Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
918
TA’LIM MUASSASASIGA RAHBARLIK QILISHNING BOSHQARUV
MADANIYATI. PEDAGOGIK MENEJMENTDA KREATIVLIK VA KASBIY
KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISH
B.X. Karimova
Termiz davlat universiteti dotsenti v.b, p.f.b.f.d (PhD)
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada ta’lim muassasasiga rahbarlik qilishning boshqaruv
madaniyati hamda pedagogik menejmentda kreativlik va kasbiy kompetensiyani
shakllantirish yuzasidan fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar: ta’lim, muassasa, boshqaruv, madaniyat, menejment, kreativlik,
kompetensiya, rahbar, lider, ijtimoiy, iqtisodiy, uslub, ijodkorlik.
ABSTRACT
This article discusses the management culture of leading an educational
institution and the formation of creativity and professional competence in
pedagogical management.
Key words: education, institution, management, culture, management,
creativity, competence, manager, leader, social, economic, style, creativity.
KIRISH
Hozirgi zamon fanida “rahbar”, “lider” yoki “liderlik uslubi” va “rahbarlik
uslubi” tushunchalarining nisbati yo‘nalishidagi muammolar eng dolzarb
muammolardan biri hisoblanadi. Bularning ichida ko‘proq ahamiyat kasb etuvchi
B.D. Pargin fikriga ko‘ra lider ma’lum bir guruhda
shaxslararo munosabatlarni
muvofiqlashtirib turadi, mikro muhitning elementi hisoblanadi, kutilmaganda
vujudga keladi va uning holatining barqarorligi kamroq bo‘lib,
harakatlanishi
guruhning kayfiyatiga bog‘liq va u ko‘proq guruhning faoliyatiga aloqador bo‘lgan
qarorlar qabul qiladi. Rahbar esa ijtimoiy tashkilot hisoblangan guruhlarda rasmiy
munosabatlarni muvofiqlashtiradi va makro muhitning elementi hisoblanadi. Rahbar
holatining barqarorligi ko‘proq bo‘lib, u ma’lum bir tizimda bir necha marta ko‘proq
vakolatlarga, qaror qabul qilish,
buyruq berish, topshiriqlar berish, talab qilish
huquqlariga ega. Qaror qabul qilish jarayoni birmuncha murakkabroq bo‘lib,
ko‘pgina, turli xil vaziyatlarni qamrab oladi va bu vaziyatlar faqatgina bitta guruhga
tegishli bo‘lmaydi. Rahbar ma’lum bir kengroq ijtimoiy tizimning kichik bir
guruhida
faoliyat ko‘rsatsada, uning harakat doirasi keng hisoblanadi. Ayrim