Klonlash Mahalliy tarmoq Windows operatsion tizimi haqida




Download 0.72 Mb.
bet1/5
Sana23.11.2022
Hajmi0.72 Mb.
#31466
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Avazjon
ХФХ-1 мажмуа 2021 (1), Plant genetic engineering and genetically modified crop breeding history and current status, MUHAMMAD ALI , Shovqin va titrashning Ularning inson organizmiga zararli ta´sir-fayllar.org, 5-mavzu. Marketing tizimi va sohasi-fayllar.org, 2 Elektr tokining asosiy xarakteristikalari. Om qonuni. Tokning -fayllar.org, 13816, 5-ma`ruza elektronika leksiya (1), referat Sharipova S, Kiyimni konstruksiyalash va modellashtirishning asosiy metodlari, 10-tajriba ishi, shartnoma Nilufar, 8-9-amaliyot Abror Inoyatov OS, 5-ma\'ruza Saralash algoritmlari 2(uzb)

Mavzu: Windows operatsion tizimini o‘rnatish usullari (optik disk, joylashtirish vositalari, klonlash, mahalliy tarmoq)
Reja:

  1. Optik disk joylashtirish vositalari

  2. Klonlash

  3. Mahalliy tarmoq

Windows operatsion tizimi haqida
Operatsion tizim - bu maxsus dastur bo’lib, bu dastur asosiy vazifasi - kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini ta‘minlash. Windows (Windows ,,oynalar’’ degan ma'noni anglatadi) Microsoft (MS) firmasining dastur mahsuli bo`lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo`lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo`ljallangan operatsion tizimdir. Uning asosiy maqsadi-kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va o`rganish uchun oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir.
Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS va Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh dasturi, Unix va Linux dasturlari.
Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan operatsion tizimlar bilan jihozlangan. Bulardan 1981-yilda yaratilgan - MS-DOS dasturi, 1991-yilda yaratilgan - Windows 3,1 dasturi, 1995-yilda yaratilgan - Windows 95 dasturi, 1998-yilda yaratilgan – Windows 98 dasturi, 2000-yilda yaratilgan - Windows 2000 dasturi, 2001-yilda yaratilgan - Windows Millennium Edition va Windows XP dasturlari. Windows dasturning taniqli bo’lishining asosiy sababi bu - ish jarayoni soddaligi, ko’p vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi va boshqa qulayliklar. Boshqa operatsion tizimlarga o’xshab Windows dasturi ham kompyuter xotirasiga kompyuter yoqilish vaqtda avtomatik ravishda yuklanadi.
Windows mustaqil operatsion tizim sifatida quyidagi afzalliklarga ega:
– o`zlashtirishda nihoyatda oddiy va imkoniyatlaridan foydalanish ko`lami qulay;
– u yuqori samaradorlikka ega va mazkur xususiyati bilan WINDOWS ning istalgan avvalgi lahjalaridan keskin farqlanadi. Xususan, Microsoft firmasi yangi 32 razryadli yadroni tatbiq etish bilan samaradorlik va ishonchlilikni keskin oshirishga erishdi;
– foydalanuvchi atigi bitta dasturiy ta'minot mahsulotini xarid qilib, qator muhim imkoniyatlarni qo`lga kiritadi: universal tarmoq mijoziga aylanadi, elektron pochtadan foydalana oladi, multimedia vositalaridan bahra oladi va hokazo;
– sodda, dasturlar majmui barkamol va yuqori unumlilikka ega.
O'z kompyuterimizga Windows OT ining 8.1 versiyasini o'rnatishni ko'rib chiqamiz. Bu usul Windows ning 7, 8, 8.1 va 10 versiyalari uchun bir xil hisoblanadi. Demak, boshladik. Buning uchun bizga Windows operatsion tizimi o'rnatuvchi paketi fleshka disk yoki fleshka kerak bo'ladi. Agar bular mavjud bo'lmasa o'zimiz o'rnatuvchi paketni fleshka yozamiz va bu orqali o'z kompyuterimizga Windows OT ini o'rnatamiz. Bunda bizga Windows o'rnatuvchi paketi (.iso kengaytmasida bo'ladi) va rufus dasturi kerak bo'ladi. Windows OT ining o'rnatuvchi paketini biz Microsoft ning microsoft.com saytidan yoki o'zimiz bilgan boshqa dasturlar saytidan ko'chirib olishimiz mumkin.

Download 0.72 Mb.
  1   2   3   4   5




Download 0.72 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Klonlash Mahalliy tarmoq Windows operatsion tizimi haqida

Download 0.72 Mb.