• Asosiy adabiyotlar.
  • Elektr uzatish liniyalarining o’tkazuvchanlik layoqati. Reja




    Download 77.18 Kb.
    Sana30.05.2023
    Hajmi77.18 Kb.
    #67357
    Bog'liq
    elektr uzatish liniyalari otkazuvchanlik layoqati
    реального, Азизова Т, LOGOPSIXOLOGIYA SLAYD, Radioaktiv elementlar va izotoplarning kimyoviy xossalarini, ula, Lantanoid va Aktinoidlar-fayllar.org, Ахмедов Фарход Ризокулович, 34, ISH 2, havo liniyalari, Sim va kabellarning ko\'ndalang kesim yuzasini ruxsat etilgan у3, havoda elektr uzatish linyilari, Elektr yuklamalarining sutkalik, oylik, yillik grafiklari, Elektr yuklamalarning sutkali,oylik,yillik boshqachasi, ISTEMOLCHILARNINGKELTIRILGAN XARAJATINI ANIQKLASH, transformatorlarda quvvat isroflari

    Elektr uzatish liniyalarining o’tkazuvchanlik layoqati.


    Reja :

    1 Elektr uzatish liniyalari.


    2 O’tkazuvchanlik layoqati.
    3 Simning ko‘ndalang kesim

    Ko‘pchilik elektr tarmoqlarini loyihalaSh va quriShda, simlarning iqtisodiy kesim yuzasini tanliSh eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Hususan, ko‘pgina EULni quriSh va iShlatiSh juda katta miqdordagi kapital mablag‘, sim materiallarining sarfi, elektr tizimlarida quvvat va elektr energiyaning isrofi bilan bog‘langan.


    Elektr tizimlarining iqtisodiyligiga (mamlakatni hozirgi masShtabda elektrlaShtiriSh paytida) tarmoqning Shunday jiddiy ta’siri bo‘lgani tufayli simlarning kesim yuzasini iqtisodiy tanlaSh maqsadga muvofiqligi muhim ahamiyatga egadir. Faqat 10 kV va undan past kuchlaniShli tarmoqlarning o‘zidagi elektr energiya isrofi, elektr tizimi tarmoqlaridagi umumiy energiya isrofining 60-70% ni taShkil qiladi.
    SHu bilan birga bu tarmoqlarning simlari va kabellariga butun tarmoqlarda sarf bo‘ladigan rangli metallarning yarmidan ko‘pi sarf bo‘ladi.
    Hozirgi vaqtda simlarning iqtisodiy kesim yuzasini tanlaShda biror aniq usul bo‘lmagani uchun oldindan qo‘llanilib kelinayotgan keltirilgan xarajatlarga asoslangan usuldan foydalanamiz [5].
    SHunga asosan simning iqtisodiy kesim yuzasi deb, keltirilgan xarajatning minimum qiymatiga taalluqli kesim yuzasi aytiladi. Simning iqtisodiy kesim yuzasining tokni iqtisodiy zichligini normaga solingan qiymati bo‘yicha yoki yuklamaning iqtisodiy intervali bo‘yicha tanlaniShi mumkin.
