|
Ekologik ekspertiza fanining maqsad va vazifalari, boshqa fanlar bilan bog‘liqligi va o‘zaro aloqalari
|
bet | 5/8 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 38,53 Kb. | | #122555 |
Bog'liq Kirish Kurs ishining dolzarbligi2.2. Ekologik ekspertiza fanining maqsad va vazifalari, boshqa fanlar bilan bog‘liqligi va o‘zaro aloqalari; Ekologik ekspertiza fani o‘quv predmeti sifatida quyidagi maqsadlarni ko‘zda tutadi: - tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning asosiy qonuniyatlarini bilish asosida ekologik ekspertizani o‘tkazishning muhim ekanligini tushuntirish; - ekologik ekspertizada tabiat muhofazasi to‘g‘risidagi va ekologik ekspertiza to‘g‘risidagi qonun xujjatlari talablariga qat’iy amal qilish zarurligini doimo xisobga olishga o‘rgatish; - mo‘ljallanaѐtgan xo‘jalik va boshqa faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilinmasdan oldin bunday faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini ekologik ekspertizadan o‘tkazganda tabiatdan foydalanish va tabiatni muhofaza qilishning murakkabligi, ko‘p omilligi, tarmoqlarnaro va fanlararo muammo ekanligini har tomonlama hisobga olgan tadqiq etish malakalarini egallashga erishishi; - rejalashtirilaѐtgan ѐki amalga oshirilaѐtgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning atrof tabiiy muhit va fuqarolar sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini, ularning xavflilik darajasini aniqlash bo‘yicha ekologik ekspertiza o‘tkazganda masalaniekoloogik xavfsizlikni va ekologizatsiyalashni ta’minlash zarurati nuqtai nazaridan xal etish lozimligini tushuntirish; - ekologik ekspertiza o‘tkazishda atrof tabiiy muhitini muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha nazarda tutilaѐtgan tadbirlarning yetarli va asosligini aniqlash prinsiplari, metodlari va yo‘llarini bilishga va ularni amaliѐtda qo‘llashga o‘rgatish; - ekologik ekspertiza endilikda shakllanib boraѐtgan va tez rivojlanaѐtgan fanlar jumlasiga kiradi. Uning asosiy qoidalari va konsepsiyalari tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan.
Ushbu fan tadqiqotlarida ekologik ekspertiza mehanizmi orqali quyidagi ekologik-iqtisodiy muammolari yechimiga asosiy e’tibor beriladi: inson salomatligi, ekologik muvozanatni saqlash, ekologizatsiyalash, tabiatdan oqilona va uni ishdan chiqarmaydigan qilib foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ekologik xavfsizlik va boshqalar. Ekologik ekspertiza fanining nazariy va amaliy bilimlari iqtisodchiekologlar, ekolog-ekspertlar, iqtisodchilarni professional tayѐrlashning muhim shartlaridan hisoblanadi. Ekologik ekspertiza fani xozirgi ekologik siѐsatni to‘g‘ri tushunishga va amalga oshirishga, mamlakatni barqaror rivojlantirishda tabiat muhofazasining ekologik-ekspert yo‘nalishining mohiyatini bilib olishga ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu fanning vazifalari mamlakatning tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan obyektiv ehtiѐjlariga muvoofiq boshqaruvining barcha bo‘g‘inlarida ekologik ekspertiza xizmatlariga talabning oshib boraѐtganligi bilan belgilanadi. Iqtisodiѐtni ekologizatsiyalash, ekologik barqaror rivojlanishga o‘tish zarurati ekologik ekspertizaning ahamiyatiniyanada 10 oshiradi. Shu munosabat bilan ekologik ekspertiza fani oldida turgan asosiy vazifalarga quyidagilar kiradi: - tabiat bilan jamiyat o‘zaro aloqalarining ekologik ekspertiza yo‘nalishini chuqur va xar tomonlama tadqiq etish; - ekologik ekspertizaning O‘zbekistonning barqaror rivojlanish va iqtisodiѐtni ekologizatsiyalash yo‘nalishlariga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy va amaliy masalalarining yechimini topish; - ekologik ekspertiza obyektlarining tabiatdan foydalanish va atrof tabiiy muhitga ta’sirini va ekologik xavflilik darajasini kompleks taxlil etish; - ekologik ekspertiza uchun taqdim etilaѐtgan materiallarning tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun xujjatlariga muvofiqligini aniqlash metodlarini ishlab chiqish; - ekologik ekspertizani istiqbolda rivojlantirishning ekologikiqtisodiy ustivorlik va iqtisodiѐtni ekologizatsiyalashga asoslangan yo‘nalishlarini aniqlash, ularni ilmiy asoslash va rivojlantirish; - ekologik ekspertiza o‘tkazish orqali tabiatdan ratsional foydalanish va tabiatni muhofaza qilish imkoniyatlarini davlat boshqaruvi va bozor instrumentlari orqali tartibga solishning samaradorligini o‘rganish; - ekologik ekspertizaning dolzarb va ustivor yo‘nalishlarini aniqlash va ekspert tadqiqotlarining samaradorligini oshirish metodlarini ishlab chiqish.
