|
Mavzu boyicha qisqacha adabiyotlar tahlili
|
bet | 6/30 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 3,83 Mb. | | #149035 |
Bog'liq Neft va gaz kimyosi va texnologiyasiMavzu boyicha qisqacha adabiyotlar tahlili. Мavzuga doir ko‘pgina adabiyot ma’lumotlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, O‘zbekistonda neft va gazni qazib olish va qayta ishlash haqida va O‘zbekistonda neftegaz sohasida bir qancha yirik loyihalar ishlab chiqilayotganligi, shu o’rinda Qashqadaryo mamlakat neft va gaz sonoatining katta markaziga aylanib borayotganligi haqida ma’lumotlar keltirildi.
Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy ko‘p quvvatli ichki yonuv dvigatellari yuqori sifatli mator yoqilg‘ilarini talab etishi va buning uchun barcha ishlab chiqarilayotgan mator yoqilg‘ilari yuqori sifatli bo‘lishi bilan birga oltingugurtli va aromatik birikmalardan chuqur tozalanishi lozimligi va shunga muvofiq neft mahsulotlarini kimyoviy usullardan foydalanib tozalash, moy fraksiyalarini va qoldiq qismini erituvchilar bilan tozalash, neft mahsulotlarining kimyoviy tarkibini aniqlash va neftning aromatik birikmalari to’g’risidagi ma’lumotlar ham o’rganib chiqildi.
Tadqiqot metodlari. Ushbu ishda fizikaviy, fiziko-ximiyaviy tavsifini, molekulyar massasini, neft va uning fraksiyalari gruh va individual tarkibini, sorbent va ekstragentlarning kimyoviy tarkibini topish, suyuq fazadagi turli sorbatlar bо‘yicha dinamik hajmini va boshqalarni aniqlashda tadqiqotning klassik va zamonaviy usullaridan foydalanildi.
Magistrlik ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi dizel yoqilg‘isi O’zDst 989-2001; tarkibidagi aromatik birikmalarni ajratishda adsorbsion va ekstraksiya usullarini qo’llash orqali mahalliy neftgazokondensati tarkibidan Evrostandart talalblariga javob beradigan dizel yoqilg’isi olindi.
Shuningdek, dizel yoqilg‘isini dearomatlash jarayoni uchun laboratoriya qurilmasi yaratildi. Dizel yoqilg‘isini dearomatlash uchun muqobil sorbent va ekstragentlar tanlandi. Sorbentning aromatik birikmalarni sorbsiyalash qobiliyatini oshirish maqsadida uni faollashtirish usuli ishlab chiqildi. Dizel yoqilg‘isi tarkibidan ajratib olingan arenlarning guruh tarkibi о‘rganildi
|
| |