Sog‘liqni saqlash sohasida biznes-jarayonlarni boshqarish mavjud tizimlarning imkoniyatlari




Download 5,63 Mb.
bet4/11
Sana02.06.2024
Hajmi5,63 Mb.
#259133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abdulazizova SHahnoza (3)

1.2 Sog‘liqni saqlash sohasida biznes-jarayonlarni boshqarish mavjud tizimlarning imkoniyatlari.
Tibbiyot sohasida o‘z yechimini kutayotgan dolzarb masalalardan biri — rivojlangan mamlakatlarda keng tarzda qo‘llanilayotgan telemeditsina institutini joriy etish, bunda uning huquqiy asosi hisoblangan O‘zbekiston Respublikasining “Telemeditsina to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish, shuningdek, aholiga, ayniqsa chekka qishloqlardagi fuqarolarga qulay sharoitlarni ta’minlashda “elektron poliklinika” tizimini keng joriy etish hisoblanadi.
Jumladan, belgilangan tibbiy xaritaga muvofiq, oilaviy poliklinikalarni raqamlashtirish maqsadida mamlakatimizdagi markaziy ko`p tarmoqli poliklinikada birinchi bo`lib, “Elektron poliklinika” dasturi yaratildi va barcha shifokorlarni ushbu dastur yordamida faoliyat olib borishi yo`lga qo`yildi.
Bundan tashqari, oilaviy poliklinikalar va ko`p tarmoqli markaziy poliklinika yuqori tezlikdagi internet tarmog`iga ulandi. Natijada “Elektron poliklinika” dasturi ortiqcha qog`ozbozliklarga chek qo`yib, barcha ishlarni tizimli ravishda olib borishga, tezkor va aniqlikda ishlashga, eng asosiysi, shifokorlarni bemorlar uchun ko`proq vaqt ajratishiga sharoit yaratmoqda.
Birgina misol, odatda oilaviy poliklinika shifokori laborator tekshiruviga yuborish uchun bemorga bir dunyo tibbiy analizlar ro`yxati yozilgan qog`oz tutqazadi. Ahamiyatlisi, “Elektron poliklinika” dasturi orqali bu ishlarning barchasi juda tez va oson bitadi. Ya`ni ushbu dastur orqali shifokor tomonidan kerakli tibbiy tahlillar belgilanib, laboratoriyaga yuboriladi. Laboratoriya xodimi esa ushbu ma`lumotlarga asoslanib, bemordan kerakli tahllilarnigina oladi va qayta shifokorga yuboradi. Bu esa bemor va shifokor vaqtini tejab, tibbiy ma`lumotlarni xavfsiz saqlashga yordam beradi.
Ya`ni mazkur tizimning afzalligi, barcha tibbiy xujjatlar elektron shaklda bo`ladi, aholiga yuqori sifatli tibbiy xizmat ko`rsatiladi. Qolaversa, “Elektron” poliklinika” onlayn ro`yxat asosida fuqarolarni qabul qilish, masofaviy diagnostika, bemor salomatligini masofadan monitoring qilish, tibbiy kartalarning tarmoqli tizimi, virtual tibbiy ko`rikdan o`tish, virtual shifoxona xizmati, elektron reseptlar, telemetriya va zarur tibbiy yordamni uyda olishga imkon yaratadi.



Download 5,63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 5,63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sog‘liqni saqlash sohasida biznes-jarayonlarni boshqarish mavjud tizimlarning imkoniyatlari

Download 5,63 Mb.