|
Kirish Texnologik qism
|
bet | 1/12 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 61,72 Kb. | | #143499 |
Bog'liq Kirish Texnologik qism-www.fayllar.org (1)
Kirish Texnologik qism
MUNDARIJA
Kirish…………………………………………………………...……………2
Texnologik qism……………………………………………………..............6
Ishlab chiqarish tehnologiyasi……………………………………………...19
Ishlab chiqarish dasturi………………………………………………….….24
Hisob-kitob qismi………………………………………………………......25
Texnologik uskunalar tanlash………………………………………………30
Xulosaviy qism……………………………………………………………..31
Mahsulotning sifat nazorati………………………………………………...32
Texnika havfsizligi va mehnat muhofazasi…….…………………..............33
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…..………………………………….…35
1.1. KIRISH
O’zbekitonda bunyodkorlik ishlari kun sayin keng rivojlanib, yangi bino va inshootlar, kup kavatli turar joylar, madaniy-maishiy ob’ektlar, yullar ko‘priklar va boshqa ob’ektlar jadal sur’atlarda qurilishi bilan birga, zamonaviy ishlab chikarish korxonalari ham keng ko‘lamda qurilib, ishga tushirilmoqda. Qurilish qancha ko‘p bo‘lsa, qurilish materiallariga bo‘lgan talab va ektiyoj ham shunchalik ko‘payaveradi.
O’zbekiton Respublikasi Prezidentining 2019 yil, 23 maydagi "Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar tug‘risida"gi PQ 4335-sonli qaroriga muvofik Respublikamizda raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash, shuningdek, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan qurilish materiallari sanoatidagi tarkibiy uzgartirishlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmokda.
Qarorda 2019-2025 yillarda diversifikatsiya qilish va mahsulot turlarini kengaytirish hisobiga qurilish materiallarini ishlab chiqarishning maqsadli ko‘rsatkichiga asosan to’ldiruvchilar, g‘isht, sement, ohak, gips va boshqa qurilish materiallari hajmini oshirish bo‘yicha ko‘rsatkichlar belgilangan. Beton to‘ldiruvchilari asosiy qurilish materiallari hisoblanadi. Ularni ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga oshib bormoqda.
Bog’lovchi modda deganda obdon tuyilgan kukunni ma’lum bir sharoitda suv bilan qorishtirganda quyuqlashib,asta-sekin bo’tqa holatidan qotish jarayoniga o’tib sun’iy toshga aylanadigan qurilish ashyosini tushunmoq lozim. Bog’lovchi moddalar organik, mineral va organic-mineral guruhlarga bo’linadi. Mineral bog’lovchilar ko’ksimon bo’lib, mayda va yirik to’ldirgichlar bilan suvda qorilganda suyuq yoki plastic qorishma hosil bo’ladi va asta-sekin qotishi natijasida sun’iy tosh betonga aylanadi. Mineral bog’lovchilarni ishlatilishiga va xossalariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi. Havoiy bo’g’lovchilar: ohak, gipsli bog’lovchilar va kaustik magnezit va hakozo. Ular suv van am ta’sirida bo’lmagan sharoitfda qotish xossasiga ega. Gidravlik bog’lovchilar: Faqatgina havoda emas, balki suvda ham qotadi. Masalan gidravlik ohak, portlandsement, gultuproqli sement, putssolan sement, toshqoqli portlandsement, kengayuvchi sementlar va h.z Mineral bo’glovchi ashyolarni ishlatishda quyidagilarni bilish zarur: qorishmaning quyuqlashish davri, normal qorishma olish uchun suv miqdori, suvning qorishma bilan birikish darajasi, quyuqlanishda chiqadigan issiqlik miqdori va h.z.
Bog’lovchi ashyoni suv bilan qorishtirgandan to tosh holatiga o’tguncha ketgan vaqt uning quyuqlanish davri deb ataladi. Qoirishmada suv ko’p bo’lsa uning quyuqlanishi sekin bo’ladi. Qorishma tayyorlashda avvalo suv miqdorini aniqlab olish kerak. Har bir bog’lovchi uchun suv miqdori uning og’irligiga nisbatan foiz hisobida belgilanadi. Bog’lovchi ashyo suv bilan qorishtirilganda fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida quyuqlasha boshlaydi, uning qo’zg’aluvchanligi kamayadi. Bunga bog’lovchi modda quyuqlanishining boshlanish davri, qo’zg’aluvchanligi butunlay yo’qolgandan keyin esa quyuqlanishning oxiri(qotish) deb ataladi. Quyuqlanish davriga qarab bog’lovchilar 3 guruhga bo’linadi. -tez quyuqlanuvchi – quyuqlanishning boshlanish davri 3-10 daqiqa. Bunday bog’lovchilarni ishlatish noqulay bo’lganligi sababli unga quyuqlanishini susaytiruvchi maxsus moddalar, masalan qurilish gipsi qo’shiladi; - normal quyuqlanuvchi – quyuqlanishning boshlanish davri 30-daqiqadan keyin, oxiri esa 12 soatgacha davom etadi. Bunday bo’glovchilarga beton va qorishmalar tayyorlashda ko’p ishlatiladigan barcha sementlar kiradi. -sekin quyuqlanuvchi – quyuqlanish 12 soatdan keyin boshlanadigan bog’lovchi ashyolar.
