3
Kirish
Ushbu Konsepsiyani ishlab chiqishdan maqsad erishilgan ko‘rsatkichlarni
oshirish va aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy-iqtisodiy va xo’jalik
barqarorligini
ta’minlash, ISO 9001 xalqaro standartiga mos keladigan SMTni saqlash va
takomillashtirish orqali korxonaning moliyaviy barqarorligi va raqobatbardoshligini
oshirishdan, xizmatlarning
yangi turlarini rivojlantirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar
sifatini oshirish va Jamiyat faoliyatida AKTning zamonaviy yutuqlaridan keng
foydalanishdan iborat.
Jamiyatning umumiy rivojlanish strategiyasi quyidagilarga asoslanadi:
• “O‘zbekekspertiza” AJ va uning hududiy Sho‘’ba xo‘jalik
jamiyatlarida
xizmatlar turlarini kengaytirish, monopol bo‘lmagan xizmatlarni yanada rivojlantirish
bo‘yicha;
• jarayonlardagi xatarlarni boshqarish tizimini joriy etish va TUV xalqaro
sertifikatlashtirish organi tomonidan ISO 9001 talablariga muvofiqligi sertifikatlangan
sifat menejmenti tizimini ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni olib borish orqali Jamiyat
imidjini oshirish bo‘yicha;
•
biznes jarayonlarini, Jamiyatning tashkiliy va ishlab chiqarish tuzilmasini
optimallashtirish bo'yicha;
• Jamiyat faoliyatini tubdan avtomatlashtirish va axborotlashtirish,
ariza
beruvchilar uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish, Jamiyat veb-saytida taqdim
etilayotgan barcha xizmatlar bo‘yicha onlayn arizalarni qabul qilish bo‘yicha internet
portali faoliyati yo‘li bilan;
• “Yagona darcha” tamoyili bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish
mexanizmini
takomillashtirish;
• “Korruptsiyaga qarshi boshqaruv tizimlari” ISO 37001 xalqaro standartini
joriy etish maqsadida jamiyatda
korrupsiyaning oldini
olishning samarali tizimini
shakllantirish
;
• axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yutuqlarni Jamiyat
moliya-xo‘jalik faoliyati jarayonlariga joriy etish, respublika
korxonalari tomonidan
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilish bilan bog‘liq xizmatlarni tezkorlik
bilan ko‘rsatish.