• Tekshirdi . Mirzayev.O Toshkent 2021 MOLIYAVIY BARQARORLIK TAHLILI Reja
  • tahlili. 1
  • Moliyaviy barqarorlik tahlili




    Download 17.59 Kb.
    bet1/2
    Sana19.05.2023
    Hajmi17.59 Kb.
    #62157
      1   2
    Bog'liq
    Moliyaviy barqarorlik tahlili
    172 12.04.2022, Автомобиллар назарияси кулланма (1), Fayllar bilan ishlash oqimlariga qaysilar kiradi fstream, ifstre-fayllar.org, 1-2-3-4 amaliy ishlar

    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta mahsus
    ta’lim vazirligi
    Toshkent moliya inistituti
    Sirtqi Fakultet

    Moliya yonalishi MM-50k-2

    Moliyaviy taxlil Fanidan
    MOLIYAVIY BARQARORLIK TAHLILI
    Mavzusida
    Mustaqil ishi

    Tayyorladi. Otaqulov.B
    Tekshirdi . Mirzayev.O


    Toshkent 2021
    MOLIYAVIY BARQARORLIK TAHLILI
    Reja:

    1.Moliyaviy barqarorlik tahlilining mazmuni, maqsadi va
    vazifalari.
    2.Moliyaviy barqarorlik va uning tiplari: mutlaq va me’yoriy
    barqarorlik, nobarqaror va inqirozli holatlar.
    3.Korxonaning iqtisodiy resurslari, uning moliyaviy
    tuzilmasi, likvidligi, to‘lovga qobiliyatini moliyaviy ahvol va
    barqarorlikka ta’siri.
    4.Korxonaning o‘z oborot mablag‘lari bilan ta’minlanganligi
    tahlili.

