|
Og‘ir dizel fraksiyasining umumlashtirilgan hom ashyosi
|
bet | 26/30 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 3,83 Mb. | | #149035 |
Bog'liq Neft va gaz kimyosi va texnologiyasiOg‘ir dizel fraksiyasining umumlashtirilgan hom ashyosi
komponentlari tuzilishi va miqdori
10- Jadval
-
№
|
Komponent
|
Miqdori,%
|
1
|
Monohalqali arenlar
|
15,0
|
2
|
Bihalqali arenlar
|
14,0
|
3
|
Trihalqali arenlar
|
1,0
|
4
|
Naftenlar
|
45,0
|
5
|
izo-Parafinlar
|
10,0
|
6
|
n-Parafinlar
|
15,0
|
Ekstragent sifatida о‘zida geteroatom saqlagan qutbli moddalardan foydalanildi. Doimo qо‘llaniladigan ekstragentlar (glikollar, fenol, n-metilpirrolidon, sulfolan va boshqalar)ni neft fraksiyalaridan arenlarni ajratishda qо‘llash ularning yuqori haroratda qaynaganligi sababli amaldagi jarayonda birmuncha qiyinchiliklarni tug‘diradi. Qaysiki ularni regeneratsiyalashning murakkablashuvi, dizel fraksiyasi komponentlari bilan azeotrop aralashma hosil qilishi natijasida ancha qiyinchiliklar tug‘diradi .
Biz tadqiqot uchun mо‘ljallagan ekstragentlarni miqdorini ya’ni ekstragent:xom ashyo nisbatlari 3:1 hajmda olib bordik. Tadqiqot davomida shu narsa aniqlandiki, ekstragent sifatida qо‘llanilgan atseton о‘zining yuqori darajada eruvchanlik xossasini namoyon etdi. Atseton bilan TGF aralashmasi ekstragent: xom ashyo 2:1 nisbati hajmda olinganda ikkita fazaga ajralmasligini kо‘rsatdi.
Tadqiqot davomida atsetonda fazalarga ajralmagan holatdan chetlashishi maqsadida ekstraksiya jarayonida atsetonga 4% hajm miqdorida suv qо‘shish orqali amalga oshirdik. Ekstragentlarning samaradorligi rafinat tarkibidagi dizel yoqilg‘isi komponentlari va qoldiq arenlarning chiqishi bо‘yicha baholandi ( 11-jadval).
|
| |