Kirish magistrlik disertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi




Download 17.69 Kb.
bet1/4
Sana25.08.2023
Hajmi17.69 Kb.
#79521
  1   2   3   4
Bog'liq
kirish
LinuxNotesForProfessionals (1), Zinama-zina-texnologiyasi, FARG‘ONA TABIIY GEOGRAFIK OKRUGI, CGC9VqSjR9NRPSoSRhzkOHIdTIAD8jNMr6sUK4Fx, kiber, 4293819253, 5-variant, 1070028, Professional buxgalteriya amaliyoti mustaqil Xo’jalik hisobi, uning mohiyati va ahamiyati, 11 mav ma(1), ta-lim-tarbiya-jarayoniga-integratsion-yondashuvning-mazmuni, Чек-14-06-2023-10-36-55, 1. Dinamik dasturlashning tamoyili Dinamik dasturlash masalalari-fayllar.org, QZ

KIRISH
Magistrlik disertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi: Jahon ta’lim tizimida o‘qitishning zamonaviy didaktik vositalarini keng joriy etish orqali pedagog kadrlarning zamonaviy texnologik bilimlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan oliy ta’lim muassalarida talabalarni o‘qitish jarayonida mobil dasturiy vositalar, ta’lim resurslari, aralash ta’lim (online,/offline) texnologiyalarini rivojlantirishda mobil resurslaridan foydalanish dolzarb muammo sifatida qaralmoqda. O‘qitishda ta’lim xizmatlarni vizuallashtirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalari yutuqlarini tadbiq etish orqali ta’lim sifatini baholash jarayoni va vositalarini takomillashtirish, tahliliy natijalarni umumlashtirish hamda xulosalash mexanizmlarining amaliyoti alohida o‘rin tutadi.
Ushbu dissertatsiya tadqiqoti 2019- yil 29- apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmonida ta’kidlangan ko‘rsatmasini ta’lim amaliyotiga tatbiq etishda , shuningdek, mamlakat rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta muhim tashabbus”ning to‘rtinchisini hayotga joriy qilishda hamda O‘zbekiston Respublikasining 2035-yilgacha rivojlanish Strategiyasining konsepsiyasi, 2022-yildagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risi” PF-60 - sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 - yil 20 - apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli Qarori, 2017 - yil 30 iyundagi “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5099-sonli Qarori, 2017 - yil 27 iyuldagi hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya ishida muayyan darajada xizmat qiladi.
O‘zbekistonda xorijiy ta’lim tajribalari asosida erishilgan ijobiy natijalarni umumlashtirish va rivojlantirish, innovatsion axborot-ta’lim muhitini shakllantirish, fanlarning axborot-metodik ta’minotini yaratish, elektron ta’lim resurslaridan umumiy o‘rta ta’lim jarayonida foydalanish metodikalarini ishlab chiqish muhim vazifalardan hisoblanadi.
Ta’limning axborotlashuvi, mobillashuvi va integrallashuvi sharoitida umumta’lim muassasalarida mobil dasturiy vositalarni o‘quv jarayoniga joriy etishning shakllari, usullari, texnologiyalari va vositalarini shakllantirish zarur
Hozirgi kunda ta’limni axborotlashtirish jarayonida bo‘lajak kasb ta’limi pedagog kadrlarini innovatsion faoliyatini ta’minlashning kreativ ta’lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari amaliyotga tadbiq etilmoqda. Bu esa o‘z navbatida oliy ta’lim muassasalaridagi kasb ta’limi yo‘nalishi talabalarining o‘quv-uslubiy faoliyat mazmunini takomillashtirish shuningdek, innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy ta’lim muassasalari huzurida ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish bo‘yicha yirik loyihalarni bajarish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Jahon ta’limi va ilmiy tadqiqot muassasalarida serviz xizmatlarini tashkil etish, oziq - ovqat mahsulotlari sifatini oshirish, organizmga qabul qilinadigan ovqat miqdori odamning yoshiga, vazniga, ob-havoga, yashash joyiga va yil fasllariga bog‘liqligini aniqlash, hazm ishtaha, ovqatlanish tartibi suvning xususiyati, bolalar va qariyalar ovqatlanishiga bo‘lgan talablarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Respublikamizda so‘ngi yillarda pazandachilik asoslari bo‘yicha bilimlarni kengaytirishning me’yoriy asoslari yaratilmoqda. O‘qituvchilar va talabalar uchun pazandachilik asoslariga oid materiallardan foydalanish samaradorligini oshirish uchun alohida taomlarning elektron katalogi yaratish zaruriyati mavjud. Talabalarda pazandachilik asoslari bo‘yicha bilim ko‘nikma malakalarni rivojlantirish uchun innovatsion yondashuvlar asosida darslarni tashkil etishda yangicha interfaol metodlar talab etadi, elektron darsliklar talab etadi, va amaliy darslar uchun turli texnik vositalarga ega xonalar mavjud emas.
Hozirgi vaqtda Angliya, Fransiya, Yaponiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Rossiya, Hindiston, Kanada kabi rivojlangan davlatlarda ta’lim jarayonida yuqori kasbiy faoliyatga ega, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda axborot kommunikatsiya-texnologiyalaridan foydalanishga, shu jumladan, o‘qitish jarayoniga kompyuter dasturlarini tadbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Dunyoda pedagoglarning kasbiy faoliyatini rivojlantirishda kompyuter dasturlarini samarali qo‘llash, ularda estetik tarbiyani rivojlantirish, kompyuter dasturlaridan foydalanish kompetentligini shakllantirish, dars jarayonida o‘quv materiallarini kompyuter dasturlari yordamida yetkazish, ta’limni axborotlashtirish sharoitida bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining ham kasbiy komptentligini kompyuter dasturlaridan foydalanib takomillashtirishga doir qator izlanishlar olib borilmoqda.
Shu nuqtai nazardan oliy ta’lim muassasalarida texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining pazandachilikka oid ko‘nikmalarini rivojlantirishda kompyuter dasturlari asosida tuzilgan taomlarning elektron katalogidan foydalanish dolzarb hisoblanadi.

Download 17.69 Kb.
  1   2   3   4




Download 17.69 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish magistrlik disertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi

Download 17.69 Kb.