Normal qorishma tayyorlashda suv aslida bog’lovchining kimyoviy birikishi uchun sarflanadigan miqdoiridan ko’p olinadi. Shuning uchun qorishma qotgandan keyin ham undagi mayda naycha va g’ovaklarda birikmagan erkin suvlar ko’p bo’ladi. Erkin suvlar asta-sekin bug’lanib, sementning g’ovakligini oshiradi. Natijada uning mustahkamligi kamayadi. Barcha bog’lovchilar quyuqlanish va qotish jarayonida o’zidan issiqlik ajratib chiqaradi. Bog’lovchilarning quyuqlanish davri va jarayoni tez bo’lsa, uning issiqlik chiqarishi ham ortadi. Ayrim bog’lovchilar, masalan 1kg portlandsement 7 kun davomida o’zidan 65 kkal gacha issiqlik chiqaradi. Bog’lovchilarning o’zidan issiqlik chiqarish xususiyati, ayniqsa sovuqda beton va boshqa qorishmalar tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Ammo juda yirik yaxlit beton inshootlar qurishda, masalan gidrotexnik qurilishlarda betonning ichki qismidagi issiqlik tashqi qismidagina nisbatan ortib, haroratlar farqi ko’payadi. Natijada betonning notekis sovishi boshlanadi, bu esa darzlar hosil qiluvchi deformatsiyalanishga olib keladi. Shuning uchun, gidrotexnik qurilishlarda o’zidan kam issiqlik chiqaruvchi maxsus sementlargina ishlatiladi.
Mineral bo’glovchi moddalarning gidrotatsiya-kondensasion bog’lanish jarayonida bog’lovchi tarkibida moddalar kimyoviy murakkab birikmalar holatiga aylanadi va natijada erimaydigan yangi mustahkam toshsimon jism hosil bo’ladi. Ushbu qotish jarayoni havoyi , gidravlik va avtoklav bog’lovchi moddalarga xosdir. Tutash kondensasiyali bog’lanish jarayonida mikrozarrachalar holatidagi kimyoviy birikmalar yuzasi faollashadi, keyin o’zaro kimyoviy tarkibi o’zgarmagan ravishda bog’lanadi, amorf yoki kristall tuzilishdagi modda hosil bo’ladi. Bunday guruhda gidrotatsiyalangan texnik silikatlar va alyumosilikatlar chiqindilari asosida olingan bog’lovchi moddalar kiradi.
Qurilishda ishlatiladigan mineral bog’lovchi moddalar tasnifi. Koagulyasion qotish jarayonida mikrozarrachalarning o’zaro bog’lanishi suyuq parda orqali elastic colloid holatda bo’ladi. Bunga gultuproq bog’lovchilarni kiritish mumkin. Bog’klovchi moddalarni polikondensasion qotish jarayonida kondensatsiya birikmalar va yelimsimon gel hosil bo’ladi. Yoki yuqori haroratdagi eritma asta-sekin sun’iy tooshga aylanadi. Ushbu guruhda eruvchan suyuq shisha, fosfat va oltingugurt sementlari kiradi. Suv, nam va quruq sharoitda qotish darajasini ifodalovchi ko’rsatgich ularni gidravlik modulidir. Gidravlik modul –m bog’lovchi tarkibidagi asosiy oksid CaO ning undagi nordon oksidlar yig’indisiga bo’lgan nisbati orqali topiladi. (%)m=CaO/(SiO2+Al(2)O3+Fe2O3 ) Har bir gidravlik bog’lovchi moddalar o’zining moduliga ega. Aksariyat havoiy bog’lovchilarning gidravlik moduli gidravlik bog’lovchilardan ancha katta bo’ladi.
