Mavzu: Transportdan chiqadigan shovqinni kamaytirish chira tadbirlari.
REJA:
Kirish
Shahar sharoitida transport oqimining shovqinlari.
Avtotransport vositalarining zamonaviy modellarida akustik xususiyatlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Avtotransport vositalari zamonaviy shaharlarning akustik ifloslanishiga o'z hissasini qo'shadi va bu tobora ortib bormoqda. Asosan, turar-joy massivlaridagi transport oqimining shovqinidir. Avtotransport vositalardan asosan o'rta va past chastotali shovqin tarqaladi. Transport vositalarining kabinasida yoki yo'lovchilar bo'linmasida haydovchilar va yo'lovchilar ham shovqinga duch kelishadi. Avtotransportlar parkining, xususan, avtomobillar sonining muttasil о'sib borishini inobatga olgan holda, so'nggi yillarda transport shovqinlariga insonlar tamonidan salbiy ta'sir yanada kuchaymoqda.
So'nggi 10 yil ichida shifokorlar tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlarga ko'ra, dunyoda shovqin darajasi ko'tarilganligi sababli, yurak-qon tomir kasalliklari va gipertenziya darajasi 2-3 baravar oshgan. Ba'zi ma’lumotlarga ko'ra, ovoz balandligining oshishi xatto umr ko'rishga ta'sir qiladi va uni 8-12 yilga qisqartiradi.
Yo'l shovqinidan ayollarning 96 foizi va erkaklarning 90 foizi shikoyat qiladilar.
Transport oqimining shovqinlari shahar sharoitida tashqi shovqinning asosiy manbai hisoblanadi, shu bilan birga shaharlarning akustik noqulayliklariga avtotransportlar katta hissa qo'shadi. Shovqin haqida shikoyatlarning aksariyati 50 yoshdan oshgan odamlar tomonidan bildirilgan (92%), Qabul qilingan (tungi uyquni bezovta qilmaydigan) tovush darajasi 40 dba deb hisoblanadi. Shaharlar hayotini jamoat transportisiz tasawur etish mushkul. Shu bois yurtimizda shahar transporti hukumatning doimiy e'tibori va g'amxo'rligidadir. Ayniqsa, istiqlol yillarida mamlakatimizda shahar transporti tizimini rivojlantirish borasida keng koTamli islohotlar amalga oshirildi. Shu bilan bir qatorda, Andijon shaxar aholisi va mehmonlarining shahar yo'lovchi transportiga bo'lgan ehtiyoji to'liq darajada ta'minlanmayotgani avtotransport xizmatlari ko'rsatish tizimini takomillashtirish bo'yicha olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, xizmat ko'rsatish sifatini yuqori darajada yaxshilashni talab qilmoqda. Shovqin kuchi xarakteriga ko'ra 4 guruxga boiinadi: (GOST 12.1.003.-2014)
1. Shovqin kuchi 0-60 db bo'lsa normal ovoz hisoblanadi. Masalan: daraxtlarning shivirlashi, soatning yurishi, normal musiqa ovozi.
2. Shovqin kuchi 60-100 db bo'lsa yoqimsiz ovoz hisoblanadi. Masalan: yengil sanoat korxonalari, ko'cha transporti shovqini.
3. Shovqin kuchi 100-130 db bo'lsa, zararli va inson sog'lig'iga salbiy ta'sir ko'rsatadigan ovozdir. Masalan: ishlab chiqarish sanoatidagi dastgohlar, qishloq xo'jaligi mashinalari.
