7
8. To‘qimachilik va poyafzal sanoati mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish
kompleksi, shuningdek, amaldagi akkreditatsiya ko‘lamining yangi yo‘nalishlari
hamda Jamiyatning mahsulotlarni sertifikatlashtirish organini kengaytirish va
akkreditatsiya qilish bo‘yicha akkreditatsiya olindi.
9. Yengil sanoat mahsulotlari sifatini yangi texnik reglamentlar talablariga
muvofiqligini tekshirish uchun zamonaviy sinov uskunalari xarid qilindi.
10. Kadrlar tayyorlash Standartlar institutida, shuningdek, “Cert Academy”
MChJda standartning yangi talablariga muvofiq, SMT va laboratoriya sinovlari
yo‘nalishlari
bo‘yicha
xodimlarga
o‘rgatildi.
11. ITSV topshirig‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi TIF TN 2022-yilgi
yangi tahririni ishlab chiqish va uni davlat tiliga tarjima qilish bo‘yicha ishlar olib
borildi
12. Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha
kompleks chora-tadbirlar,aniq ko‘rsatkichlarni ro‘yxatga olish, jumladan,
“
kopmlaens-nazorat” korrupsiyaga qarshi tizim ishlab chiqish bo‘yicha ishlar
amalga oshirildi
13.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-
noyabrdagi PF-5582-son qarori ijrosi yuzasidan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat
bojxona xizmati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish va bojxona
ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi Jamiyat Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda Toshkent shahridagi
“Yallama” va Andijon viloyatidagi “Do‘stlik” yangi bojxona terminallari hududida
xizmatlar ko‘rsatish uchun qo‘shimcha punktlarni ochish masalasini ishlab chiqdi.
14.
Eksport qiluvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ko‘rsatilayotgan
xizmatlar samaradorligini oshirish maqsadida Jamiyat tomonidan barcha bojxona
postlarida, jumladan, hududlarda ham tunu kun ish tashkil etilgan.