|
-rasm.Qurilish gipsini maydalash va kuydirish jamlangan chizma
|
bet | 6/12 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 61,72 Kb. | | #143499 |
Bog'liq Kirish Texnologik qism-www.fayllar.org (1)1-rasm.Qurilish gipsini maydalash va kuydirish jamlangan chizma
Qurilish gipsini maydalash va kuydirish jarayonini birlashtirgan usuli bilan quyidagi chizma bo‘yicha olinadi .Ombordan gips toshi 1-bunker kelib tushadi va pitatel yordamida 2, lunjli maydalag‘ichga 21 ga lentali konveyer 20 va voronka 19 orqali bolg‘ali maydalag‘ich 18 ga keladi va zarrachalar o‘lchami 10-15 mm bo‘lgungacha maydalanadi. Maydalangan modda 3 elevator, 16 pitatel sarflovchi bunker 17 yordamida, sharli tegirmoniga 15 tushadi va unda ham kuydiriladi va maydalanadi. Tegirmonda modda suvsizlanadi, gazli oqim bilan chiqib separator 5 dan o‘tadi. Yirik zarrachalar aerojelob orqali yana maydalashga yuboriladi va chang cho‘ktiruvchi moslama 6, 10, 12ga yo‘naltiriladi. Ulardan suvsizlantirilgan gips gazli oqimdan ajraladi va mahsulotlar omboriga yo‘naltiriladi. Tozalangan gazlar ventilator bilan atmosferaga yuboriladi.
2-rasm Sharli tegirmon
3-rasm .Sharli tegirmonning ichki tuzlishi, kameralari,toshlari.
Ishlab chiqarish texnologik sxemasi
1.4.Korxonaning ishlab chiqarish dasturi.
Zavod (sex) ning ishlash tartibi (rejimi) ishlab chiqarish tavsifi, quvvati va boshqa faktorlarga qarab belgilanadi. Ko’pgina zavodlarda (sexlarda) mavjud bo’lgan pishirish sexlari (kunida 2 smenali) uzluksiz ishlaydi. Bu holda boshqa sexlarning ish tartibi va unumdorligi pishirish sexining ish tartibi va unumdorligi bilan bog’lanishi kerak, aks holda katta hajmdagi oraliq omborlari kerak bo’lishi mumkin. Maydalash, tuyish va navlarga ajratish sexlari va boshqa yordamchi sexlar haftada uzlukli tartibda ikki yoki bir smenada ishlashi mumkin. Bunda uzluksiz pishirish sexlari uchun kerakli miqdorda zaxira ashyolar tayyorlanishi lozim bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrdagi qabul qilingan konstituksiyasiga asosan ishchi va xizmatchilarning haftalik ish vaqti 41 soatdan oshmasligi kerak. Shuningdek ishchi va xizmatchilarning kechasi ishlash vaqti qisqartirilgan. Ko’pchilik korxonalarning ish rejimi bir, ikki va uch smenalik bo’lib, birinchi va ikkinchi smenalar 8 soatdan, uchinchi smena esa 7 soat deb qabul qilinadi. Sexning yillik ish kunini qabul qilishda temiryo’l tansportidan foydalanilganda ish uch smenada 365 ish kuni deb, avtomobil transportidan foydalanilganda esa 1-2-3 smenada 260 yoki 305 ish kuni deb belgilanadi.
|
| |