Kirish nanotexnologiyaning istiqbollari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar kirish




Download 70,12 Kb.
bet2/8
Sana27.05.2024
Hajmi70,12 Kb.
#254915
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Diplom ish

1.1-rasm. Nanotexnologiyaning iqtisodiy rivojianish tizimi.
Fanning nanokimyo tarmog‘ida noan’anaviy xususiyatlarga ega materiallarni sintez qilishga erishilmoqda. Masalan, 3-5 nanometrli oltin nanokukunlari ajoyib katalizator ekani ma’lum bo‘lgach, Yaponiyadagi bir shirkat uni hojatxonadagi yoqimsiz hidlar tashuvchi molekulalarni parchalaydigan hid yutgich sifatida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Hozirgi tozalash texnologiyalarida neftning deyarli 20 foizi qayta ishlash imkoni yo‘q. So‘ngi yillarda begona molekulalarni umuman o‘tkazib yubormaydigan nanokatalizatorlar ustida ilmiy- tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bunday uskuna yordamida neftning 100 foizini qayta ishlash imkoni tug‘ilishi mumkin.

Ko‘pchilik tadqiqotchi va ekspertlarning fikricha, XXI asr nanofanlar va nanotexnologiyalar asri bo‘ladi. 2015-yili nanotexnologiyalar tarmog‘ining ulushi jahon iqtisodida 1,1 trilliard dollarni tashkil qilishi kutilmoqda.


Molekula va hujayra o‘lchamlaridagi bioob’ektlar va biojara- yonlar bilan shug‘ullanuvchi soha - nanotexnologiya yo‘nalishida erishilayotgan natijalar ham kishini hayratga soladi Nyu-York universitetining xodimlari Nadrian Sekmen (Nadrian Seeman) va Uilyam Shermen (William Sherman) “ikki oyoqda” harakatlanuvchi biologik nanoqurilmani ishlab chiqishga muvaffaq bo’lishgan. DNK molekulalaridan yasalgan va mitti konteyner vazifasini bajara oladigan bu nanorobotni murakkab nanotuzilmani yig‘ishda ishlatish mumkin. “Nfture” jurnalining yozishicha, AQSh ning Perdu (Purdue Institute) va Rossiyaning Bioorganik kimyo institutlari tadqiqotchilari hamkorlikda virusni biokimyoviy igna sifatida ishlatib, hujayra ichiga implantatsiya qilishga erishganlar. Tirik hujayra ichiga kira oladigan “bioigna” dan sog’lom DNK ni xavfli o’smaga aylanayotgan hujayralar ichiga joylashtirishda foydalanish mumkin. Bu esa kelajakda nanotibbiyotdagi gen-terapiya qurilmalarini xavfli o‘smalarni davolashda ishlatish imkonini beradi.
1.2. Kvant niexanikasining asoslari
«GIobal Industry Analysis» kompaniyasining mutaxassislari nanotexnologiya olamida Yaponiya, AQSh va Evroittifoq, mamlakatlari peshqadam, degan axborot tarqatdi. Sababi, aynan shu mamlakatlar nano-texnologiyaning rivojiga eng ko‘p miqdordagi investitsiyalar kiritishni rejalashtirgan. Xususan, nanotexnologiya soxasidagi izlanishlar hamda ishlab chiqarish uchun 2006-2010 yillar davomida Yaponiya hukumati 6 milliarddan ko‘proq, AQSh 5,6 milliard hamda Evroittifoq mamlakatlari 4,5 milliard dollar sarmoya sarflamoqchi. Rossiya esa nanotexnologiyani 2011-yilgacha rivojlantirish uchun 8 milliard dollar ajratishni mo’jallayotgani haqida xabarlar bor. Mamlakatimizda «Nanotexnologiya» jurnalini chop etish, unda mazkur sohadagi yutuqlar haqida batafsil malumot berib borish zarur, degan fikrdaman. Mavzuga qaytadigan bo’lsak, fan tarixchisi Richard Buker fikricha, nanotexnologiya tarixini yoritish ikki sababga ko‘ra juda ham murakkab. Birinchidan, bu tushunchaning o‘zi noaniq, misol uchun, nanotexnologiya tushunchasi ko‘pincha odatdagi texnologiya atamasi doirasiga sig‘maydi. Ikkinchidan, insoniyat qadim .zamonlardan buyon o‘zi bilmagan holda nanotexnologiya bilan tajriba qilishga uringan. «Nanotexnologiyaga kirish» kitobining muallifi Charlz Pul ushbu fikrga bir misol keltiradi Britaniya muzeyida qadimgi Rim ustalari yasagan «Likurga ivubogi» (kubokda buyuk spartanlar qonunining yaratuvchisi hayotidan lavhalar tasvirlangan) saqlanadi. U shishaga qo‘shilgan oltin hamda kumushning mikroskopik zarrachalarini o‘zida mujjassamlashtirgan. Kubok turlicha yoritilganda, rangi to‘qqizildan toza binafshagacha o‘zgaradi. Huddi shunday texnologiyalar O‘rta asrda Evropa cherkovlarida vitraj (surat soladigan rangli oyna)larini tayyorlashda ham qo’llanilgan. Grek faylasuf olimi Dentokrit nanotexnologiyaning «otasi» degan qarashlar ham bor. U moddaning eng kichik zarrachasini tariflash uchun eramizdan 400 yillar muqaddam ilk bor grekcha «atom» («bo‘linmaydigan») so‘zini ishlatgan. 1661-yili Irlandiyalik kimyogar Robert Boyl o‘z maqolasida Aristotelning Yerdagi hamma narsa to‘rt elementdan - suv, tuproq, olov va havodan tarkib topgan degan qarashi (o‘sha davr al-kimyo, kimyo va fizikaning falsafiy asosi) ni tanqid qiladi. Boyl barcha narsalar «korpuskulalardan» o’ta kichik qismlardan tashkil topgan, ularning turlicha birikuvi har xil modda va buyumlarni hosil qiladi degan qarashni ilgari surgan. Keyinchalik Demokrit va Boyl g‘oyalari ilm ahli tomonidan tan olinadi. Balki hozirgi zamon nanotexnologiyasidagi o‘ktamlik ilk bor Amerikalik ixtirochi Jorj Ismen 1883-yili fotoplenka Iigerlanganida ro‘y bergan.

Download 70,12 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 70,12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish nanotexnologiyaning istiqbollari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar kirish

Download 70,12 Kb.