Ushbu kursni o‘rganish tabiat muhofaza qilishni boshqaruvning tarmoq ma’muriy metodlari qatoriga kiradigan ekologik ekspertizaning ahamiyati, mohiyati, mazmuni va asosiy yo‘nalishlari va rivojlanishi istiqbollarini chuqur o‘rganish va asosiy qoidalarini bilib olishga va ekologik-ekspertiza bilimlarini amaliѐtda qo‘llashga xizmat qiladi. Ekologik ekspertiza muammolarining kompleks xarakteri obyektining murakkab va fanlararo xususiyatlari ushbu fanining ko‘plab iqtisodiy, tabiiy, texnika, xuquqiy, ijtimoiy, geografik, tibbiy va boshqa fanlar bilan bog‘liq bo‘lishini va ular bilan xar tomonlama o‘zaro aloqalarni rivojlantirishni taqazo etadi. Tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni ekologik ekspertiza fani nuqtai nazaridan o‘rganish ushbu muammoning ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy-demografik, hududiy-geografik, tibbiy, shaxarsozlik, xuquqiy, texnologik va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarini har tomonlama kompleks hisobga olishni taqazo etadi. Ekologik ekspertiza fani foydalanish iqtisodi fani kabi tabiiy va ijtimoiy fanlar tabiatdan tutashgan chegaralarda turadi. Shu sababdan turli fanlar sohalarining ma’lumotlaridan, materillaridan keng miqѐsda foydalanish ekologik ekspertizaning g‘oyat murakkab muammolarini muvaffaqiyatli xal etishga imkon beradi. Ekologik ekspertiza fanining o‘rganishda B.Kommoner tomonidan tavsiya etilgan quyidagi tabiat iqtisodiѐti qonunlari ѐki prinsiplaridan keng foydalanish muhim ahamiyatga ega: xammasi xammasi bilan bog‘langan; xammasi qaѐqqadir g‘oyib bo‘lishi kerak; xech narsa bekorga (tekin) berilmaydi; tabiat yaxshi biladi.
Ekologik ekspertiza tadqiqotlarida va amaliѐtida tabiatga ko‘p darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadigan xo‘jalik, boshqaruv va boshqa faoliyat (obyekt) yo‘nalishlari ekspertizada quyidagi umumiy va fanlararo prinsiplarni har tomonlama hisobga olish muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega: - insonning xaѐti va sixat-salomatligining ustivorligi, aholining haѐti, mehnati, dam olishi uchun qulay ekologik sharoit yaratish; - jamiyatning ekologik va iqtisodiy manfaatlarini aynan birga qo‘shishni ilmiy asoslab amalga oshirish orqali aholining yashashi uchun sog‘lom va qulay atrof tabiiy muhitga ega bo‘lishi to‘g‘risidagi xuquqlarining real kafolatlarini ta’minlash; - tabiat resurslaridan tabiat qonunlari, tabiatning potensial imkoniyatlari, tabiiy resurslarni takror ishlab chiqarish zarurati va atrof muhit va aholi salomatligi uchun asil xoliga qayta olmaydigan oqibatlarga yo‘l qo‘ymaslikni hisobga olgan xolda ratsional foydalanish; - tabiat muhofazasi va ekologik ekspertizada qonun xujjatlari talablariga qat’iy amal qilish va ekologik xuquqbuzarlik uchun javobgarlik;
|
| |