|
Kirish I bob Adabiyotlar sharhi
|
bet | 19/30 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 3,83 Mb. | | #149035 |
Bog'liq Neft va gaz kimyosi va texnologiyasiII-Bob boyicha xulosa
Dizel yoqilg‘isiga bо‘lgan jahon talabini inobatga olgan holda dizel dvigatellarining ekologik jihatdan zararsiz bо‘lishi va ichki yonuv dvigatellaridan chiqayotgan zararli chiqindilar va yonish mahsulotlari bо‘lgan gazlarning ekologik zararsizligiga katta e’tibor qaratilmoqda.
Ma’lumki 2005 yilning 1 yanvaridan yangi Yevropa standarti ya’ni YEN 590 bо‘yicha aromatik uglevodorodlar va oltingugurtli birikmalarning yoqilg‘i tarkibida bо‘lishi mumkin bо‘lgan miqdori haqidagi kо‘rsatma joriy etildi.
Yevrostandart 3 bо‘yicha dizel yoqilg‘isidagi polihalqali aromatik uglevodorodlar miqdori 11% dan, oltingugurtning miqdori 0,035%dan oshmasligi kerak. Shuningdek, zichligi 150S da 820 – 845 kg/m3 , fraksion tarkibi esa 3600S da haydalganda 90% ni va setan soni 52 ga teng bо‘lishi kerak.
О‘zbekiston ham Yevro 3 dizel yoqilg’isiga о‘tishni mо‘ljallamoqda. Shuning uchun о‘zimizda ishlab chiqarilayotgan dizel yoqilg‘ilarini Yevro talablariga moslash uchun yoqilg‘i tarkibidagi polihalqali va oltingugurtli birikmalardan tozalash muhim masalalardan biri bо‘lib sanaladi.
Yuqoridagi bobda dizel yoqilg‘isini arenlardan tozalashning adsorbsion va ekstraksion usullari keltirilgan. Ushbu bobda dizel yoqilg‘isini tozalash usulining mohiyati, bajarish shartlari va konsentratni analiz qilishning fizik usullari yoritilgan.
Dizel yoqilg‘isi tarkibidagi aromatik uglevodorodlarni ajratish maqsadida biz silekagelning L 100/400 mmk (Chexiya) turdagi silikageldan foydalandik. Birikmalarni tozaligi va identifikatsiyasi yupqa katlamli xromatografiya usuli (YUQX) bilan aniqlandi. Silufol UV —254 plastinkalarida individual holatda olingan moddalarning tozaligini tekshirish amalga oshirildi. Bunda KSK (40-90) va L 5/40 mkm (Chexiya) silikagel turlaridan foydalanildi. Ochgich sifatida yod bug’lari ishlatildi. Erituvchilar xaydab tozalab olindi. Xromatografiyani amalga oshirishda quyidagi erituvchilar sistemalari qullandi: dizel yoqig’si-perolyu efiri (1:3), desorbsiyalash uchun etanoldan foydalanildi.
|
| |