|
Gipsni tashish va saqlash
|
bet | 5/12 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 61,72 Kb. | | #143499 |
Bog'liq Kirish Texnologik qism-www.fayllar.org (1)Gipsni tashish va saqlash. Gipsli bog'lovchilarni tashish va saqlashda ularga nam ta'sir etmasligi kerak. Ochiq joyda gipsni bir oydan ortiq saqlash mumkin emas. Aks holda, uning mustahkamligi 20% gacha kamayadi. Gips saqlaydigan omborlarning pollari yog'ochdan qurilgan bo'lishi kerak.
Yuqori mustahkamlikka ega bo'lgan gips. lkki molekula suvli tabiiy gipstoshni 750-800°C haroratda pishirgandan so'ng tuyiladi va unga natriy sulfat, alyuminiy va boshqa tuzlar qo'shib, yuqori mustahkam gips olinadi. Bunday gips sekin qotuvchi, ammo siqilishdagi mustahkamligi 30 M Pa gacha, rangi esa oq bo'ladi. Yuqori mustahkam gips olishning ikkinchi usuli ham bor: gipstoshni yuqori bosimli (0,13-0,2 MPa) bug'da 12SOC haroratda pishirib, yuqori mustahkamlikka ega bo'lgan gips olinadi. Prof. B.G.Skramtayev va G.G.Bulichevlarning bu usuli bo'yicha gipstosh germetik yopiq qozonga solinadi va to'yingan bug' yordamida 0,13 MPa bosim ostida pishiriladi, hamda kukun qilib tuyiladi.
Olingan gipsni qotirish uchun suv miqdori 60% emas, balki, 40-50% bo'ladi. Bunday gipsning 7 kundan keyingi mustahkamligi 15-40 MPa ga yetadi. Yuqori mustahkam gips juda muhim inshootlar qurishda, shuningdek, metallurgiya sanoatida qoliplar tayyorlashda ishlatiladi.
1.3 Ishlab chiqarish texnologiyasi.
Gips ishlab chiqarish. Gips uch xil usulda ishlab chiqariladi:
1. Gips-toshni kukunlab tuyiladi va pishiriladi.
2. Gips-toshni maydalab pishirib, so‘ng tuyiladi.
3. Gips-toshni maydalab, yuqori bosimli suv bug'ida ishlanadi va quritilib tuyiladi.
Gips-toshni, asosan, shaxtali va aylanma xumdonlarda yoki bug‘lash qozonlarida pishiriladi. Shaxtali xumdonlariga gips-tosh 70—300 m m yiriklikda solinadi, aylanma xumdonlaiga 15 mm gacha bo'lgan yiriklikda, bug'lash qozonlariga esa 25—50 m m yiriklikda solinadi; qozonlarda pishirganda esa gips-tosh kukun qilib tuyilgan holda solinadi. Gips-toshni pishirish usuli avvalo xomashyoning xususiyati, olinadigan mahsulotga bo‘lgan talabga qarab tanlanadi.
Gips-tosh bolg‘ali maydalagichlarda yoki po‘lat sharli (zoldirli) tegirmonlarda maydalanadi. Agar uni kukun darajasigacha tuyish kerak bo'lsa, a w a l quritib, keyin m aydalanadi. G ips-toshni quritish, tuyish va pishirishni shaxtali yoki g'ildirakli tegirmonlarda bajarish mumkin.
Amalda gipsni qaynovchi deb ataluvchi qozonlarda pishirib olish usuli keng tarqalgan. Po'lat silindr va vertikal o ‘qqa o ‘rnatilgan qorgichdan iborat qozonga kukun qilib tuyilgan gips solinadi.
Qozonning diametri bo'ylab to'rtta isitgich quvuri o'tkazilgan. Ular solinayotgan xom gipsni pishiradi va tayyor mahsulot qozon tagidagi g ‘alvir orqali gips yig'uvchi bunkerga tushadi. 2 m 3 qozon hajmining ish unumi 2 soatda 1000 kg ga teng. Gips kukunining qozonda pishish vaqti 1— 1,5 soat.
Asosan yarim suvli gipsdan iborat boMgan va gips-toshdan iborat term ik ishlash y o ‘li bilan tayyorlanadigan qurilish gipsi deb ataluvchi mahsulotni fosfogipsdan ham olish mumkin. Yarim suvli gipsning tarkibida 38,63% CaO, 55,16% S 0 3 va 6,21% H bor.
MDH davlatlaridagiko'pginailmiy tadqiqot muassasalari fogips chiqindilaridan foydalanish masalasi ustida tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Armaniston Respublikasi FA Um um iy anorganik kimyo institutining VNIIStrom (Rossiya) bilan ham - korlikda ishlab chiqqan fosfogipsdan texnikaviy gips ishlab chi- qarish usuli bosim ostida fosfogipsni digidratatsiyalashga asoslangan. Unda olingan a -yarim molekula suvli gips filtirlanadi, keyin issiq suvda chayib quritiladi
Ma’lum bo‘lgan usullar quyidagilarga bo‘linadi:
1.Avtoklav usuli: bunda gipstoshi germetik asboblarda atmosfera bosimidan baland bosimda to‘yingan bug‘ muhitida suvsizlanadi.
2.Atmosfera bosimida bir hil tuzlarni suvli eritmasida gipstosh qayta suvsizlanadi. Avtoklav usuli o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi:
1) suvsizlanishi avtoklavda o‘tqaziladi, quritish – maxsus apparatda amalga oshiriladi.
2) suvsizlanish va quritish birlashib bitta asbobda o‘tqaziladi.
Avtoklav ishlovini o‘tqazish - 10-12 soat davom etadi. Quritilgan modda sharli tegirmonda maydalanadi. Bu usulni kamchiligi - issiqlik ishlovi uzoq davomiyligi va yonilg‘i ko‘p sarflanishidir.
Yuqori mustahkam gips maydalangan gips toshni suvda 129-1320 S atrofida ishtirokida 70-90 daqiqa pishirib olish mumkin.
|
| |