4. Shovqin kuchi 130-200 db bo'lsa, juda xavfli.
Masalan: portlash, reaktiv samalyot ovozi, havo trevogasi. ilmiy adabiyotlar tahlili shovqinni kun davomida tarqalish darajasi tasnifmi quyidagicha ifodalaydi: -
Shovqin 90% vaqtdan ko'proq davom etsa bu shovqin fonlik (doimiy) deyiladi; - 50% vaqtda kuzatilsa, shaliaming o'rtacha shovqini; - 5% ni tashkil qilsa "qisqa vaqtli", to 5% gacha bo'lsa, "tig'iz-cho'qqi" shovqin deyiladi. Biz olib brogan izlanishlar shuni ko'rsatmoqdaki Andijon shaxrinining markaziy ko'chalarida shovqin darajasi 68-75 dba, asosiy radial magistral yo'llarda 73-80 dba, yangi turar-joy massivlarida, kvartira ichidagi hududlarda, ko'chalardan uzoqroq joylarda - kunduzi 55 dba va kechasi 45 dba ekanligini ko'rsatmoqda. Shovqinning doimiy o'sib borishini hisobga olgan holda, so'nggi yillarda transport shovqinining ta'siri yanada kuchaymoqda. O'rtacha shovqin darajasi 65-70 dba dan yuqori bo'lgan ko'chalarda yashaydigan insonlar uchun tinchroq ko'chalarda yashovchilarga nisbatan yurak xastaligi xavfi o'rtacha 20% yuqori. Evropa Ittifoqi mamlakatlarida har yili taxminan 50 ming kishi transport shovqinidan kelib chiqqan yurak xurujidan vafot etadi. Taxminan 200 ming kishi transport shovqini bilan bog'liq yurak-qon tomir kasalliklaridan azoblanadi [4]. Bularning barchasi shovqin bilan kurashish zarurligini ko'rsatadi. Shahar xududini shovqindan himoya qilishda quyidagi 3 ta usul qo'llash mumkin. Birinchisi, transport vositalarida maxsus shovqin yutuvchi vositalar, tovush o'tkazmaydigan maxsulotlardan foydalanish va takomillashtirib borish (ularni germetiklash) va boshqalar yordamida birmuncha kamaytiriladi.; Ikkinchisi, ko'chalarda turli hil himoya uskunalari qurilmalarini (transport shovqinidan himoyalovchi ekran) qo'llash; Uchinchisi, transport tezligini pasaytirish va shahar aholi hududidan tashqarida yordamchi tranzit o'tkazuvchi ko'chalar tashkil qilish yordamida transport shovqinini pasaytirish Transport tizimining turli qismlari, atrofi-muhitga tasiri va kolami bo'yicha turlicha ta'sir ko'rsatadi. Dunyo miqiyosida avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalari uchun ekspluatatsiya jarayonida avtomobil va uning qisimlarini ishonchliligini oshirish muammosi yetakchi o'rinni egallaydi. Dunyo miqyosida umumiy foydalanishda bo'lgan avtomobillar soni bir milliyarddan ortiq ekanligini ko'rsatmoqda, bu esa ishonchlilikni hamda raqobatbardoshligini oshirish uchun aloxida ishlar olib borishni taqozo etmoqda. Avtotransport vositalarining zamonaviy modellari, ayniqsa transport vositalari, ularning akustik xususiyatlarini yaxshilash uchun doimiy ravishda dizayn va texnologik takomillashuvdan o'tmoqda.
Avtomobilninig asosiy shovqin manbayi bo'lib dvigatel, kuch uzatmalari, g'ildiraklar va kuzovi hisoblanadi. Dvigateldagi shovqin yuklanishlari davriy o'zgarishi, gaz taqsimlash mexanizimi ishlashi davrida, kiritish va chiqarish jarayonlaridagi tebranishlar natijasida vujudga keladi. Dvigateldagi yonib bo'lgan gazlarni chiqarish tarmog'i eng kuchli shovqin manbayi hisoblanadi.
Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda aholi yashash joylarini shovqindan himoyalash maqsadida, samarali va nisbatan arzonroq hisoblangan "ekran" lardan foydalanilmoqda. Shovqindan himoyalovchi ekranlar Shovqindan himoyalovchi ekranlar aholi yashash joylarida shovqin muammosini sezilarli yoki to'liq darajada bartaraf etibgina qolmasdan, shahardagi tanqis hisoblanadigan yer maydonlarini tejab, shovqin miqdori me'yoridan ortiq hududlarda ham aholi yashashi uchun yoki, ijtimoiy soha binolarini qurish imkonini yaratib beradi. Xorij tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, quyosh energiyasidan foydalanishning oqilona yo'li bu quyosh panellarining biror qurilish konstruksiyasi bilan integratsiyasini ta'minlash, masalan biror savdo yoki sanoat binosi devori yoki bo'lmasa torn qismiga joylashtirish orqali. Shu bilan bir qatorda quyosh panellari va shovqindan himoyalovchi ekranlar integratsiyasi ham samarali hisoblanadi. Masalaga bunday yondoshish shovqindan samarali himoya bilan bir qatorda muqobil tarzda olinadigan elektr energiyasi degani hamdir Quyosh panellari bilan integratsiyalashgan shovqindan himoyalovchi ekranlarning afzalliklari quyidagilardir: - Quyosh batareyasi narxining pasayishi (asos bo'lib shovqindan himoyalovchi ekran hizmat qilayotgani uchun); Avtomobillarning yo’ldagi harakati davomida va uning dvigateli ishlab turish jarayonida kuchli shovqin paydo bo’ladi va atrof muhitga tarqaladi. Avtomobillardan chiqadigan shovqin miqdori uning