|
Kirish nanotexnologiyaning istiqbollari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar kirish
|
bet | 5/8 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 70,12 Kb. | | #254915 |
Bog'liq Diplom ish 1.3. Nanotexnaiogiyaning istiqbollari.
Bugun nanotexnologiyaning quyidagi ustuvor rivojlanish yonalishlari mavjud. Tibbiyot odamning tanasida paydo bo‘ladigan barcha kasalliklarning oldini oluvchi yoki davolovchi molekulyar nanorobotlarni yaratish. Amalga oshish muddati XXI asming birinchi yarmi. 2. Gerontologiya. Insonlarning jismoniy boqiyligiga, odam tanasidagi hujayralar quirilishining oldini oluvchi, odam organizmi to‘qimalarining ishlashini yaxshilash va qayta qurish uchun molekulalar, robotlarni kiritishga erishish. Amalga oshish muddati — XXI asming to‘rtinchi choragi. 3. Sanoat. Iste’mol mollarini ishlab chiqarishda an'anaviy usullardan foydalanishdan bevosita atom va molekulalardan yig‘ishga o‘tish. Amalga oshish muddati - XXI asrning boshi. 4. Qishloq xojaligi. Oziq-ovqatni tabiiy ishlab chiqaruvchilarni (masalan, o‘simliklardan va hayvonlar) molekulyar robotlardan tuzilgan funktsional o‘xshashlariga almashtirish.
Nanoplyonkalar va nanostrukturalarni o‘rganishning an’anaviy usullari va qurilmalari.
Uchib chiqayotgan elektronlarni ularning energiyasi soni va fazoviy tarqalishiga qarab analiz qilish mumkin. Ayrim hollarda faqatgina bitta kattalik haqida olingan ma’lumotlar yetarli bo‘ladi. Masalan, kichik energiyali eletronlarning diffraksiyasi (KED) metodi uchun elastik qaytgan elektronlarning fazoviy tarqalishini analiz qilish kifoya qiladi. Umuman elektron (ikkilamchi elektron) emissiyada uchib chikayotgan eletronlarning tarkibida uch turdagi elektronlar mavjud bo‘ladi. 1. Elastik (enegiyasini yo‘qotmasdan) qaytgan birlamchi elektronlar (EQE). Bu elektronlarning energiyasi taxminan birlamchi elektronlarning energiyasiga teng bo‘ladi. 2. Noelastik (energiyasining bir qismni yo’qotib) qaytgan birlamchi elektronlar (NKE). Shartli ravishda energiyasini 50 eV dan katta bo‘lgan ikkilamchi elektronlar NKE deb qabul qilinadi. 3. Haqiqiy ikkilamchi elektronlar (HIE), ya’ni birlamchi elektronlar ta’sirida jismning o‘zidan uchib chiqqan elektronlar. Energiyasi 0-50 eV oraliqda bo‘lgan elektronlar HIE shartli deb qabul qilinadi. Ikkilamchi elektronlarni analiz qilish uchun ishlatiladigan eng oddiy qurilmaning tasviri 3.2- rasmda keltirilgan.
Bunday o‘lchashlar albatta yuqori vakuum (r(10-5 Pa) sharoitida amalga oshiriladi. Qurilma elektron manbai, mishen (o‘rganilayotgan jism) va elektron analizatordan iborat Elektronlar analizatori sifatida ko‘pincha kollektor va to‘rlardan (l tadan 4 tagacha to‘r bo'lishi mumkin) iborat tizim ishlatiladi. To‘rlarga mishenga nisbatan to‘xtovchi potensial berib kollektorga o‘tadigan elektronlarning energiya bo‘yicha taqsimlanishini aniqlash mumkin. Maxsus usullar qo‘llab kollektoring har xil nuqtalaridagi elektronlarni qayd qilib ularning fazoviy burchaklar bo’yicha taqsimotini ham o‘rganish mumkin.
|
| |