    Tokning iqtisodiy zichligi elektr tarmoqlardagi 1 km simning quriliSh narxi va simning kesim orasidagi bog‘laniSh to‘g‘ri chiziqli bog‘laniShga yaqin degan taxminga asoslanib tanlanadi:
    (6.4.1)
    bu erda: a- kesim yuzasiga bog‘liq bo‘lmagan narxning o‘zgarmas taShkil etuvchisi (qidiruv iShlariga, loyihalaShga, yo‘llarni, aloqa liniyalarini yotqiziShga va boShqalarga sarflangan mablag‘);
    v- 1 km liniyani quriShda simning kesim yuzasiga qarab narx o‘zgariShini hisobga oladigan qimmatlaShiSh koeffitsienti. (so‘m/km.mm2)
    1 km liniyadagi elektr energiya isrofining narxi quyidagi ifodadan topiliShi mumkin:
    (6.4.2)
    bu erda: I – normal holatga tegiShli liniyadagi maksimal tok, A.
     - sim materialining soliShtirma qarShiligi;
     - maksimal quvvat isrofi ajraladigan vaqt , soat;
     - elektr energiya isrofining soliShtirma narxi (so‘m/kVt.soat)
    F-simning ko‘ndalang kesim yuzasi.
    (6.4.1) va (6.4.2) larni hisobga olganda 1 km liniya uchun keltirilgan xarajat quyidagiga teng bo‘ladi:
    (6.4.3)
    bu erda: r – liniyani amortizatsiyasiga, tuzatiShga va u uchun xizmat qiluvchilarga ajratilgan mablag‘ koeffitsienti.
    Keltirilgan xarajatning eng kichik qiymati bo‘ladi, qachonki
    bo‘lsa,
    Bundan tokning iqtisodiy zichligi:
    teng bo‘ladi. (6.4.4)
    YUqorida keltirilgan liniyani iShlatiSh (ekspluatatsiya) ga bo‘lgan yillik xarajatlarni simning kesim yuzasiga bog‘liqligi egri chiziqli o‘zgariShi 6.4.1-rasmda ko‘rsatilgan. Undan ko‘rinib turibdiki (energiyani isrofiga ketgan xarajat) ga tegiShli 1 – egri chiziq, simning kesim yuzasiga teskari munosabatda o‘zgaradi, a’zolar ifodalaydigan (2-chiziq) keltirilgan xarajatning kapital mablag‘iga tegiShli qismi simning kesim yuzasiga taxminan to‘g‘ri chiziqli bog‘langandir, chunki simning kesim yuzasi katta bo‘lsa, boShlang‘ich kapital mablag‘ sarfi Shuncha ko‘p bo‘ladi, 1- va 2- egri chiziqlarni qo‘Shib 3 – egri chiziq, ya’ni kesim yuzasi F ga bog‘liq bo‘lgan yillik keltirilgan xarajatlarning o‘zgariShini olamiz (6.4.1-rasm).