    1 Korxona barqarorligini eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri bu
    moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichidir. Agar korxonada daromadlar
    xarajatlardan ortadigan bo‘lsa, moliyaviy baraqarorlikka erishishi
    mumkin bo‘ladi. Agar korxona mablag‘larni erkin tasarruf eta olsa,
    ulardan samarali foydalansa, doimiy ishlab chiqarish va sotishning
    mukammal siklik aylanish uzluksizligi ta’minlansa, bunday korxonani
    moliyaviy barqaror deyishimiz mumkin.
    Korxona moliyaviy holatini qisqa va uzoq muddatga baholash
    mumkin. Qisqa muddatli oraliqda korxonaning to‘lovga qodirligiga uzoq
    muddatli o‘rganishda esa uning moliyaviy barqarorligiga ko‘proq
    ahamiyat qaratiladi.
    Firma va kompaniyalar moliyaviy jihatdan barqaror rivojlanmas
    ekan, uning bankrotlikka uchrash ehtimoli yuqori bo‘ladi. Shu sababli,
    moliyaviy barqarorlikni makro va mikro ko‘lamda tadqiq etish doimo
    iqtisodchilarning doimiy e’tiborida bo‘lib kelgan.
    Moliyaviy tahlilda moliyaviy barqarorlikning alohida olingan
    korxonalarda, firma va kompaniyalarda o‘rganishga, qisqa, o‘rta va uzoq
    davriylikda baholash amaliyotini yo‘lga qo‘yishga, uni o‘stirishning aniq
    chora-tadbirlarini belgilashga ahamiyat qaratiladi.
    Moliyaviy barqarorlikni baholash bir qancha ko‘rsatkichlar
    tizimidan foydalaniladi. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin.
    - firma va kompaniyalarning to‘lov qobiliyati;
    - korxona o‘z mablag‘larining qaramlik koeffitsiyenti;
    - aktivlarning qaramlik koeffitsiyenti;
    - foizlarni qoplash koeffitsiyenti.
    Korxonada moliyaviy resurslarni to‘g‘ri shakllantirish, ularning
    taqsimlanishi, foydalanish samaradorligi moliyaviy barqarorlikni
    ta’minlashning muhim omillari hisoblanadi. Ya’ni, moliyaviy
    barqarorlik korxona moliyaviy resurslarni qay darajada mohirona
    boshqarayotganligini ifodalaydi.
    Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash yuzasidan quyidagi muhim
    ahamiyat qaratish lozim: dastlabki kapitalning shakllantirilishiga, ishlab
    chiqarishni tashkil etilishiga, daromad va xarajatlar farqida ijobiy
    natijaviylikka, aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganligiga,
    moliyalashtirishda avtonomlik darajasiga, ish va bozordagi aktivligining
    himoyalanganligiga va h.k. jihatlarga.
    Moliyaviy barqarorlik mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlarda baholanadi.
    Moliyaviy barqarorlikning mutlaq ko‘rsatkichlari – aktivlar, ishlab
    chiqarish zaxiralari va ularni moliyalashtirish manbalarining muayyan
    davriylikdagi holatini ifoda etadi.
    Korxona aktivlari va ishlab chiqarish zaxiralarini moliyalashtirish
    manbalariga albatta birinchi navbatda o‘z mablag‘lari manbasi (ustav
    kapitali, rezerv kapitali, qo‘shilgan kapital, taqsimlanmagan foyda,
    maqsadli tushumlardan iborat), uzoq va qisqa davriylikda olingan bank
    kreditlari va qarzlari kiradi.
    Aktivlarni moliyalashtirishda ko‘proq uzoq muddatli kreditlar va
    qarzlar ustunlik qilsa, ishlab chiqarish zaxiralarini to‘plash va
    moliyalashtirishda qisqa muddatli kreditlar va qarzlardan keng
    foydalaniladi.
    Moliyaviy barqarorlikni mutlaq ko‘rsatkichlarini aniqlashda,
    aktivlar va zaxiralarni moliyalashtirishda quyidagi ko‘rsatkichlar
    tizimidan foydalaniladi:
    - aktivlar (uzoq muddatli);
    - ishlab chiqarish zaxiralari;
    - o‘z mablag‘lari manbasi;
    - uzoq muddatli majburiyatlar (kreditlar va qarzlar);
    - qisqa muddatli majburiyatlar (kreditlar va qarzlar).
    Korxonalar moliyaviy holatini tashhislash va uni
    sog‘lomlashtirishning aniq chora-tadbirlarini ko‘rish aslida makro
    ko‘lamdagi barqarorlikni ta’minlashning ham muhim omili hisoblanadi.
    Shu sababli‚ yuzaga kelgan holatda e’tiborni, birinchi navbatda
    korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirishga va ularning kelgusida
    barqaror o‘sishini ta’minlashga qaratmoq lozim.

    2 Korxonaning moliyaviy holati xo‘jalik subyektining moliyaviy
    resurslar bilan ta’minlanish darajasini, ularning maqsadli joylashtirilishi
    va samarali foydalanish darajasini, boshqa huquqiy va jismoniy shaxslar
    bilan bo‘ladigan moliyaviy munosabatlarni, to‘lovga qobillik va
    moliyaviy barqarorlik holatini tavsiflashni xarakterlaydi.
    Moliyaviy barqarorlik nisbiy ifodalari aktivlarni (uzoq muddatli) va
    zaxiralarni moliyalashtirishning, moliyaviy mustahkamlik va
    qaramlikning, o‘z va qarz mablag‘larini jalb etilishida ijobiy natijaning
    saqlanishini xarakterlaydi.
    Korxona moliyaviy barqarorligini ta’minlashning eng muhim omili
    bu uning faoliyat natijaviyligidagi ijobiy natijaviylikning iqtisodni oltin
    qoidasiga asoslangan tartibining saqlanishidir.

    Bu tartibning umumiy ifodasini quyidagi bog‘lanishlarda berib
    o‘tish mumkin:

    Download 17.59 Kb.
      1   2




    Download 17.59 Kb.