Dizel yoqilg‘isini aromatik birikmalardan ekstraksion usulda tolozalash




Download 3,83 Mb.
bet16/30
Sana31.01.2024
Hajmi3,83 Mb.
#149035
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
Bog'liq
Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi

2.4. Dizel yoqilg‘isini aromatik birikmalardan ekstraksion usulda tolozalash
Laboratoriya sharoitida dizel yoqilg‘isi tarkibidagi arenlarni ajratish uchun ekstraksion dearomatlashda og‘ir dizel fraksiyasidan foydalanildi. Ekstraksiyalash jarayoni adabiyotlarda ma’lum bо‘lgan metod asosida olib borildi. Arenlarni miqdorini aniqlash ekstraksiya qilingan dizel yoqilg‘isidan ajratib olingan ekstrakning kimyooviy guruh tarkibini о‘rganish orqali topildi (GJX). Qо‘llanilgan tadqiqot usulining natijalariga kо‘ra yoqilg‘i tarkibida 270-2900С harorat oralig‘ida qaynaydigan fraksiyalarda bi- va polihalqali aromatik birikmalarning konsentratsiyasi yuqoriligi ma’lum bо‘ldi. Xom ashyo hajmini kamaytirish maqsadida biz yoqilg‘ini ekstraksion dearomatlash uchun yoqilg‘ining 270-2900C haroratdagi fraksiyasidan foydalandik.
Ajratgich voronkasiga 150 ml atseton va 50 ml dizel yoqilg‘isi solib uni yaxshilab aralashtirdik. Aralashmani shtativga о‘rnatib 1 soat davomida qoldirdik. Ushbu vaqt о‘tgandan keyin aralashmada fazalar ajralishi kuzatilmadi. Tadqiqot davomida shu narsa aniqlandiki, ekstragent sifatida qо‘llanilgan atseton о‘zining yuqori darajada eruvchanlik xossasini namoyon etdi.
Yaxshi samarani ekstragent sifatida natijalarga asoslanib TGF ni ham aytish mumkin. Bu ekstragentlar bilan og‘ir dizel fraksiyasi ishlanganda rafinat tarkibida monohalqali birikmalar tо‘liq ajralishi namoyon bо‘ldi. Tetragidrofuranning kamchiligi shundaki, uni amaldagi boshqa ekstragentlar bilan taqqoslaganda rafinatning chiqishi past ekanligini kо‘rsatdi. Shuningdek tetragidrofuran ham past haroratda qaynaganligi sababli amalda uni saqlash va ekspluatatsiya qilishni murakkablashtiradi.
Shundan sо‘ng ajratgich voronkasiga atsetondan 100 ml va tetragidrofurandan 100 ml hamda 100 ml dizel yoqilg‘isi qо‘shib yaxshilab aralashtirildi. Aralashma shtativga mahkamlanib 1 soat davomida tindirildi. Atseton bilan TGF aralashmasi dizel yoqilg‘isi bilan birga olinganda ham ikkita fazaga ajralmasligini ko‘rsatdi.
Tadqiqot davomida atsetonda fazalarga ajralmagan holatdan chetlashishi maqsadida ekstraksiya jarayonida atsetonga 4% hajm miqdorida suv qо‘shish orqali amalga oirdik. Yuqoridagi usulubda 144 ml asetonga 6 ml suvni aralashtirib uning ustiga 50 ml dizel yoqilg‘isining og‘ir fraksiyasi solindi. Natijada 1 soat vaqt o‘tganidan keyin aralashmaning ikki fazaga ajralishi kuzatildi.
Olib borilgan tadqiqotlar natijasiga kо‘ra suv qо‘shilgan atseton bilan ekstraksiyalashda yetarli darajada rafinat unumi yuqori bо‘lsada, rafinat tarkibidagi arenlar miqdori juda past ekanligi aniqlandi. Suvli atsetonning jarayondagi о‘ziga xos kamchiliklari shundaki, birinchidan uning arenlarga nisbatan tanlovchanligi past bо‘lsa, ikkinchidan ekstragent sifatida qо‘llashning texnalogik nuqtai nazardan atsetonning zichligi dizel fraksiyasi zichligiga yaqin.
Xuddi shu usul orqali og‘ir dizel fraksiyasini ekstraksiyalashda dioksandan ham foydalanildi. Rafinatning maksimal chiqishi ekstragent sifatida 1,4-dioksanni qо‘llaganda kо‘rinadi. Rafinat tarkibida arenlar miqdori 65% bо‘lsa monohalqali aromatik uglevodorodlar miqdori 0,8% ga teng ekanligi aniqlandi. Dioksanning zichligi og‘ir dizel fraksiyasi zichligidan farq qilganligi bois amalda u ekstraksiya jarayonida fazalarning ajralishiga olib keladi.
Laboratoriya tadqiqotlari davomida aniqlandiki, 1,4-dioksan 270-3600С haroratdagi og‘ir dizel fraksiyasidan arenlarni ajratishda istalgan nisbatda aralashadi va ikki fazaga ajralish kuzatilmaydi. Sistemadagi fazalarni ajralishiga olib kelish uchun tetragidrofuran va 1,4-dioksan sistemasiga 4% suv qо‘shildi. Rafinat unumini tahlil qilish orqali sistemaning optimal diapazoni suv miqdori 6%dan 10%gacha bо‘lishligini kо‘rsatdi. Ekstragentda suv miqdorining 10%dan yuqori bо‘lishi 26%gacha arenlarning rafinatda bо‘lishligini ta’minlaydi.
Ekstragent-xom ashyoning 3:1 nisbatidan kam hajmda olinishi rafinat tarkibidagi arenlarning miqdori dastlabki xom ashyonikiga juda yaqin bо‘lishini va dearomatlanish jarayoni amalda sodir bо‘lmasligini kо‘rsatdi. Shuningdek, hajmiy nisbatning yuqori bо‘lishi ya’ni 4:1 nisbatda bо‘lishi ham rafinat chiqishining ahamiyatli darajada pasayishiga olib kelishini kо‘rsatdi. Olingan tadqiqot ma’lumotlarini tahlil qilish orqali optimal texnologik parametrlar sohasi: harorat 25-40 0C, ekstragent-xom ashyo 3:1-4:1 nisbat hajmda, ekstragentdagi suv miqdori esa 6-10% ekanligini kо‘rsatdi.

Download 3,83 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Download 3,83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dizel yoqilg‘isini aromatik birikmalardan ekstraksion usulda tolozalash

Download 3,83 Mb.