• 1. Yangi korxonani tashkil etish, uni davlat ro’yxatidan o’tkazish
  • 4. Yangi korxonani boshqarish
  • O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axbort




    Download 430.83 Kb.
    bet1/5
    Sana29.03.2024
    Hajmi430.83 Kb.
    #181052
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    bizness amaliy 1
    1709038902 (2), Веб дастурлашга кириш узб, Mashinali oqitish 4-amaliy (3), borliq falsafasi, Asror radio, 2-mustaqil ish, 6



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI


    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBORT TEXNALOGIYALARI UNIVERSITETI
    Bizness jarayonlarni boshqarish Fanidan
    AMALIY ISH


    Mavzu: Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish va tahlil etish
    Tekshirdi: Xakimdjanova Dildora
    Bajardi: RahmonaliyevToirbek

    Toshkent 2024



    Reja:



    1. Yangi korxonani tashkil etish, uni davlat ro’yxatidan o’tkazish

    va litsenziya olish tartibi

    2. Xorijiy mamlakatlarda faoliyat ko’rsatayotgan kichik biznes korxonalari

    3. Texnik-iqtisodiy asoslash va biznes-rejani ishlab chiqish

    4. Yangi korxonani boshqarish

    5. Kichik korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish

    Asoslari


    1. Yangi korxonani tashkil etish, uni davlat ro’yxatidan o’tkazish

    va litsenziya olish tartibi


    Yangi korxonani tashkil etish bir necha bosqichdan iborat. Ushbu bosqichlarning ketma-ketligi 5-chizmada aks ettirilgan.





    Ta’sischilar tarkibini aniqlash va ta’sis hujjatlari-ni ishlab chiqish




    Korxonani tashkil etish va uning faoliyati haqida ta’sischilar tomonidan shartnoma tuzish




    Korxona nizomini tasdiqlash va bayonnomani rasmiylash-tirish




    Bankda vaqtincha hisob raqamini ochish




    Korxonani ro’yxatdan o’tkazish




























    Davlat reestriga kiritish uchun korxona haqidagi ma’lumot-larni tayyorlash




    Korxona ishtirokchi-lari omonatlari-ni bankka to’la kiritish




    Bankda doimiy hisob raqamini ochish




    Korxonani tuman soliq inspektsiya-sida ro’yxatdan o’tkazish




    Dumaloq muhr va burchakli shtamp tayyorlashga ruxsatnoma olish va ularni tayyorlash

    5-chizma. Yangi korxonani tashkil qilish tartibi

    Yangi korxonani tashkil qilishda ta’sischilar tarkibi belgilanib, ta’sis hujjattlari, ya’ni korxona Nizomi, kor­xonani tashkil etish haqidagi ta’sischilar shartnomasi va boshqa me’yoriy hujjattlar ishlab chiqiladi. Shu bilan bir qatorda korxona rahbari va taftish komissiyasi raisini tayinlash haqida ishtirokchilar majlisining 1-sonli bayonnomasi rasmiylashtiriladi. So’ngra bankda vaqtinchalik hisob raqami ochiladi. Bu hisob raqamiga korxona ro’yxatdan o’tgandan keyin 30 kun ichida Nizom kapitalining 50 foizi kelib tushishi lozim. Keyin korxona ta’sis etilgan joyidagi mahalliy hukumat idoralari tomonidan davlat ro’yxatidan o’tadi.


    Birja, auditorlik firmalari va chet el sarmoyasiga ega bo’lgan korxonalar esa O’zbekistan Respublikasi Adliya vazirligida ro’yxatdan o’tadi.
    Korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun ro’yxatdan o’tkazuvchi vakolatli organlarga quyidagi hujjattlar taqdim etiladi:

    • korxonani ro’yxatdan o’tkazish to’g’risida ta’sischilarning arizasi;

    • notarial idoralari tomonidan tasdiqlangan ikki nusxadagi ta’sis hujjatlari (korxona Nizomi, korxonaning ta’sis shartnomasi);

    • korxona manzilini tasdiqlovchi hujjat;

    • davlat bojini to’laganligi to’g’risida bankdan berilgan hujjat;

    • hokimiyatning vakolatli organlari tomonidan korxo­naning nomlanishi to’g’risida berilgan guvohnoma;

    • muhr va tamg’aning uch nusxadagi namunasi.