    Simning ko‘ndalang kesim yuzasi kattalaShiShi tufayli energiya isrofining narxi kamayadi, lekin liniyani iShlatiShga bo‘lgan mablag‘ ajratiSh ko‘payadi, bunda umumiy egri chiziqdagi minimumga tegiShli bo‘lgan kesim yuzasining qiymati iqtisodiy kesim yuzasi deb atalgan qandaydir Fn kesim yuzasiga to‘g‘ri keladi.


    SHunday qilib, simni iqtisodiy ko‘ndalang kesim yuzasini aniqlaSh uchun matematik funksiya Z=f(F) ni biliSh, bu funksiyaning minimumini va unga tegiShli Fn ni topiShning o‘zi etarliga o‘xShaydi. Bunday uriniShlar ko‘pchilik mualliflar tomonidan qilingan. Birlari faqat simlarning narxini hisobga olib, liniyaning quriliSh qismini hisobga oliShmagan, boShqalari rangli metallarni iqtisod qiliShni hisobga oladigan tuzatiShlarni kiritiShgan [6].Ammo, iqtisodiy ko‘ndalang kesim yuzasini qiymatiga ta’sir etuvchi murakkab faktorlarning barchasini hisobga oliSh matematik jihatdan mumkin emas, Shuning uchun har hil materiallardan tayyorlangan havo va kabel liniyalari uchun bir qator texnik-iqtisodiy hisoblaShlarga asosan, yana har xil maksimum yuklamadan foydalaniSh vaqti Tmaks uchun iqtisodiy ko‘ndalang kesim yuzasini aniqlaShda quyidagi ifodadan foydalaniSh tavsiya etiladi.
    (6.4.5)
    bu erda: Imaks- tarmoqni normal iSh holatida simdagi maksimal yuklama toki, A
    Jn – tok oquvchi simning materialiga, liniyaning tuziliShiga, maksimal yuklamadan foydalaniSh vaqtiga bog‘liq holda aniqlanadigan tokning iqtisodiy zichligi, A/mm2.
    Sim materialining o‘tkazuvchanligi qancha yuqori bo‘lsa (mis-alyumin), yoki liniya qancha qimmatroq bo‘lsa (kabel-havo liniyasi), Shuncha tokning zichligi kattadir va Shunga bog‘liq simning iqtisodiy kesim yuzasi Frn kichikdir.
    Jn va Fn ni maksimal yuklamalardan foydalaniSh vaqti Tmaks ga bog‘liqligi teskari o‘zgariShlidir, ya’ni Tmaks ni kattalaShiShi bilan kamayadi, F esa kattalaShadi, chunki Tmaks ni o‘siShi bilan keltirilgan xarajatdagi elektr energiya narxi oShadi. (6.2.4 ifodadagi o‘sadi).
    Liniyadagi Imaks ning qiymatini normal iShlayotgan holatidagi tokni oShiShi hisobga olinmaydi. Masalan, normal liniyalardan, Shikastdan keyin bittasi iShlab, ikki marta ko‘p yuklamani ta’minlaydi, ammo, bu holat uzoq bo‘lmagani uchun, iqtisodga ta’sir qilmaydi. Bu erda: liniyaning kesim yuzasini mumkin bo‘lgan qiziSh darajasi bo‘yicha maksimal tokga asosan tekShiriSh kerak.
    IShlatiSh Sharoitiga asosan tavsiya etilgan tokning iqtisodiy zichligi qo‘Shimcha jadvallarda keltirilgan.
    SHu yo‘l bilan topilgan kesim yuzasi Fn ni standartga yakin qilib yaxlitlanadi.
    Agarda tarmoqdagi yuklama maksimumi tungi (kechki) vaqtga to‘g‘ri kelsa, unda tokning iqtisodiy zichligini (jadvaldagi) 40% ga oShiriladi. 16 mm2 va undan kichik ko‘ndalang kesim yuzali izolyasiya qilingan simlarda ham jn ni 40% ga kattalaShtiriSh mumkin.
    Uchastkalari katta bo‘lmagan va ulardagi Tmaks lar har hil bo‘lgan tarmoqlarda iqtisodiy ko‘ndalang kesim yuzasi har bir uchastka uchun alohida aniqlanadi, lekin bunda uchastkalardagi har hil Tmaks o‘rniga butun tarmoq uchun uning o‘rtacha qiymati To‘r.maks quyidagi ifodaga asoslanib qabul qilinadi.
    (6.4.6)
    bu erda: Ko – yuklamalar maksimumi bir vaqtga to‘g‘ri keliShini hisobga oladigan koeffitsient.
    Agarda iste’molchilar liniyaga o‘zaro katta bo‘lmagan masofalarda ulangan bo‘lsa, unda amaliy jihatdan va liniyaning tuziliShi jihatidan har bir uchastka uchun har xil ko‘ndalang kesim yuzasini qabul qiliSh maqsadga muvofiq emas. Bunday holda eng katta yuklangan uchastka (liniyaning boShi) uchun olinadigan bir xil iqtisodiy ko‘ndalang kesim yuzasi qabul qilinadi. Jn qiymatiga tuzatiSh koeffitsienti Ku olinadi, ya’ni ekvivalent qiymat
