|
Kirish I bob Adabiyotlar sharhi
|
bet | 3/30 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 3,83 Mb. | | #149035 |
Bog'liq Neft va gaz kimyosi va texnologiyasiMavzuning dolzarbligi. Bugun О‘zbekiston neft va gazni qazib olish va qayta ishlash bо‘yicha jahondagi yirik mamlakatlar qatorida yetakchi о‘rinlardan biriga aylanib bormoqda. О‘zbekistonda neftegaz sohasida bir qancha yirik loyihalar ishlab chiqilmoqda. Jumladan, “О‘zbekneftegaz” MXK Malayziyaning “Petronas” va “Sasol” (JAR) kompaniyalari bilan hamkorlikda Shurtangaz kimyo majmuasi bazasida tozalangan metandan GTL texnologiyasi bо‘yicha sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarishni yо‘lga qо‘ymoqda. Dunyo miqyosida benzin va dizel yoqilg‘isiga hozirgi kunda Yevrostandartlari talablari qо‘yilmoqda. Jumladan, Yevro -1 1993 yilda, Yevro-2 1996 yilda, Yevro-3 2000 yilda qabul qilingan. 2005 yilning 1 yanvaridan turli mamlakatlarda yangi Yevrostandart EN 590 standarti joriy etildi. Bu standart bо‘yicha yoqilg‘i tarkibidagi aromatik va oltingugurtli birikmalar miqdori juda kam bо‘lishi nazarda tutiladi.
Dizel yoqilg‘isiga qо‘yilayotgan amaldagi va kelajakdagi ekologik talablar uning tarkibida arenlar miqdorining mavjudligini keskin darajada chegaralaydi. Dizel fraksiyalarini traditsion usulda tozalash usullaridan biri bо‘lgan gidrotozalash usuli talab qilinayotgan kо‘rsatkichlarga tо‘liq javob bera olmaydi. Bundan tashqari maxsus usullarda tozalashning katalitik gidrodearomatlash usuli esa yuqori bosimda boradi va qimmatbaho katalizatorlarni talab qiladi.
Dizel yoqilg‘isini ekstraksion dearomatlash esa past haroratda va past bosimda borishi bilan birga dizel yoqilg‘isi rafinatida arenlar miqdorining pats bо‘lishligini ta’minlaydi. Xuddi shuningdek dizel yoqilg‘isini adsorbsion usulda tozalash ham sodda va qulay usullardan biri bо‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari har ikkala usulda qayta ishlangan dizel yoqilg‘isi ekstrakti ya’ni arenlar konsentratini tо‘playdi va ushbu arenlar konsentratidan neftikimyo xom ashyosi sifatida foydalanish mumkin.
Tadqiqot obyekti. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi dizel yoqilg‘isi O’zDst 989-2001; turli xil adsorbentlar: BAU markali kо‘mir, sintetik seolit SaA, silikagel KSK, shuningdek, uglevodorodlarni sifat va miqdor analiz qilish uchun xromatografik sorbentlar va turli xil erituvchilar.
|
| |