• Olingan sorbent va kompleks birikmalarning termogravmetrik va differensial-termik analizi SG-DT sorbentining termik tahlili
  • Cu-SG-DT termik tahlili Natija: termik juda barqaror; 8,79 % - 0,653 mg kamaydi Co-SG-DT termik tahlili
  • Tarkibida azot va oltingugurt bo’lgan ligandlarni silikagel matritsaga nokovalent immobillash asosida olingan sorbentlarda ba’zi 3d-metallar tadqiqi




    Download 172,63 Kb.
    Sana21.05.2024
    Hajmi172,63 Kb.
    #247056
    Bog'liq
    Abdullayeva Marjona tizes


    TARKIBIDA AZOT VA OLTINGUGURT BO’LGAN LIGANDLARNI SILIKAGEL MATRITSAGA NOKOVALENT IMMOBILLASH ASOSIDA OLINGAN SORBENTLARDA BA’ZI 3d-METALLAR TADQIQI. . Qosimov Sh.A. , Abdullayeva M.Ch.

    Bugungi kunda dunyoda oraliq metallarning kompleks birikmalari kimyo sohasidagi tadqiqotlarning asosiy predmeti hisoblanadi. Oraliq metallarning koordinatsion birikmalari sanoatning turli sohalarida qo'llaniladi va bu esa chiqindisiz texnologiyalarni keng ishlab chiqishga yo'l ochmoqda. Tarkibida azot, oltingugurt va fosfor bo'lgan kompleks hosil qiluvchi ligandlarni turli matritsalarga kovalent va nokovalent immobillash asosida tanlovchan sorbentlar olish bu sohada muhim ahamiyatga ega.


    Butun jahonda, shu jumladan, Respublikamizda kimyo fani rivojlanishining muhim tadqiqot yo‘nalishlaridan biri yangi koordinatsion birikmalar sintez qilish va ularni amaliy maqsadlarda samarali qo‘llashdir. Respublikamiz rangli va nodir metallarni qazib olish va ularga ishlov berish bo‘yicha jahonda yetakchi o‘rinda turadi. Shu sababdan metallurgiya sanoatida ishlatiladigan texnologik jarayonlarni soddalashtirish, metallarni rudalardan ajratishda tanlovchan, samarador, arzon sorbentlar yaratish borasida bir qator tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.
    Shu tadqiqotlar davomi sifatida mazkur ishda mis, kobalt va nikelni tarkibida donor atomlar tutgan ligandlar asosida olingan sorbentlar yordamida sorbsiyasi va ular bilan koordinatsion birikmalar hosil qilishi o‘rganildi.
    Silikagel asosida SG-DT markali sorbent olindi va olingan sorbentning Cu(II) va Co(II) metallari ionlari bilan hosil qilgan koordinatsion birikmalarning tarkibi, tuzilishi va xossalari zamonaviy usullar yordamida o‘rganilganligi bilan izohlanadi;
    sorbsion qobiliyati yuqori bo‘lgan, polimer matritsalarga immobillangan ligandlar asosidagi kompleks hosil qiluvchi sorbentlar respublikamiz gidrometallurgiya korxonalari chiqindi eritmalari tarkibidagi juda kam miqdordagi rangli metallar ionlarini ajratib olish hamda sanoat oqova suvlarini tozalash muammolarini hal qilishga xizmat qiladi.
    Tadqiqot ishida infraqizil spektroskopiya (IQ), termogravmetrik va differensial-termik analiz hamda kvant kimyoviy tahlil uchun bir qancha dasturlardan va eksperimental tadqiqot usullari qo‘llanildi. Bundan tashqari olingan sorbentning hamda u asosidagi kompleks birikmalarning tashqi ko‘rinishi optik mikroskop orqali tekshirildi.
    Olingan sorbent va kompleks birikmalarning termogravmetrik va differensial-termik analizi





    Cu-SG-DT termik tahlili
    Natija: termik juda barqaror;
    8,79 % - 0,653 mg kamaydi



    Sorbsiyalanuvchi birikmaning IQ-spektroskopik analizi natijalari tahlili
    SG-DT markali sorbent IQ-spektri tahlili
    Spektrning 1480-1500 sm-1 oraliqdagi sohasida fenil (-C6H5) guruhlarining halqa tebranishlari tufayli yuzaga kelgan polosalar joylashadi. Spektrning 600-650 sm-1 oraliqdagi sohasida ( -S≡S-N) va (Alk3S- S-) guruhlari deformatsion va valent tebranishlari tufayli, 1600-1680 sm-1 oraliqdagi sohasida (-N=N-) va (-C=N-) valent tebranishlari tufayli yuzaga kelgan polosalar joylashadi. –S-H guruhining deformatsion tebranishlari tufayli hamda -C-SN guruhining valent tebranishlari natijasida yuzaga kelgan polosalar spektrning 794,67 va 669,30 sm-1 oralig’idagi sohasiga to‘g’ri keladi.

    Spektrning 1480-1500 sm-1 oraliqdagi sohasida fenil (-C6H5) guruhlarining halqa tebranishlari tufayli yuzaga kelgan polosalar joylashadi. Spektrning 600-650 sm-1 oraliqdagi sohasida ( -S≡S-N) va (Alk3S- S-) guruhlari deformatsion va valent tebranishlari tufayli, 1600-1680 sm-1 oraliqdagi sohasida (-N=N-) va (-C=N-) valent tebranishlari tufayli yuzaga kelgan polosalar joylashadi. –S-H guruhining deformatsion tebranishlari tufayli hamda -C-SN guruhining valent tebranishlari natijasida yuzaga kelgan polosalar spektrning 794,67 va 669,30 sm-1 oralig’idagi sohasiga to‘g’ri keladi.
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

    1. Ajibola Lawal, Umar A. Abdelrahmon . Cheklangan alkilammoniy barqarorligi orqali aluminosilikat zeolitlarida juftlashgan sayt tavsifi. Fizikaviy kimyo jurnali C 2023 , 127 (42), 20857-20869.

    2. Boonyawan Yoosuk, Bowornchai Chareonterabaoon, Napida Hinchiranan, Pattarapan Prasassarakich . Model dizel moyini ion almashinadigan Y zeolitlari ustidan denitrogenatsiyalash va desulfurizatsiya qilish uchun ikki bosqichli ketma-ket adsorbsiya tizimi. Industrial & Engineering Chemistry Research 2023 , 62 (18), 7080-7092.

    3. Xuanxuan Yang, Gang Vang, Fey Luo, Falu Dang, Zhongdong Chjan . Suyuqlik katalitik kreking benzinining reaktiv adsorbsion desulfurizatsiyasi: promotorlarning (Fe, Mo va W) Ni / ZnO adsorbentlarining strukturaviy va katalitik xususiyatlariga ta'siri. Energiya va yoqilg'i 2023 , 37 (7), 5025-5033.

    Download 172,63 Kb.




    Download 172,63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tarkibida azot va oltingugurt bo’lgan ligandlarni silikagel matritsaga nokovalent immobillash asosida olingan sorbentlarda ba’zi 3d-metallar tadqiqi

    Download 172,63 Kb.