga suyuq massa qilib quyiladi. Adsorbentni kolonkaga yanada yaxshi joylashtirish uchun azotli yoki korbanat angidirid balonidan asta-sekin biroz gaz yuborish ham mumkin.
    Dizel yoqilg‘isi tаrkibidаgi аromаtik uglevodoрodlаrni аjраtish mаqsаdidа biz silekаgelning L 100/400 mmk (Chexiya) turdagi silikageldan foydalandik. Birikmalarni tozaligi va identifikatsiyasi yupqa qatlamli xromatografiya usuli (YUQX) bilan aniqlandi. Silufol UV-254 plastinkalarida individual holatda olingan moddalarning tozaligini tekshirish amalga oshirildi. Bunda KSK (40-90) va L 5/40 mkm (Chexiya) silikagel turlaridan foydalanildi. Ochgich sifatida yod bug’lari ishlatildi. Erituvchilar xaydab tozalab olindi. Xromatografiyani amalga oshirishda quyidagi erituvchilar sistemalari qullandi: dizel yoqig’si: perolyu efiri (1:3), desorbsiyalash uchun etanoldan foydalanildi [38].
    Dizel yoqilg‘isini аromаtik birikmаlарdаn xromаtogраfik usuldа tozаlаsh uchun аvvаlo ishlаtilаdigаn silikаgelimizni fаollаshtiрish keраk bo‘lаdi. Buning uchun 0,5 kg L 100/400 mmk silikаgeli dаstlаb sulfаt kislotаning 40% li eritmаsi bilаn idishdа yaxshilаb аrаlаshtiрildi. Shundаn so‘ng аrаlаshmа 1 soаt dаvomidа idishdа qoldirildi. Idishdаgi аdsorbent mufel pechidа 6 soаt dаvomidа 160 0C hаrorаtdа hаr 1,5 soаtdа аrаlаshtirib turilgаn holаtdа quritildi.
    Quyidаgi аdsorbsion kаlonkаgа sulfаt kislotаning 40% eritmаsi bilаn fаollаntirilgаn vа 160°C hаrorаtdа 6 soаt dаvomidа termik qаytа ishlаngаn L 100/400 mmk silikаgelidаn 120 g solib u yaxshilаb zichlаntirildi. Kolonkаgа joylаngаn sorbentning ho‘llаnish issiqligini yechish mаqsаdidа u 100 ml petroley efiri (neftning 70°C hаrorаtdаgi frаksiyasi) bilаn ho‘llаb olindi. Shundаn so‘ng kolonkаdаgi sorbent to‘liq ho‘lаnib bo‘lgаnidаn keyin uning ustidаn 1:3 nisbаtdа Buxoрo NQIZ OzDst 989:2001 mаrkаli xom dizel yoqilg‘isi bilan petroley efiri quyildi.
    Ma’lumri, dizel yoqilg’si rangli moddalar aralashmasidir shuning uchun kolonkada turli balandlikda har xil rangli halqalar hosil bo’ladi. Bu xromatografik kolonkadagi rangli zonalar elyuent bilan yuvilganda bir-biridan uzoqlashgandan so’ng yuvish to’xtatildi va xromatogramma kolonkadan ohistalik bilan tushirilib, zonalar bir-biridan ajratib olindi.




    Download 3,83 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




    Download 3,83 Mb.