yo’llardagi harakati davomida, davomli tarzda kuchayib boradi. Avtomobil shovqinini kamaytirish, uning muhofazasini tashkil etish va shovqinga qarshi kurash choralari bo’yicha bir qator o’zbek va xorijlik olimlarning ishlarida, jumladan O.Qudratov- kuchli keskin va uzoq davom etadigan shovqin inson organizmi uchun o‘ta darajada salbiy oqibatlarga olib kelishi to‘g‘risida ilmiy izlanishlar olib borgan va bu borada tegishlicha xulosalar taklif etgan. Xorijiy olimlardan V.F.Babkov, L.E.Biryukov, V.I.Chudnov, V.N.Lukanin, I.V.Alekseevlar avtomobil shovqini manbaalari, ularni kuchaytiruvchi omillar, transport shovqinini kamaytirish va unga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bo’yicha ko’plab tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar olib borishgan. Avtomobil shovqinining ekspluatatsiya jarayonida kuchayishiga, avtomobil yo’llari harakat oqimida paydo bo’luchi eng asosiy shovqin manbalari hisoblangan - avtomobil dvigateli shovqini, transmissiyasi shovqini, aerodinamik shovqin va shina shovqini sabab bo’ladi
Avtomobilning konstruksiyasidagi shovqin manbaalari 1-dvigatelga havo kiritish va chiqindi gazlarni chiqish tuynuklari; 2- shovqin so’ndirgich; 3-g’ildiraklar; 4-dvigatel; 5-transmissiya; 6-ventilyator. Dvigatelda shovqin silindrlardagi siqilish va kengayish taktlarida hosil bo'ladi, bu o’z navbatida dvigatel tebranishlarini hosil qiladi, shovqin paydo bo’ladi [8]. Dvigatelda shovqin miqdori uning ish hajmiga, tezligiga va quvvatiga bog'liq. Ta’minlash tizimidagi shovqin kiritish va chiqarish klapnlarining ochilishi va yopilishi hisobiga kelib chiqadi, bu shovqinning intensivligi dvigatelning ish rejimiga, aylanishlar chastatasiga va havo filtrining turiga bog'liq. Sovitish tizimidagi ventilyator, generator va nasoslarning shovqini dvigatel shovqinini yanada kuchaytiradi [15]. Avtomobil transmissiyasida shovqin asosan tishli va friksion uzatmalarning ilashishi, ishqalanishi natijasida paydo bo’ladi (1-rasm). Konstruktsiyada paydo bo’ladigan shovqin avtomobilning harakati davomida yanada kuchayadi, bunga avtomobilning harakat tezligi va yo’ldagi harakat jadalligi katta ta’sir ko’rsatadi
Shu bilan birga harakat oqimida mavjud dvigatel quvvati yuqori va og’ir vaznli yuk avtomobillarini mavjudligi ham shovqin darajasini kuchaytirishga sabab bo’ladi. Shovqin miqdorini o’lchash sinovlari xalqaro standartlar asosida o’tkaziladi, bunda avtomobilning shovqin chiqaruvchi qismlarining shovqin darajalari yaxlit holatda - avtomobilning ichki va tashqi shovqinini keltirib chiqaradi. Dvigatelning normal ish jarayonlari va boshqa agregatlarning me’yorida ishlashini sinov natijalaridan olingan shovqin miqdoridan ham bilish mumkin.
XULOSA
Yuqorida aytib o’tilganidek, akustik jarayonlar nuqtai nazaridan, dvigatel bo’linmasi bo’shlig’ini bir qancha kirish (manbalar) va chiqish – ovoz tarqatuvchiga ega kengaytirilgan kamera sifatida ham qarash mumkin. Dvigatel bo’linmasi bo’shlig’idan tovush energiyasining rezonans tarqalishini kamayishiga shovqin tarqatuvchi manbalarning o’zaro hamda dvigatel bo’linmasi bo’shlig’ining cheklangan devorlariga va uning ochiq shamollatish tirqishlariga tegishli ravishda turli xil shovqin so’ndiruvchi moslamalarni (kuzov dvigatel bo’shlig’iga o’rnatilgan va kapot osti muhitini cheklovchi shovqin yutuvchi panellar, qoplama va qistirmalar) oqilona qo’llash orqali erishish mumkin. ATV ning motor bo’shlig’i konstruksiyasining akustikasi nuqtai nazaridan qaralganda rivojlantirilgan ushbu turdagi qisman yoki to’la amalga oshirilgan akustik kapsulalar yoki ovoz yutuvchi kojuxlar o’rta va yuqori chastotali ovoz diapazonlarida ma’lum darajadagi tovushlarni pasayishini ta’minlaydi. Lekin ushbu tovushni izolyatsiyalovchi moslamalar past chastotalar diapazonida o’tkazilayotgan akustik energiyani yutilishini ta’minlamaydi. Ba’zi hollarda, hatto alohida past chastotali spektral to’lqinlar ovoz bosimi darajasining ortishi kuzatiladi, ya’ni umumiy akustik kapsulaning ovoz o’tkazmaslik xususiyatini sezilarli darajada yomonlashtiradi.
Foydalanilgan Adabiyotlar
N. Karimxodjaev. R.M. Dadaboyev. AVTOMOBILLARDA VODODROD YOQILG' ISIDAN FOYDALANISH ISTIQLOLLARI
B.A.Qayumov. J.Q.Mirzaxamdamov. AVTOMOBILLARDAN CHIQADIGAN SHOVQINLAR INSON ORGANIZIMIGA TA'SIRI KAMAYTIRISH CHORA TADBIRLARI
6. Кудаев А.В. Снижение шума силовых установок строительно-дорожных машин звукоизолирующими капотами : диссертация ... кандидата технических наук : 01.04.06 / Кудаев Александр Владимирович; [Место за щиты: Балт. гос. техн. ун-т (ВОЕНМЕХ) им. Ф.Д. Устинова] Санкт-Петербург, 2011. [6]
|