|
Kirish Kurs ishining dolzarbligi
|
bet | 7/8 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 38,53 Kb. | | #122555 |
Bog'liq Kirish Kurs ishining dolzarbligiQisqacha xulosa
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ekologik tadbirlar tizimini amalga oshirishga katta ahamiyat berilib, bu tizim mamlakat halq xo‘jaligini isloh qilishning tarkibiy qismiga aylandi. O‘zbekistonda atrof muhitiga muhofaza qilishining amalga oshirishning ko‘p bosqichli tuzilmalari barpo etilgan, uning huquqiy asosi yaratilgan, bu sohada davlat dasturi ishlab chiqilib amalga oshirilmoqda, milliy harakat rejasi ishlab chiqilgan va boshqalar.
O‘zbekistonda ko‘plab ekologik muammolar ham mavjud bo‘lib, ular ko‘p darajada o‘tmish totalitar tuzumdan meros bo‘lib qolgan asoratlar bilan bog‘liqdir. Respublikada atrof muhitning ekologik talablari to‘la javob beradigan hududlari mamlakat umumiy maydonining 27%ni tashkil etadi. Tabiat komponentlarining barchasida ekologik xolat sezilarli o‘zgarishga uchragan. Ko‘plab chiqindilar to‘planib qolgan. Bular ekologik ekspertiza munosabatlarida ekspert nazoratini kuchaytirishini taqazo etadi. O’zbkistonda mavjud bo’lgan ekologik vaziyatning ko’rsatilgan xususiyatlari ekologik ekspertiza munosabatlarida aholining yashashi qulay sharoitlar yaratish, tabiiy resurslardan tugab qolmaydigan tarzda foydalanish, tabiatning mahsuldorligi, o’z-o’zini tiklash imkoniyatlarini saqlab qolish, atrof muhitni saqlash va muhofaza qilish sohasida milliy manfaatlarning ustivorligini ta’minlash, xalq xo’jaligida ekologiyalashtirishni keng qo’llash yo’nalishlarida ekspert nazoratini kuchaytirishni taqazo etadi.
3.2. O’zbekistonda ekologik tahlil.
Yurtimizda boshqa sohalar qatori ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholining qulay tabiiy muhitga ega bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, yuzaga kelayotgan ekologik muammolarning oldini olishva ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalalariga ham jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda.
Prezidentimizning 2017 yil 12 iyuldagi Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar va O‘zbekiston ekologik harakati vakillari bilan uchrashuvdagi ma’ruzasida hokimiyat vakillik organlari hamda siyosiy partiyalar va Ekologik harakatning o‘tgan davrdagi faoliyati tanqidiy ruhda tahlil etilib, islohotlarni chuqurlashtirish yuzasidan oldimizda turgan muhim vazifalar belgilab berildi. Xususan, Ekologik harakat hamda uning Qonunchilik palatasidagi deputatlik guruhining istiqboldagi vazifalari aniq ko‘rsatib o‘tildi.
Xo‘sh, o‘tgan davrda Ekoharakat hamda uning Qonunchilik palatasidagi deputatlar guruhi bundan qanday xulosalar chiqardi, boshqacha aytganda, faoliyatimizda qanday ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi?
Avvalo, sohaga oid yangi qonun loyihalari yaratish, mavjudlarini takomillashtirish, nazorat-tahlil faoliyatini bugungi talab darajasida kuchaytirish, uzluksiz ekologik ta’lim konsepsiyasini ishlab chiqish, ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari tizimini rivojlantirish, aholi ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tizimli ishlarni amalga oshirish, atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi obyektlarni va suv tozalash inshootlarini inventarizatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilinib, hayotga izchil tatbiq etilmoqda.
O‘tgan davrda Ekoharakat deputatlari guruhi tomonidan qonunchilik tashabbusi asosida bitta yangi qonun hamda 8 ta qonunni takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihalari ishlab chiqildi. Masalan, yangi tahrirdagi “O‘rmon to‘g‘risida”, Hayvonot dunyosini va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonunlarqabul qilindi.
Shuningdek, “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari to‘g‘risida”, “Chiqindilar to‘g‘risida”, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihalari tayyorlanib, Qonunchilik palatasiga kiritish mo‘ljallanmoqda.
