|
Bitiruv malakaviy ishimizning dolzarbligi
|
bet | 2/33 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 133,52 Kb. | | #149119 |
Bog'liq Кириш i-боб. Baliqdan tayyorlanadigan taomlar-fayllar.orgBitiruv malakaviy ishimizning dolzarbligi Yurtimizda ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishga jahon andozalari darajasida bilim olgan zakovatli, har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, biron bir masalani ongli ravishda, mas’uliyat bilan hal qiladigan, izlanuvchi, yangilikka intiluvchi iste’dodli yoshlar, о‘quvchi-talabalardan xalq xо‘jaligining ustuvor tarmoqlari uchun yuksak malakali mutaxassislar yetkazish, xususan, mehnat ta’limi yо‘nalishida о‘qituvchilarni tayyorlash maqsadida mutaxassislik fanlarini о‘qitishda о‘quv-tarbiya jarayoni sifatini jahon standartlari darajasiga kо‘tarish, ta’lim, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining butunlay yangi usullarini joriy etish asosida tashkil etish о‘ta muhim dolzarb masaladir.
Yuqorida zikr qilinganlarga asosan, Baliqli taomlar tayyorlash mavzusini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan faydalanishni ishlab chiqish hamda bu texnologiyani “Oziq-ovqat tovarshunosligi va ovqat tayyorlash jarayoni” darslarida qo‘llashga yo‘naltirilgan tavsiyalarni berish dolzarb masalalardan hisoblanib, muhim amaliy ahamiyatga egadir.
Bitiruv malakaviy ishimizning maqsadi: Kasb-hunar kollеjlari va maktablarda “Oziq-ovqat tovarshunosligi va ovqat tayyorlash jarayoni” fanini mashg‘ulotlarini o‘tkazish uslubiyoti va o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo’yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat bo’ lib, bu maqsadga erishish uchun qo’yidagi vazifalarni amalga oshiriladi:
- Umumiy ovqatlanish korxonalariga keltiriladigan baliq turlari haqida ma’lumot to’plash;
- Baliqni oziqaviy qimmati va ularga ishlov berish haqida ma’lumotlarni tahlil qilish;
- Baliqdan tayyorlangan issiq, sovuq , yopilgan, va gazakli taomlar haqida ma’lumotlar yig’ish;
- Baliq taomlari sifatiga qo'yiladigan talablar va ularni saqlash muddatlarini taxlil qilish ;
- Mehnat ta’limi o’qitishda pedagogik texnologiyalarning o’rni, o’qitishda noan’anaviy va interfaol usullardan foydalanish haqida ma’lumotlar to’plash;
- Kichik guruxlarda ishlash metodi haqida ma’lumotlar yig’ish;
- Baliqdan tayyorlanadigan taomlar mavzusini o’qitishda kichik guruxlarda o’qitish metodidan foydalanish bo’yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish;
- Hayotiy faoliyat xavfsizligi haqida ma’lumotlar yig’ish;
|
| |