Kirish nanotexnologiyaning istiqbollari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar kirish




Download 70,12 Kb.
bet3/8
Sana27.05.2024
Hajmi70,12 Kb.
#254915
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Diplom ish

Qnyidagi voqealar ham nanotexnologiya olamida muhim o‘ringa ega 1905-yili Shveytsariya fizigi Albert Eynshteyn shakar molekulasining o’lchami taxminan 1 nanometr ekanligini asoslab bergan o‘z maqolasini e’lon qiladi 1931-yil, Nemis fiziklari Maks Knoll va Emst Ruska birinchi marotaba nanoolamni o‘rganish imkonini bergan elektron mikroskopni ixtiro qilishdi 1968-yil, Amerikaning “Bell” komponiyasi ilmiy bo’limi hodimlari Alfred Cho va Jon Artur yuzani ishlashda nanotexnologiyaning nazariy asoslarini yaratishdi 1974-yil, aslida atom va molekulalarning 10 darajasi 9 o’lchamga ega. «Nano» qo‘shimchasi 10 darajasi 9 ni bildiradi shu tariqa «nanotexnologiya” atamasi paydo bo’ldi. Yapon fizigi Norio Taniguchn esa “nanotexnologiya» so‘zini ilmiy ibora sifatida fanga kiritdi va bir mikrondan kichik bo’lgan mexanizmlarni shunday nomlashni taklif etdi 1981-yil, Germaniyalik fiziklar Gerd Binnig va Genrix Rorer alohida atomlarni ko‘rsata oladigan mikroskop yasashdi. 1985-yil, Amerikalik fiziklar Robert Kerl, Xerold Kroyu va Richard Smeyli diametri bir nanometr. bo‘lgan buyumlarni aniq, o‘lchay oladigan texnologiya yaratishdi 1986-yil, nanatexnologiya keng jamoatchilikka ma’lum bo’ldi.
Amerikalik Futurolog Erik Dreksleming kitobi bosmadan chiqdi va unda nanotexnologiya yaqin kelajakda jadal rivojlanishi haqida bashorat qilingandi 1989-yil IBM kompaniyasining xodimi Donald Eygler o‘z firmasi nomini Ksenon atomlari bilan platina plastinkasi ustiga terdi.
Chizma ilmiy va boshqa jurnallarda namoyish etilgach ilm ahli larzaga keldi 1993-yil, AQShda Feyman mukofoti berila boshlandi 1998-yil, Golland Fizigi Seez Dekker nanotexnologiya asosida tranzistor yasadi 1999-yil, Amerikalik fiziklar Jeyms Tur va Mark Rid alohida molekula molekulyar tizim sifatida harakatlanishi mumkinligini aniqladi 2000-yil, AQSh hukumati Nanotexnologiya sohasida milliy tashabbus (National Nanotechinology Initiative)ni ma'qulladi.
Nanotexnologik izlanishlar davlat tomonidan moliyalashtirildi. Davlat byudjetidan 500 million dollar ajratildi 2001-yil, Mark Rameming Nanotexnologiya yangi katta g’oyaga kirish kitobida nanotexnologiya inson hayotining bir qismiga aynan 2001-yili aylanganligi, o‘sha yili ikki muhim voqea obro’li ilmiy «Science» jumali nanotexnologiyani - “Yil yangiligi», mashhur “Forbes” biznesjumali esa “Yangi ko‘p ahdli g‘oya” deb ataganligi ta’kidlandi. Hozirgi paytda nanotexnologiyaga nisbatan davriy ravishda “yangi sanoat revolyutsiyasi” iborasining qo‘llanishi odat tusiga kirib boryapti, degan fikr xulosalarini ilgari surdi.
Ayni kunda nanotexnologiya quyidagi yo’nalishlarga bo’lib qo’llaniladi 1. An’anaviy kimyoviy usullar yordami bilan (“nanoko‘lamdagi texnologiya” deb ataluvchi) nanomateriallar yaratish (nanoo‘lchamli elementlari mavjud bo’gan buyumlar). 2. Oqsil, DNK va boshqa organik molekulalardan foydalanib, faol nanotuzilishlarni yaratishga intilish. 3. Elementlari bir nechta atomdan tarkib topgan elektron chizmalarni yasash.
4. “Molekulyar sanoat’’ deb nomlanuvchi nanomexanik yondashish doirasida nanoo’lchamli qurilmalar, jumladan, nano-mashinalar (ya’ni, o’lchami molekuladay bo’lgan mexanizm va robot) yaratish; atom va molekulalari bevosita boshqarish va ulardan istalgan narsani yasash.
Agar to‘rtinchi masala hal bo’ganida edi, o‘z-o‘zidan qolgan uchtasining ham yechimi topilardi. Nanotexnologiya deganida oldin faqat ushbu to‘rtinchi masala tushunilardi. Bu qarash umuman olganda, nanotexnologiya tushunchasini aniq yoritib beradi. Lekin moliyaviy masalalardagi chigallik va muammolar tufayli yuqoridagi birinchi uchta yo‘nalish ham nanotexnologiya bo‘yicha izlanish deb e'tirof etila boshlandi. Bu albatta, izlanish ishlarida birmuncha qulayliklar va imkoniyatlarni ochib berdi. Shu bilan birga, nanotexnologiya tushunchasini biroz chalkashtirib ham yubordi. Dastlabki uchta yo‘nalishni rivojlantirish maqsadi ham avvalo to‘rtinchi masalani hal qilishga qaratilgandir.
Richard Feyman 1959-yil 25-dekabrda o‘tkazilgan Amerika fiziklar jamiyatining yillik majlisidagi maruza-sida insoniyat oldidagi ko‘plab muammolar odamlar alohida atomlarni boshqarishni o‘rganganidan so‘ng yechimini topadi deb bashorat qilgan, ta'kidlash joizki, Feymanga 1965-yili kvant elektrodinamikasi sohasida bajargan ishlari uchun Nobel mukofoti berilgan. Kvant elektrodinamikasi esa hozirda nanofan sohalaridan biriga aylangan. Biroq faqat 1981-83-yillarga kelibgina Shveytsariyaning IBM kompaniyasi fiziklari Genrix Rorer va Gerd Binnig alohida atomlarni ko‘rsatadigan, ularni o‘rnidan ko‘chirib, bir joydan boshqa joyga o‘tkaza oladigan, ya’ni skanerlaydigan tunel mikroskopni yaratishdi. Oradan besh yil o‘tgach, 1986-yili ular nanotexnologiya sohasidagi ushbu misilsiz yutuqlari uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlandilar. 1989-yili IBM ning yana bir olimi Donald Eygler platina plastinkasi ustiga inert ksenon gazining 35 atomlarini o‘zi istagandek joylashtirib, o‘z kompaniyasining logotipini (emblemasini) chizdi (13-rasm).

Download 70,12 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 70,12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish nanotexnologiyaning istiqbollari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar kirish

Download 70,12 Kb.