Qonun loyihalarini ishlab chiqish, ular hayotiyligini ta’minlash maqsadida qonun ijodkorligi jarayoniga keng jamoatchilik, olimlar va ekspertlar jalb qilinayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Misol uchun, ushbu qonun loyihalarini ishlab chiqish jarayonida o‘tkazilgan 40 dan ortiq ishchi guruhlari tadbirlarida 230 dan zi±d taklif va mulohazalar o‘rtaga tashlandi. Birgina yangi tahrirdagi “O‘rmon to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bo‘yicha 2017 yil iyul-avgust oylarida jamoatchilik vakillarini jalb etgan holda o‘tkazilganmuhokamalarda 110 dan ortiq takliflar, fikr va mulohazalar olindi.
Parlament hamda deputatlar faoliyati bilan yoshlarni keng tanishtirish, ularningEkoharakat deputatlari guruhi bilan doimiy muloqotini o‘rnatish maqsadida Ekoharakatning “Yoshlar qanoti” va O‘zbekiston ±shlar ittifoqi faollari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish, ularni guruh yig‘ilishlariga jalb etish ishlari tizimli ravishda amalga oshirib kelinayotir.
Parlament va deputatlik nazoratini samarali yo‘lga qo‘yish ham doimiy e’tiborimizda. Shu paytgacha 11 davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari funksional vazifalaridan kelib chiqqan holda, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bilan bog‘liq faoliyati ustidan ana shunday nazorat yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, soha qonunchiligini takomillashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda aholining bu boradagi madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha harakatlar dasturi tasdiqlandi. Shu asosda ekologiya hamda atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi hujjatlarni takomillashtirish, aholi ekologik madaniyatini yuksaltirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishda ular faolligini kuchaytirish, sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, jamoatchilik ekologik nazorati tizimini rivojlantirish, jamoatchi inspektorlarni o‘qitish va ular malakasini oshirish, chiqindilar bilan bog‘liq muammolarni hal etish bo‘yicha bir qator samarali ishlar olib borildi. Masalan, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlar hamkorligida yurtimizdagi 8982 ta mahalla fuqarolar yig‘inida zarur chora-tadbirlar bajarilib, har bir mahalla bo‘yicha ekologik nazoratning jamoatchi inspektorligiga nomzodlar zaxirasi shakllantirildi. Hozirgi paytda ularning sohaga oid bilim va malakasini oshirish choralari ko‘rilayotir.
Sohaga tegishli qonunlar, davlat dasturlari, Prezident Farmon hamda qarorlari ijrosini o‘rganish bo‘yicha 10 dan ziyodnazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi. Shular asnosida respublikamizning barcha hududini qamrab olgan holda, sayyor yig‘ilishlar tashkil etilayotir. Misol uchun, Jizzax viloyatida “O‘rmon to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi, Buxoroda Dezinfeksiya stansiyasi bosh vrachi hamda “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyati direktorining termitlarga qarshi kurash va profilaktika chora-tadbirlarining ijrosi to‘g‘risidagi axboroti, Qoraqalpog‘iston Respublikasida Prezidentimizning 2017 yil 18 yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan “2017 — 2021 yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi”ning bajarilishi holatini nazorat-tahlil tartibida o‘rganish yakuni yuzasidan tashkil etilgan sayyor yig‘ilish ana shular jumlasidan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni aholining iste’mol, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan foydalanish qismining ijro etilishi yuzasidan Sog‘liqni saqlash hamda Uy-joy kommmunal xizmat ko‘rsatish vazirliklari, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitalari axboroti yuzasidan parlament eshituvlari bo‘lib o‘tdi. Ayni chog‘da “Xavfli chiqindilarni transchegaraviy tashish va ularni yo‘q qilish ustidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Bazel konvensiyasi bajarilishi holati o‘rganilib, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi eshituvi tashkil etildi.
Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish, hudud aholisi salomatligini muhofaza qilish, ularning turmush darajasini yanada yaxshilash, hududning ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ham harakat va uning deputatlar guruhi faollik ko‘rsatmoqda. Birgina misol: joriy yil 7-8 iyun kunlari “Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlar: yangicha yondashuvlar, innovatsion yechimlar va investitsiyalar” mavzuida xalqarokonferensiya o‘tkazildi va Toshkent rezolyutsiyasi qabul qilindi, Orolbo‘yi mintaqasining ekologik hamda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatini yaxshilashga yo‘naltirilgan loyihalar to‘plami ma’qullandi.