    Yangi korxonani tashkil etishda qonun tomonidan belgilangan tartibning buzilishi yoki uning ta’sis hujjatlarining qonun talablariga mos kelmasligi davlat ro’yxatidan o’tkazishni rad etilishiga olib keladi.
    Korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazishni rad etish sabablari asoslanmagan yoki korxonani ro’yxatdan o’tkazish belgilangan muddatlarda amalga oshirilmasa, sudga murojaat etish mumkin.
    Korxona mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralariga zarur hujjatlarni ilova qilib, ariza topshirgan paytdan boshlab, uzog’i bilan 7 ish kunidan 30 ish kunigacha bo’lgan muddatda davlat ro’yxatidan o’tkazilishi kerak. Korxonaning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi ma’lumotlar O’zbekiston Respublikasi yagona davlat reestriga kiritish uchun 10 kun muddat ichida Davlat statistika qo’mitasiga xabar qilinadi. Korxona davlat ro’yxatidan o’tkazilgan kundan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.
    Davlat ro’yxatidan o’tkazilgan korxonaga: hokimiyatning korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi qaroridan ko’chirma nusxasi, hokimiyat ro’yxatidan o’tkazilgan va tasdiqlangan korxona Nizomi hamda korxonaning ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi davlat orderi topshiriladi.
    Davlat ro’yxatidan o’tkazilgandan va tadbirkorlik faoliyatiga ruxsat etilgandan so’ng korxona rahbariyati:

    • dumaloq muhr va tamg’aga buyurtma berishi;

    • bankda hisob raqami ochtirishi;

    • soliq inspektsiyasidan ro’yxatdan o’tkazishi;

    • aholini ijtimoiy himoyalash fondidan ro’yxatdan o’tkazishi;

    • bandlik markazidan ro’yxatdan o’tkazishi kerak.

    Dumaloq muhr va tamg’ani tayyorlatishga buyurtma berishdan oldin korxona rahbari korxona joylashgan tumandagi ichki ishlar bo’limiga, korxonaning ro’yxatdan o’tkazilganligi xaqidagi hokimiyat qaroridan ko’chirma, hokimiyat tasdiqlagan ikki nusxadagi muhr va tamg’a chizmalarini taqdim etishi kerak.
    Ichki ishlar bo’limi ruxsatni alohida xat ko’rinishida beradi. Chizmalar esa kerakli yozuvlar bilan ma’qullanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
    Bankda hisob raqami ochish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

    • korxona rahbarining arizasi;

    • hokimiyat tasdiqlagan ta’sis hujjatlari;

    • notarius tasdiqlagan imzo namunalari;

    • muhr va tamg’a bilan tasdiqlangan kartochkalar;

    • xokimiyatning mahalliy kengashi korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi haqidagi qaroridan ko’chirma yoki notarius tasdiqlagan ma’lumotnoma;

    • soliq organidan ro’yxatdan o’tganligi haqidagi ma’lumotnoma.