Bog’lovchi materiallarni ishlatishda ular quyidagi talablarga |javob berishi lozim: qorishmaning tishlashish davri, normal qorislima olish uchun suv miqdori, suvning qorishma bilan birikish llnrnjasi, tishlashishdagi issiqlik miqdori va hokazolar. Bog‘lovchi materialni suv bilan qorishtirganda qattiq holatga o'lgunga qadar ketgan vaqt lining tishlashish davri deb ataladi. Qorishmada suv qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning tishlashishi shuncha sekin bo‘ladi. Shuning uchun normal qorishma tayyorlashda avvalo suv miqdorini aniqlab olish kerak. Har bir bog‘lovchi uchun suv miqdori uning og‘irligiga nisbatan foiz hisobida standartlarda belgilanan me’yor bo‘yicha aniqlanadi. Bog’lovchi material suv bilan qorishtirilganda fizik-kimyoviy jiunyonlar natijasida quyuqlasha boshlaydi, uning qo‘zg‘aluvchanligi kamayadi. Buni bog‘lovchi modda tishlashishning boshlanish davri, qo‘zg‘aluvchanligi butunlay yo‘qolgandan keyin esa oxirgi davri (qotish) deb ataladi. Tishlashish davriga qarab bog‘lovchilar quyidagi uch guruhga bo‘linadi:
a) tez tishlashuvchi m ateriallar tishlashuvining boshlanish davri 3-10 daqiqa. Bunday bog‘lovchilarni ishlatish noqulay bo‘lganligi sababli, unga tishlashishni susaytiruvchi maxsus moddalar, masalan, qurilish gipsi qo‘shiladi;
b) normal tishlashuvchi materiallar tishlashuvining boshlanish davri 30 daqiqa oxiri esa 12 soatgacha davom etadi. Bunday bog'lovchilarga beton va qorishm alar tayyorlashda ko‘p ishlatiladigan barcha sem entlar kiradi;
d) sekin tishlashuvchi materiallar tishlashuvining oxirgi davri 12 soatdan keyin boshlanadi. Normal qorishma tayyorlashda suv (aslida bog‘lovchining kimyoviy birikishi uchun sarflanadigan suv) kerakli miqdordan ko‘p olinadi. Shuning uchun qorishma qotgandan keyin ham undagi mayda kapillyarlar va g‘ovaklarda birikmagan erkin suvlar ko‘p bo'ladi. Erkin suvlar asta-sekin bug‘lanib, sementning g‘ovakligini oshiradi. Binobarin, beton yoki boshqa qorishma tayyorlaganda suv miqdori ko‘p olinsa, uning g‘ovakligi ortadi, natijada mustahkamligi kamayadi.
Barcha bog‘lovchilar tishlashish va qotish jarayonida o‘zidan issiqlik chiqaradi. Bog‘lovchining tishlashishdavri va qotish jarayoni tez bo‘lsa, uning issiqlik chiqarishi ham ortadi. Bog‘lovchilarning o‘zidan issiqlik chiqarish xususiyati, ayniqsa, sovuqda beton va boshqa qorishmalar tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Ammo juda yirik yaxlit beton inshootlar qurishda, masalan, gidrotexnik qurilishlarda betonning ichki qismidagi issiqlik tashqi qismidagiga nisbatan ortib (ayrim hollarda 100°C gacha yetadi) harorat farqi ko‘payadi. Natijada betonning notekis sovishi boshlanadi, bu esa beton tanasida darzlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun, gidrotexnik qurilishlarda o'zidan kam issiqlik chiqaruvchi maxsus sementlar ishlatiladi.
Qurilish gipsidan binolar devorlari, shifrlarni suvashda, shu bilan birga turli mahsulotlarni – gipsokarton, quruq qurilish aralashmalari va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishda keng foydalaniladi. Gipskartonli qoplamalar -listlar β modifikatsiyali gipsdan tayyorlangan listli pardozlash materiali hisoblanib, mineral tolalar bilan armaturalangan va ikki tomonidan yuqori sifatli ko‘p qatlamli presslangan qalinligi 0,6 mm dan ko‘p bo‘lmagan, karton elimli modda bilan elimlangan (dekstrin, kazein elim, suyuq shisha). Bundan materiallardan tashqari, GKLlarni ishlab chiqarishda ularning massasini kamaytiruvchi moddalar ham qo‘llaniladi; gips-digidrat qotish tezligi vaqtini sozlash uchun, sulfatli achitgich bardasi va ko‘pik hosil qiluvchi qo‘shmalar (kazein, kanifol, kaustik soda) va boshqalar ishlatiladi.
|
| |