Yirik sanoat korxonalarida vakillarimizni tayinlash bo‘yicha ham tizimli ishlar amalga oshirilyapti, ya’ni atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha I va II toifaga mansub 593 korxonada vakillarimiz ish boshladi. Qolaversa, 760 dan ortiq korxonalar faoliyati o‘rganildi. Tanishuvlar jarayonida ularning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish, ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng tatbiq etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, jumladan, yosh avlod ongida ona tabiatni asrab-avaylash, unga daxldorlik hissini kuchaytirish bo‘yicha ham muayyan ishlar ro‘yobga chiqarildi. Ekoharakat va uning deputatlari guruhi tegishli vazirlik hamda idoralar hamkorligida yosh avlodning ekologik savodxonligini oshirish, ekologik ta’lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etishga qaratilganO‘zbekiston Respublikasining “Ekologik ta’lim konsepsiyasi”, uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” hamda Vazirlar Mahkamasi qaroriloyihalari ishlab chiqilib, hukumatga taqdim etildi.
Respublikamizning 7ta hududida Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan ajratilgan ijtimoiy buyurtma doirasida aholining ekologik madaniyatini oshirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni atrof-muhitni muhofaza qilish ishlariga jalb etishga qaratilgan 350 dan ortiq targ‘ibot bannerlari o‘rnatildi. Yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ma’ruzalar to‘plami va boshqa targ‘ibot materiallari tayyorlandi. Shuningdek, suv, chiqindi muammolariga bag‘ishlangan videoroliklar tayyorlanib, markaziy telekanallarda namoyish etilmoqda.
Umuman olganda, O‘zbekiston ekologik harakati oldida turgan dolzarb vazifalardan kelib chiqib, deputatlar guruhi bilan hamkorlikda o‘tgan bir yil davomida respublikamizning barcha hududida 111300 dan ortiq faollar ishtirok etgan 2500 ga yaqin amaliy-tahliliy tadbirlar o‘tkazildi.
Vakillarimiz parlament a’zolari tomonidan hududlarda o‘tkazilayotgan o‘rganishlarda ham faol qatnashmoqda. O‘tgan davrda 3911 xonadonga kirilib,
10701 nafar fuqaro bilan muloqot o‘tkazildi. Natijada aholi tomonidan ko‘tarilgan 1100 dan ortiq muammolarning aksariyat qismi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan joyida hal etildi.
O‘zbekiston ekologik harakati tomonidan chiqindilarni qayta ishlash jarayoniga chet el investitsiyalarini jalb etish masalasiga ham katta e’tibor berilmoqda. Xususan, “SEMAK Equipment’s and Technology” MCHJ bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga muvofiq, Jizzax viloyatida investitsiya qiymati 400 ming AQSH dollariga yaqin, yiliga 25 ming tonna chiqindini qayta ishlaydigan korxona quriladi. Hozirgi paytda bunyodkorlik ishlari jadal olib borilyapti.
Erishilgan ushbu yutuqlar o‘zimizniki. Oldimizda esa hali vazifalar ko‘p. Ekologik ta’lim-tarbiyani rivojlantirishga qaratilgan “Ekologik ta’lim konsepsiyasi”ning qabul qilinishini jadallashtirish, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish bo‘yicha huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni yanada kuchaytirishni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, suv zaxiralarini muhofaza qilish, suv iste’moli, suvlarning davlat hisobotini yuritish, suv xo‘jaligi inshootlariga zarar yetkazganlik uchun jismoniy va yuridik shaxslar mas’uliyatini oshirish bo‘yicha qonun loyihalarini ishlab chiqish shular sirasidandir.
