• Donor sathlar
  • Kirishmali yarim o’tkazgichlar




    Download 1,34 Mb.
    bet1/4
    Sana24.05.2024
    Hajmi1,34 Mb.
    #252655
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Kirishmali yarim otkazgichlar-F.Axnazarov taqdimoti

    Kirishmali yarim o’tkazgichlar

    Bajardi: 0140-23 guruh talabasi Axnazarov Farrux

    • Kirishmali yarim o'tkazgichlar, donor va aktseptor energetik sathlar.
    • Kirishmali yarim o'tkazgichlarda tok tashuvchi zaryadlar konsentratsiyasi.
    • Kirishmali yarim o'tkazgichlarning o'tkazuvchanligi va uni temperaturaga bog'liqligi.

    Donor sathlar

    Donor sathlar

    Kremniy olmos tipidagi kristall panjaraga ega bo’lgani uchun, bu

    panjarada har bir atomning to’rtta eng yaqin qo’shnisi bor, ular bilan 4 ta valent elektronlari orqali kovalent bog’lanishni hosil qiladi. Kremniy panjarasining tekislikdagi shartli ravishda ko’rinishi 232 – rasmda tasvirlangan.


    232 – rasm. Donor kirishmali kremniyning kristall panjarasi

    Faraz qilaylik, kremniy kristalida bir qism kremniy atomlari o’rniga besh valentli mishyak atomlari joylashtirilgan bo’lsin. 4 ta qo’shni atomlar bilan kovalent bog’lanishni o’rnatish uchun mishyak atomi 4 ta valent elektronlarini sarflaydi, beshinchi elektron bu bog’lanishlarni o’rnatishda qatnashmaydi.

    Faraz qilaylik, kremniy kristalida bir qism kremniy atomlari o’rniga besh valentli mishyak atomlari joylashtirilgan bo’lsin. 4 ta qo’shni atomlar bilan kovalent bog’lanishni o’rnatish uchun mishyak atomi 4 ta valent elektronlarini sarflaydi, beshinchi elektron bu bog’lanishlarni o’rnatishda qatnashmaydi.

    Mishyak atomi, dielektrik singdiruvchanligi e= 12 bo’lgan kremniy kristall panjarasi muhitida bo’lgani uchun, 5–elektron mish’yak atomi yadrosi bilan 12 marta susaygan bog’lanishda bo’ladi va mish’yak atomi maydonida o’z harakatini davom ettiradi. Maydonning susayganligi sababli, 5 –elektron orbitasining radiusi 12 marotaba ortadi, uning mish’yak atomi bilan bog’lanish energiyasi e2 = 144 marta kamayib, Ed – 0,01 eV qiymat atrofida bo’ladi (233 – rasm).


    233 – rasm. Yarim o’tkazgichda donor kirishma atomlarining energetik sathi

    Download 1,34 Mb.
      1   2   3   4




    Download 1,34 Mb.