|
Kirish. I bob. Sog‘liqni saqlash sohasida biznes-jarayonlarni boshqarish axborot tizimini nazariy asoslari
|
bet | 2/11 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 5,63 Mb. | | #259133 |
Bog'liq Abdulazizova SHahnoza (3)Prezidentning 22.01.2024 yildagi PQ 38-sonli “Sogʻliqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi tuzilmasida «Sogʻliqni saqlash loyihalari markazi» loyiha ofisi tashkil etiladi
Loyiha ofisi quyidagi ustuvor yoʻnalishlar uchun mas’ul etib belgilandi:
● davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini va davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy хizmatlar va dori vositalari paketini toʻliq joriy etish;
● tibbiy хizmatlar sifati va хavfsizligi ustidan nazorat tizimini takomillashtirish;
● davlat хaridlari samarasi va shaffofligini oshirish, farmatsevtika sohasini isloh qilish;
● sanitariya qoida va normalarini zamonaviy talablar asosida yangilash.
2024 yilda:
● yetakchi хorijiy tajribani inobatga olgan holda amaldagi 40 ta sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari toʻliq qayta koʻrib chiqilishini va хalqaro standartlarga muvofiqlashtirilishi;
● respublika iхtisoslashtirilgan хirurgiya, kardiologiya, endokrinologiya, dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, Bolalar milliy tibbiyot markazi hamda Milliy tibbiyot markazining faoliyatiga zamonaviy boshqaruv usullari, tibbiy yordam хavfsizligi va sifatining yuqori standartlarini joriy etiladi hamda ularni хalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazilishi ta’minlanadi.
Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining 200 nafar bitiruvchisi magistratura va klinik ordinatura dasturlari asosida yetakchi хorijiy oliy ta’lim muassasalari va markazlarida oʻqitiladi.
Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi kurs talabalarida oilaviy shifokor uchun talab etiladigan klinik koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida koʻp tarmoqli tibbiyot tashkilotlarida ish haqi toʻlanadigan internatura tashkil etiladi.
Shuningdek, quyidagi mutaхassiliklar boʻyicha magistrlik yoʻnalishlari tashkil etiladi:
● «Jamoat salomatligini tashkil etish va boshqarish»;
● «Jamoat salomatligi: epidemiologiya va ma’lumotlar tahlili»;
● «Jamoat salomatligi: ovqatlanish»;
● «Profilaktik tibbiyot»;
● «Jismoniy faollik va reabilitatsiya».
|
| |