Madaniyati. Pedagogik menejmentda kreativlik va kasbiy kompetensiyani shakllantirish




Download 264,25 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana27.08.2024
Hajmi264,25 Kb.
#269912
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Maqola 1

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(4), April, 2023 
921 
aylantirishdan iboratdir. Umuman olganda, ta’lim muassasasidagi muvaffaqiyatlar 
rahbarning ijrochilar bo‘lgan munosobatidan qanchalik manfaatdorligini anglata 
bilish qobiliyatiga bog‘liqdir. 
G.Kunts va S.O.Dannelning aniqlashicha, “agar bo‘ysunuvchilar rahbarlar 
tomonidan o‘rnatilgan tartib qoidalar va ehtiyojlarga ko‘ra boshqarilsa, ular o‘z 
imkoniyatlarining taxminan 60 yoki 65% darajasida ishlashi mumkin, ya’ni o‘z ishida 
saqlanib qolish maqsadida, shunchaki o‘z majburiyatlarini qoniqarli darajada 
bajaradi, bo‘ysunuvchilarning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish uchun, rahbarlar 
liderlikni amalga oshirish bilan ularda tegishli mulohaza shakllantirishi zarur”. 
Rahbarlik - odamlarga maqsadli ta’sir o‘tkazishga qaratilgan, ularning faoliyatini 
muvofiqlashtirish bilan bog‘liq boshqaruvning tarkibiy qismidir. Saylab qo‘yilgan 
yoki tayinlangan rahbar qator funktsiyalarni bajaradi: jamoa faoliyati maqsadlarini 
aniqlaydi va shakllantiradi, shu faoliyatni rejalashtiradi, rag‘batlantirish vositalari va 
usullarini belgilaydi, uni nazorat qilishni amalga oshiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2019 yil 23 avgustdagi 
xalq ta’limi tizimi xodimlari bilan bo‘lgan telemuloqotda quyidagicha fikrlarni 
bildirganlar: “Hozirgi zamon o‘qituvchisining asosiy vazifalaridan biri – kasbiy 
kompetentligi va intellektual salohiyatining yuqoriligi, sadoqatliligi, g‘oyaviy 
e’tiqodligi va o‘z kasbini sevishidir. Bu fazilatlar pedagoglarni boshqa kasb 
egalaridan ajratib turadi”. 
Bugungi talaba-yoshlarda kreativlikni shakllantirish uchun bugungi pedagog 
namunaviy intellektga ega bo‘lishi, zamonaviy ta’lim-tarbiya qonuniyatlarini 
mukammal bilishi va shu asosda o‘z kasbi bilan bog‘liq ijodkorlik qilish qobiliyatiga 
ega bo‘lishi lozim. 
Bugungi professor-o‘qituvchi o‘z shogirdlariga Vatanga sadoqat, mehr-
oqibatlilik, mas’uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy maslahat, innovatsion fikrlash
mehnatsevarlik kabi insoniy fazilatlarni shakllantirishi bilan bir qatorda mantiqiy 
fikrlashga odatlantirish va ijod qilishni o‘rgatishi kerak bo‘ladi. Bo‘lajak 
pedagoglarga kreativlik bo‘yicha ijodiy faoliyat turlarini shakllantirish quyidagicha 
bo‘ladi. 
Kreativlik quyidagi faoliyatni qamrab oladi: 
-
Akseologik yondashuv; 
-
Akmeologik yondashuv; 
-
Kreativ yondashuv; 
-
Refleksiv yondashuv. 
O‘qituvchining kompetensiyasini quyidagicha izohlash mumkin: 
-
Pedagog faoliyatining maqsadi va mazmuni; 



Download 264,25 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 264,25 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Madaniyati. Pedagogik menejmentda kreativlik va kasbiy kompetensiyani shakllantirish

Download 264,25 Kb.
Pdf ko'rish