|
Kirishmali yarim o’tkazgichlar
|
bet | 3/4 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 1,34 Mb. | | #252655 |
Bog'liq Kirishmali yarim otkazgichlar-F.Axnazarov taqdimoti To’ldirilmagan bog’lanish kovakni eslatadi va kremniyning valent sohasida bo’sh vakant holatni hosil qiladi. 235 – rasmda bor kirishma atomiga ega bo’lgan kremniyning sohaviy tuzilishi tasvirlangan. Valent sohasi shipining yaqinida Ea» 0,01 eV masofada bor atomining elektronlar egallamagan energetik sathi joylashgan. Nisbatan yuqori bo’lmagan temperaturalarda valent sohasidagi elektronlar bu energetik sathlarga o’tib, bor atomlari bilan bog’lanish hosil qiladi va kristall panjarada harakat qilish ehtimolligini yo’qotadilar, elektr o’tkazuvchanlikda ishtirok eta olmaydilar. Musbat zaryad tashuvchilar faqat valent sohasida hosil
235 – rasm. Kremniy kristall panjarasida bor (V) atomining joylashishi
bo’lgan kovaklardan iborat bo’ladi.
Yarim o’tkazgichning valent sohasidan elektronlarni tortib oluvchi kirishmalar – aktseptorlar, ularning energetik sathlari – aktseptor sathlar deb ataladi.
Aktseptorlarga ega bo’lgan yarim o’tkazgichlar kovakli yarim o’tkazgichlar yoki r – tipli yarim o’tkazgichlar deb ataladi.
Aynimagan kirishmali yarim o’tkazgichlarning elektr o’tkazuvchanligining temperaturaga bog’liqligi, xususiy yarim o’tkazgichdagiga o’xshash, asosan tok tashuvchilar kontsentratsiyasining temperaturaga bog’liqligi bilan aniqlanadi. Aynimagan kirishmali yarim o’tkazgichlarning elektr o’tkazuvchanligining temperaturaga bog’liqligi, xususiy yarim o’tkazgichdagiga o’xshash, asosan tok tashuvchilar kontsentratsiyasining temperaturaga bog’liqligi bilan aniqlanadi. 248 - rasmda kirishmali yarim o’tkazgich o’tkazuvchanligining temperaturaga bog’liqlik chizmasi keltirilgan. Bu chizmani uchta xarakterli sohalarga ajratish mumkin: ab, bc, va cd. “ab” soha past temperaturalar sohasiga taalluqli bo’lib, kirishma sathlarining elektronlardan kambag’allashish temperaturasigacha (Tk) davom etadi. Bu sohada, tok tashuvchilar kontsentratsiyasi quyidagicha ifodalanadi:
|
| |