Urganch Davlat universieteti talabalarining amaliyotini o‘tkazish to‘g‘risida shartnom a




Download 28.27 Kb.
Sana08.11.2023
Hajmi28.27 Kb.
#96013
Bog'liq
shartnoma Nilufar
Avazjon, ХФХ-1 мажмуа 2021 (1), Plant genetic engineering and genetically modified crop breeding history and current status, MUHAMMAD ALI , Shovqin va titrashning Ularning inson organizmiga zararli ta´sir-fayllar.org, 5-mavzu. Marketing tizimi va sohasi-fayllar.org, 2 Elektr tokining asosiy xarakteristikalari. Om qonuni. Tokning -fayllar.org, 13816, 5-ma`ruza elektronika leksiya (1), referat Sharipova S, Kiyimni konstruksiyalash va modellashtirishning asosiy metodlari, 10-tajriba ishi, 8-9-amaliyot Abror Inoyatov OS, 5-ma\'ruza Saralash algoritmlari 2(uzb)

Urganch Davlat universieteti talabalarining
amaliyotini o‘tkazish to‘g‘risida
SH A R T N O M A
______”________________2023 y. Urganch shahri

Mazkur shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli qarorlarida belgilangan iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish, talabalarning malakaviy amaliyotlari tizimli ravishda o‘tkazilishini, shuningdek ularning amaliy mashg‘ulotlarini bevosita ishlab chiqarishda tashkillashtirish vazifalarini ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, talabalarning olgan nazariy bilimlarini amaliyotda sinab, mustaxkamlash maqsadida, bir tomondan ______________________________ _____________________ nomidan rahbar _______________________________ va ikkinchi tomondan Urganch davlat universiteti quyidagilar bo‘yicha tuzdilar.




1. Shartnoma predmeti:
2023-2024 o‘quv–yili davomida Urganch davlat universiteti rektori bilan ____________________________________________ o‘rtasida hamkorlik asosida sifatli kadrlar tayyorlashni amalga oshirish.


    1. 2. Tomonlarning huquq va majburiyatlari:

I. Oliy ta’lim muassasasi majburiyatlari
1.1. Pedagogik amaliyot boshlanishidan avval amaliyotga boradigan talaba yo‘nalishi (ixtisosligi), amaliyot o‘tkazish muddati va amaliyot dasturi haqida kelishilgan tashkilot raxbariga ma’lumot berish;
1.2. Amaliyot ob’ektidagi amaliyotni tashkil etish tartibi va o‘tkazilish muddati hamda mazmunini nazorat qilish.
II. Amaliyot o‘tkaziladigan tashkilotning majburiyatlari
2.1. Amaliyotchi talabaga pedagogik amaliyotining samarali o‘tkazilishiga imkoniyat yaratish;
2.2. Amaliyotchi talabani ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Oliy ta’lim muassasasini tugatgandan keyin ishga qabul qilib, ish bilan ta’minlash;
2.3. Amaliyotni o‘tashda Oliy ta’lim muassasasi bilan kelishilgan oy-kunlik ish jadvaliga amal qilish;
2.4. Amaliyotchi talabani o‘quv-tarbiyaviy ishlar, o‘qituvchilar tarkibi, me’yoriy hujjatlari, uning moddiy o‘quv bazasi (o‘quv xonalari, kompyuter xonalari, axborot resurs markazi va boshqalar), pedagogik kengash, metodik birlashma va ota-onalar qo‘mitasi ishlari bilan tanishtirish;
2.5 Amaliyotchi talabaga malakali mutaxassislarni biriktirish;
2.6. Amaliyotchi talabani dars va guruxdan tashqari mashg‘ulotlarini o‘tkazishda, tayyorgarlik ko‘rishda, konsultatsiya berish, o‘tiladigan dars va guruxdan tashqari mashg‘ulotlarning rejasi va konspektini tekshirish, talabani dars o‘tishi yoki guruxdan tashqari mashg‘ulotlar o‘tkazishga rozilik berish;
2.7. Hayot faoliyati havfsizligi bo‘yicha ko‘rsatmalar berish.
2.8. Amaliyotchi talabaning mazkur amaliyot ob’ektida joriy qilingan ichki mehnat tartib – qoidalariga rioya qilishlarini ta’minlash va nazorat qilish;
2.9. Amaliyotchi talaba amaliyot ob’ektiga kelishilgan oy-kunlik ish jadvaliga muvofiq bormasa yoki ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilmasa zudlik bilan Urganch davlat universitetiga xabar berish;
2.10. Amaliyotchi talabaga texnik vositalar, axborot resurs markazidagi adabiyotlar va boshqa tegishli hujjatlardan foydalanish imkonini yaratish;
2.11. Pedagogik amaliyotini yakunlash bilan amaliyotchi talabaning amaliyotini baholash va amaliyotchi talabaga tavsifnoma berish;
3. Shartnomaning yakuniy qoidalari:
3.1. Shartnoma ikki nusxada tuzilib, imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
3.2. Shartnomaning amal qilish muddati “___”_________ 2023 yilgacha bo‘lib, ikki tomonning roziligi bilan o‘zgartirilishi yoki uzaytirilishi mumkin.
3.3. Shartnoma ikki tomonning roziligi bilan yoki bir tomon shartnoma shartlarini bajarmagan holda bekor qilinishi mumkin.
3.4. Shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar ikkala tomonning yozma shakldagi kelishuviga asosan kiritiladi.



Tomonlarning manzillari va rekvizitlari:





Muassasa nomi: Urganch Davlat universiteti
Manzili: Urganch shaxar H.Olimjon ko‘chasi, 14 uy.
Tel: 224 6700; ___________
Imzo_____________________
Sana_____________________

Muassasa nomi:____________ _________________________
Manzili:__________________________________________
Tel:____________________
Imzo___________________
Sana___________________

Amaliyotchi talaba:__________
__________________________
Manzili:___________________________________________
Tel:______________________
Imzo_____________________
Sana_____________________

Download 28.27 Kb.




Download 28.27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Urganch Davlat universieteti talabalarining amaliyotini o‘tkazish to‘g‘risida shartnom a

Download 28.27 Kb.