    Shundan so’ng bank muassasasi arizachiga hisob raqami ochadi, uning raqamini korxona Nizomining asl nusxasiga yozadi va bosh hisobchining imzosi qo’yilib, bankning gerbli muhri bosiladi.
    Davlat ro’yxatidan o’tgandan keyin barcha tabdirkorlik sub’ektlari soliq organiga ro’yxat (identifikatsiya) raqami olish uchun davlat ro’yxatidan o’tgan vaqtdan e’tiboran 10 kun mobaynida murojaat qilishlari lozim.
    Soliq to’lovchining identifikatsiya raqami soliq to’lovchilarga, yuridik shaxslarga soliq organi tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni ro’yxatdan o’tish shaklini to’ldirgan ma’lumotlar asosida beriladi.
    Davlat soliq inspektsiyasida tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatdan o’tkazish bir marta amalga oshiriladi va tad­birkorlik faoliyatini to’xtashi munosabati bilangina bekor qilinadi.
    Tadbirkorlik sub’ektlari o’z identifikatsiya raqamini O’zbekistan Respublikasi Soliq Kodeksiga muvofiq qo’llaniladigan barcha hujjatlarda ko’rsatishi shart.
    Yangi korxonani tashkil etishning yakunlovchi bosqichida ishtirokchilar o’z omonatlarini to’laligicha kiritadi (ro’yxat­dan o’tgandan keyin bir yildan kechikmaslik kerak), bankda doimiy hisob raqamini ochadi, korxona tuman soliq inspek­tsiyasida ro’yxatga olinadi, o’zining dumaloq muhri va burchakli shtampiga ega bo’ladi. Shu vaqtdan boshlab korxona mustaqil yuridik shaxs sifatida faoliyat ko’rsata boshlaydi.
    Agar korxona aktsiyadorlik jamiyati sifatida shakllanayotgan bo’lsa, uning ta’sischilari aktsiyalarni sotib olish uchun unga obuna bo’lishi lozim. Aktsiyalarni sotib olish uchun obuna ochiq bo’lganda ta’sischilar kelajakda aktsiyalarga obuna bo’lish haqida xabarnoma chiqaradi. Xabarnomada aktsiyador­lik jamiyatining predmeti, maqsadi va muddati, ta’sis majlisining vaqti, Nizom jamg’armasining hajmi, aktsiyalarning miqdori va turi, ularning qiymati, aktsiyalarga yozilish muddati va boshqa ma’lumotlar ko’rsatilgan bo’ladi. Aktsiyaga obuna bo’lganlar ta’sis majlisi bo’lgan kuniga qadar aktsiyalar qiymatining 30%ini kiritishi lozim. Agar aktsiyalar ta’sischilar o’rtasida bo’linadigan bo’lsa, badal miqdori 50%dan kam bo’lmasligi lozim. Aktsiyador barcha aktsiyalar­ni aktsiyadorlik jamiyatini ro’yxatdan o’tkazgandan so’ng bir yildan kechik-tirmasdan sotib olishi lozim.
    Keyin ta’sis majlisi o’tkaziladi. U quyidagi masalalarni hal etishi kerak:

    • aktsiyadorlik jamiyatini tuzish;

    • aktsiyadorlik jamiyati nizomini tasdiqlash;

    • aktsiyalarga obuna tugagandan so’ng nizom jamg’armasi miqdorini aniqlash;

    • aktsiyadorlik jamiyati boshqaruv organini saylash;

    • jamiyatnin faoliyat yo’nalishlarini belgilash va boshqalar.

    Ta’sis majlisi muvaffaqiyatli o’tkazilgandan keyin yangi tashkil qilingan aktsiyadorlik jamiyati ro’yxatdan o’tkaziladi va ro’yxatdan o’tkazilgan jamiyat o’z faoliyatini yuritishga kirishadi.
    Litsenziya beruvchi organlar 6-jadvalda keltirilgan.
    6-jadval
    Litsenziya beruvchi organlar



    Litsenziya beruvchi organlar

    Faoliyat turi

    Vazirlar Mahkamasi

    -raketa-kosmik majmui;
    -aloqa tizimlari;
    -qimmatbaho metallar;
    -qimmatbaho toshlar qazib olish;
    -qimmatbaho toshlar va mettallardan zargarlik buyumlari yasash;
    -havo taransporti va boshqa faoliyat turlari.