Xulosa
Xulosa qilib aytish mumkinki, O‘zbekistonning milliy ekologik tizimi tarkibiga kiradigan tabiiy obyektlar-yer, foydali qazilmalar, suv, o‘simlik va o‘rmon, xayvonat olami; ekologik tizimning ayrim komponentlari (qismlari) - atmosfera xavosi, qo‘riqxonalar, buyurtmalar; ishlab chiqarish faoliyati va antropogen ta’sirda bo‘lgan ekologik tizimlar-qishloq xo‘jaligi sohasida, qishloq xo‘jaligidan tashqaridagi sohalarda, aholi yashash manzillari, rekreatsiya (dam olish) davolash-sog‘lomlashtirish zonalari, Qurolli kuchlar ixtiѐridagi yerlar, ishlab chiqarish va iste’mol chiqitlarini qayta ishlash va utilizatsiyalashni tartibga solish va boshqalar. O‘z navbatida bu xilma-xil obyektlar yirik va murakkab makro ekotizimlar-tekislik cho‘l (sahro), sug‘oriladigan (antropogen) tekislik, tog‘oldi-tog‘ zonalari tarkibiga kiradi. Shu sababdan tarmoq ekologik ekspertizasi tarkibida cho‘l, antropogen tekislik, tog‘ yo‘nalishlari ham ajratilishi kerak. Ko‘rsatilgan obyektlardan foydalanishni tarmoq yo‘nalishida ekologik ekspertiza o‘tkazishda tabiat muhofazasi bo‘yicha qonun xujjatlari bilan bir qatorda, tabiat va jamiyatga xos qonuniyatlar ham hisobga olinishi kerak.
Ekologik ekspertiza fan sifatida endilikda shakllana boshladi. Xozirgi kunda uning ilmiy asoslangan konsepsiyalari ishlab chiqilmagan. Lekin ekologik ekspertizaning fan sifatida shakllanishi uchun barcha sharoit mavjud. Shu munosabat bilan uning fan sifatida rivojlanishining quyidagi yo‘nalishlarini ko‘rsatish mumkin: a) ekologik ekspertiza muammolari yo‘nalishini tadqiq etishga tarixiy ѐndashish; b) dastlab umumiy qodilar va qonuniyatlarni, so‘ngra xususiy yo‘nalishlarni tadqiq etishga asoslangan mantiqiy ѐndashuvga amal qilish; v) tadqiq etilaѐtgan yo‘nalishlarning xamma tomonlarini va aloqalarini ekologik-iqtisodiy ѐndashuvga asoslanib tekshirish va o‘rganish. Ekologik ekspertiza fan sifatida ekologik ekspertizaning tarmoq sifatidagi xususiyatlari, nazariyasi va amaliѐti to‘g‘risidagi bilimlar tizimidan iboratdir. Ushbu fanning predmetiga ekologik ekspertizaning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tarmoq sifatidagi axboratlariga qo‘shimcha, yana quyidagi mustaqil mavzular ham kiradi: 1) ekologik ekspertizaning ilmiy tadqiqot metodlari; 2) ekologik ekspertiza amaliѐti; 3) ekologik ekspertizaning rivojlanish tarixi; 4) ekologik ekspertiza manbalari (axboratlar va boshqalar); 5) ekologik ekspertizaning regional-zonal, hududiy xussusiyatlari va ularni tartibga solish ekspertizasi; 6) ekologik ekspertiza fanida qo‘llaniladigan maxsus terminalogiyani baѐn etuvchi terminlar (tushunchalar) apparati; 7) ekologik ekspertiza talablarini bajarish amaliѐti va tajribalari. Ekolog-ekspert ixtisosligi bo‘yicha mutaxassis ѐki ekologik ekspertiza sohasida ishlovchilar, ekologik ekspertiza xizmatidan foydalanuvchilar ushbu soha bo‘yicha o‘quv dasturlarida belgilangan ma’lum xajmdagi maxsus bilimlarga ega bo‘lishi kerak. O‘quv yurtlarini bitiruvchilarning minimum bilimlari ularning kelgusidagi ish faoliyati xususiyatiga bog‘liq xolda belgilanadi. Ushbu kurs bo‘yicha dasturlar ham shularni hisobga olib tuziladi. Ekologik ekspertizaning o‘quv fani sifatida mazmuni amalda ekologik ekspertizaning fan sifatidagi xususiyatlariga asosan mos tushadi va ular bilan deyarli bir xil bo‘ladi.
|
| |