|
Madaniyati. Pedagogik menejmentda kreativlik va kasbiy kompetensiyani shakllantirishBog'liq Maqola 1Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
922
-
Shaxsiy va kasbiy sifatlar;
-
Pedagogik qobiliyat, metod va texnologiyalar;
-
Kasbiy motivatsiya.
O‘qituvchi mehnat faoliyati davomida ta’lim vazifalarini amalga oshirishda
hayot davomida ahamiyatga ega bo‘lgan kompetensiya zarur bo‘ladi, Ularga
quyidagilar kiradi:
-
Kommunikativ kompetensiya;
- Innovatsion kompetensiya;
- Muammolarni hal eta olish;
- O‘z-o‘zini rivojlantiruvchi muhitni yaralish.
Kommunikativ kompetensiya -o‘qituvchidan to‘laqonli muloqot-chanlikni talab
etadi. Har qanday vaziyatda ta’lim oluvchi va jamoa a’zolari bilan ijobiy
munosabatda bo‘lishni taqozo etadi. Informatsion kompetensiya - o‘qituvchi o‘z fani
va unga bog‘liq holda bo‘lgan barcha yangiliklardan boxabar bo‘lishi zarur. Shuning
uchun ham pedagog axborot va kompyuter texnologiyalaridan foydalana olish
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Pedagogik takt va pedagogik etika» mavzusi bo‘yicha talabalarga nazariy
materiallar beriladi, seminar mashg‘ulotlarini bajarishlari uchun uslubiy maslahatlar
beriladi. Talabalar o‘z ustilarida muntazam ishlab, berilgan seminar mavzusi
topshiriqlarini turli axborot vositalaridan foydalanib bajarish hamda ularni amaliy
faoliyatda qo‘llay olishlari darajasiga yetishgan, ya’ni pedagogik kompetentliklar
shakllanishi kerak.
“O‘qituvchi faoliyatida muomala madaniyati va psixologiyasi hamda pedagogik
takt va pedagogik etika” mavzusini yoritishda o‘qituvchi faoliyatida muomala
madaniyatining o‘ziga xos turlari, muloqotni tashkil etishda umuminsoniy
qadriyatlarning ustuvorligi, pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va
funksiyalari, pedagogik etikaning mohiyati va xususiyatlari hamda o‘qituvchi
etikasida dilkashlik va pedagogik takt bo‘yicha bilimlar beradi. Bu bilimlar amaliy va
seminar mashg‘ulotlari jarayonida mustahkamlanib boriladi. Mavzu yakunida
talabaning bilimi testlar yoki boshqa topshiriqlar orqali tekshiriladi. Har bir modul
bo‘yicha mavzular shu tarzda talabalarga yetkazilib, ularda shu fan bo‘yicha bilim va
ko‘nikmalari shakllantirib, bo‘lajak o‘qituvchi xislatlari tarbiyalanadi, pedagogik
kompetentligi shakllantirib boradi[5].
Shu munosabat bilan bugungi kunda pedagogik boshqaruvda qatnashuvchilarga
ya’ni o‘qituvchi shaxsiga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- o‘z fanini chuqur bilishi va uning metodikasini yetarli darajada o‘zlashtirish;
- keng ilmiy dunyoqarashli va teran e’tiqod sohibi bo‘lishi;
|
| |