    jrn =jn Ku qabul qilinadi.
    bu erda: jn – oxirida bir yuklamasi bo‘lgan va Tmaks=To‘r.maks holdagi bir liniyaga tegiShli tokning iqtisodiy zichligi.
    Ku koeffitsienti quyidagi ifodadan aniqlanadi:
    (6.4.7)
    bu erda: I1, I2, In – ayrim uchastkalardagi yuklama toklari;
    - ayrim uchastkalarning uzunliklari;
    L – liniyaning to‘liq uzunligi.
    Simlarning ko‘ndalang kesim yuzasi kuchlaniShi 500 kV gacha bo‘lgan HL larida tokning iqtisodiy zichligi asosida tanlanadi. 500 kV dan yuqori kuchlaniShli HL larida, 1000 V li bo‘lgan EUL larda tokning iqtisodiy zichligi bo‘yicha simning ko‘ndalang kesim yuzasi quyidagi hollarda tanlanmaydi:
    a) sanoat korxonalarining va qurilmalarining kuchlaniShi 1000 V gacha bo‘lgan tarmoqlarda maksimal yuklamadan foydalaniSh vaqti 4000-5000 s ortiq bo‘lmasa;
    b) 1000 V gacha bo‘lgan ayrim elektr iste’molchilargacha cho‘zilgan Shahobchalar va yoritiSh tarmoqlarida;
    v) vaqtinchalik qurilmalarning va iSh muddati 3 yildan 5 yilgacha bo‘lgan qurilmalarning tarmoqlarida.
    Tokni normallaShgan iqtisodiy zichligi bo‘yicha simlarning ko‘ndalang kesim yuzasini tanlaSh usuli Shunday kamchilikka egaki, bu zichligi har xil turdagi liniyalar uchun amortizatsiyaga bo‘lgan mablag‘ ajratiSh qayd qilingan deb aniqlanadi va simlarning soliShtirma narxi ko‘ndalang kesim yuzasiga nisbatan to‘g‘ri chiziqli bog‘laniShda hisoblanadi. Keltirilgan omillar iqtisodiy kesim yuzasini tanlaShda katta xatoliklarga olib keladi, bu ayniqsa bir turda bo‘lmagan tarmoqlarda, qaysiki ayrim uchastkalari har xil texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlariga (sim materialini Shaklan iShlaniShi, amortizatsiyaga ajratiSh va boShqalar) ega bo‘lganda bilinadi. Maksimal yuklamadan foydalaniSh vaqtining katta oraliqdagi ham sezilarli xatoni yuzaga keltiradi. Masalan uchinchi oraliq uchun (qo‘Shimcha jadval)Tmaks=5000 s bo‘lganda Frn ni aniqlaShdagi xatolik +30%; Tmaks=8760 s da esa xatolik intervali o‘rtacha vaqt qiymati uchun tanlangan kesim yuzasiga nisbatan 20% ni taShkil etadi. YUklamaning iqtisodiy oralig‘i (intervali) usuli [A] aniqroq echimini beradi, bunda keltirilgan xarajatga ta’sir qiladigan simlarni standart kesim yuzasini uzlukligi, parametrlarni haqiqiy qiymati hisobga olinadi.
    Simlarning ma’lum bir kesim yuzasi uchun Shunday yuklamalar oralig‘i iqtisodiy deyiladiki, qachonki Shu oraliqlardagi yuklamalarga tegiShli bir o‘lcham tokni, (yoki quvvatni) bir o‘lcham uzunlikka uzatiSh uchun bo‘ladigan keltirilgan xarajat boShqa ko‘ndalang kesim yuzalaridagiga nisbatan eng minimal bo‘ladi.
    Asosiy adabiyotlar.
    1.Idelchik B.I.Elektricheskie sistemы i seti.M:Energoatomizdat 1989 g,592 s
    2.Blok V.M. Elektricheskie sistemы i seti. M:VыsShaya Shkola,1986 g,430 s
    3.Elektricheskie sistemы.1,2 Elektricheskie seti.Pod.red V.A Venikova
    M:VыsShaya Shkola,1981 g,438 s
    4.Soldatkina L.A. Elektricheskie sistemы i seti.M:Energiya 1978 g
    5.Borovikov V.A,Kosarev V.K,Xodot G.A. Elektricheskie seti energeticheskix
    sistem.L:Energiya 1977 g,391 s
    6.Elektricheskie sistemы i seti.Pod red.G.I Denisenko,Kiev,1986 g
    7. Stroev VA. Elektricheskie sistemы i seti. Uchebnik.-M., «VыsShaya Shkola», 512 s. 1998 g.
    Download 77.18 Kb.




    Download 77.18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektr uzatish liniyalarining o’tkazuvchanlik layoqati. Reja

    Download 77.18 Kb.