    Adliya vazirligi

    -yuridik shaxslarning yuridik faoliyat bilan shug’ullanishga, masalan, advokatlik maslahati, notarial idora va boshqalar.

    Moliya vazirligi

    -qimmatli qog’ozlarni chiqarish;
    -lotereya o’yinlarini o’tkazish va boshqalar.

    Markaziy bank

    -valyuta qiymatliklari bilan operatsiyalar o’tkazish;
    -tijorat banklari ochish va boshqalar.

    Ichki ishlar vazirligi

    -ovchilik va sport o’qotar qurollari va ularga o’q-dorilar ishlab chiqarish, tuzatish va sotish;
    -sovuq qurollar ishlab chiqarish va sotish;
    -tarkibida narkotik moddalar bo’lgan ekinlarni ekish, qayta ishlash va sotish;
    -narkotik moddalar tayyorlash, sotish va boshqalar.

    Sogliqni saqlash vazir­ligi

    -farmakologik preparatlar ishlab chiqarish va sotish;
    -tibbiy xizmat ko’rsatish;
    -parfyumeriya va kosmetika buyumlari, maishiy kimyo tovarlarini tayyorlash va boshqalar.

    Xalq ta’limi,
    Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari

    -sog’lomlashtirish va bolalar, o’smirlar hamda yoshlar lagerlarini tashkil qilish;
    -xususiy o’quv muassasalarini ochish va boshqlar.

    O’zbekiston pochta va telekommuni-katsiyalar agentligi

    Aloqa xizmati ko’rsatish.



    Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug’ullanish uchun davlat tomonidan vakil qilingan organlardan litsenziya olgandan keyingina ijozat beriladi.
    Litsenziya korxonani boshqarishdan manfaatdor bo’lgan shaxsning ta’sis hujjattlari nusxasi ilova qilingan arizasiga qarab beriladi. Kerakli hujjattlar va ariza berilgandan so’ng, 30 kun ichida litsenziya berish haqida qaror qabul qilinadi.
    Agar litsenziya berish uchun kerakli qaror qabul qilishda ekspertiza talab qilinsa, bu ekspertizani vazifasi nazorat qilishdan iborat bo’lgan davlat organlari amalga oshiradi. Ekspertiza xulosasi olingandan so’ng, 15 kun mobaynida ariza va kerakli hujjattlar topshirilgach, 60 kundan kechiktirmay, qaror qabul qilinadi. Bunda ekspertiza o’tkazish uchun ketgan harajatlarni ariza beruvchi to’laydi.
    Litsenziya ikki nusxada bo’lib, hujjatt berishga javobgar shaxs tomonidan qo’l qo’yilib, berayotgan organning muhri bosilib, bir nusxada ariza beruvchiga topshiriladi.
    Litsenziyada quyidagilar ko’rsatilgan bo’ladi:

    • litsenziya berayotgan muassasa nomi;

    • yuridik shaxsning nomi va manzili yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxsning ismi-sharifi, turar joyi;

    • litsenziya berilayotgan faoliyat turi;

    • faoliyatni amalga oshirish qoidalari va shart-sharoitlari;

    • litsenziyaning ro’yxat raqami, berilgan vaqti va muddati.

    Agar tadbirkor ruxsat etilgan faoliyatni amalga oshirishda litsenziyada belgilangan qonun-qoidalarni yoki amaldagi qonunlarni buzsa, shuningdek, aholi hayotiga xavf-xatar keltiruvchi faoliyat bilan shug’ullansa, u holda litsenziya bergan muassasa tadbirkorni litsenziyadan foydalanish huquqidan mahrum qilishga haqlidir.
    Agar tadbirkorlik faoliyati tugatilsa yoki tadbirkor li­tsenziyadan foydalanish huquqidan mahrum qilinsa, u holda litsenziya litsenziya bergan muassasa tomonidan olib qo’yiladi.



    Download 430.83 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 430.83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axbort

    Download 430.83 Kb.