• PROMOTION OF READING CULTURE IN INFORMATION AND LIBRARY INSTITUTIONS. LECTURE TOPIC: "THE BOOK IS A GRATEFUL TEACHER"
  • «книга благодарный учитель»




    Download 23.42 Kb.
    Sana27.05.2023
    Hajmi23.42 Kb.
    #65683
    TuriЛекции
    Bog'liq
    Xonqa TAKM ma\'ruza uch tilda (4)
    5 tarix, 2022-09-26-0003 0001, Advantages of the sports, fghhg, Документ Microsoft Word, Есназарова макала 1, Б Ходжаев Бекбагамбетоватезис, Аллаяров -тезис-2021, 13-guruh.Mavzu, 1, About Uzbekistan, Fe\'l haqida ma\'lumot, informatika 10 uzb, Новый документ в формате RTF



    AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASALARIDA MUTOLAA MADANIYATINI
    OMMALASHTIRISH.

    MARUZA MAVZUSI: “KITOB BE'MINNAT USTOZ”
    ПРОДВИЖЕНИЕ КУЛЬТУРЫ ЧТЕНИЯ В ИНФОРМАЦИОННО-БИБЛИОТЕЧНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ.
    ТЕМА ЛЕКЦИИ: «КНИГА – БЛАГОДАРНЫЙ УЧИТЕЛЬ».
    PROMOTION OF READING CULTURE IN INFORMATION AND LIBRARY INSTITUTIONS.
    LECTURE TOPIC: "THE BOOK IS A GRATEFUL TEACHER"

    Xaticha Satimovna, Xonqa axborot – kutubxona markazi direktori

    «Kitob – be’minnat ustoz. Har daqiqa u bizni donishmandlarning bilim xazinasi bilan oshno eta oladi», deb yozadi buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy.


    «Книга — благодарный учитель. Он каждую минуту может познакомить нас с сокровищницей знаний мудрецов», — пишет великий поэт и мыслитель Мир Алишер Навои.
    The book is a grateful teacher. Every minute he can acquaint us with the treasure of knowledge of sages, ”writes the great poet and thinker Mir Alisher Navoi.
    Ma’lumki, aholining intellektual va ma’naviy-estetik ehtiyojini qondirish, xususan, yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar va ma’nan barkamol insonlar qilib tarbiyalashda kitobning o‘rni beqiyosdir.
    Bugungi axborot asrining ilg’or texnologiyalarisiz kunlarimizni tasavvur qilolmamasak-da, tengdoshlarimiz orasida kitobga oshno bo’lgan yoshlarning borligi quvonarli holdir. Ko’cha ko’yda, transportlarda qo’llarida kitob tutgan insonlarni ko’rib quvonamiz.Afsuski, ba’zan yoshlar orasida qimmatli vaqtini behuda ishlarga, xususan, haddan tashqari ko’p kompyuter va qo’l telefoni o’yinlarini o’ynash, mazmunsiz filmlarni ko’rishga sarflashlari to’g’ri emas. Buning o’rniga, o’qishdan tashqari o’tadigan vaqtini samarali ishlar uchun rejalashtirishi maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, kunning ma’lum qismlarini foydali kitob mutolaasi uchun ajratish muhim ahamiyatga ega. Chunki, “yoshlikda olingan ilm toshga o’yilgan naqsh” yanglig’ o’qigan kitobi yillar o’tsa-da hayotda albatta asqotadi.

    Kitobxonlikda eng muhimi oilada kitobga mehr uyg'otish, uni avaylab-asrashni tarkib toptirishdir. Faqat allomalargina emas, ko'plab oddiy insonlar ham kitobni asrab-avaylaydilar. Xalqimiz azaldan “Kitob har narsadan aziz, uni peshonaga surtish - o'pish savob”, deydi. Buyuk olimu adiblarimiz Oybek, G'afur G'ulom, Izzat Sulton, Mirzakalon Ismoiliy va boshkalarning uy muzeylariga ota-onalarning o'z farzandlari bilan sayohatlarida bu insonlar uchun kitobdan boshqa aziz narsa bo'lmaganligi, ular kitoblarni avaylab-asraganlari, juda ko'p o'qiganlari ma'lum bo'ladi. Zero, xalqimizning kitobni e'zozlab ardoqlagani, nam tegmaydigan tokchalarda asragani, bo'sh vaqtlarini kitob mutolaasi bilan o'tkazganlari kitobga nakadar mehr-muhabbat qo'yganlarning guvohidir.


    Kitob, avvalo, hayotiy maktab, ma'naviyat manbai. U kitobxonni hayot bilan tanishtiradi, unda hayotni sevish, yashash mohiyatini anglash hislarini tarbiyalaydi. Atrof-muhitga, tabiatga ijobiy munosabatini shakllantiradi, inson xarakterining murakkabliklarini tushuntiradi, ruhiy qiyofaning rangin qirralarini kashf qilish qobiliyatini, ona Vatanga, xalqiga sadoqatli bo‘lish tuyg‘usini o‘stiradi.
    Badiiy adabiyot o‘qish orqali kitobxonning badiiy idroki, mustaqil fikrlash qobiliyati, mutolaa madaniyati, Vatan taqdiri uchun javobgarlik tuyg‘usi tarbiyalanadi.
    Badiiy adabiyot insoniyat hayotini charog‘on yetishi, inson umriga nurafshonlik baxsh yetib, ma’naviy olamini shakllantirishi va yuksaltirishi, porloq kelajak uchun munosib to‘g‘ri yo‘lni tanlashga yordam berishi, kitobning insoniyat tomonidan yaratilgan yeng buyuk kashfiyot ekanligi bois har qanday davr va zamonda kitob o‘qish, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish dolzarb ahamiyat kasb yetib kelgan.
    2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish maqsad qilib qo’yildi’. Bugun jamiyatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, mutolaa madaniyatini takomillashtirish borasida har doimgi davrdan bir necha barobar ko‘p miqdorda samarali ishlar amalga oshirilmoqda, tashviqot-targ‘ibotlar olib borilmoqda.Kitob tanlashda farzandining yosh va fiziologik xususiyatlari, ruhiy-ma’naviy dunyosi, qiziqish va intilishlar ko‘lamini nazarda tutmas ekan, har qanday kitobsevar ota-ona bu borada ijobiy yutuqlarga erisha olmaydi.
    Kitobxonlikni ommalashtirish maqsadida keng aholi qatlamini kitob mutolaasiga jalb qilish va ularni kitob bilan ta'minlash bo‘yicha ommaviy tadbirlar, xayriya aksiyalarini tashkil etish, ijtimoiy reklamalardan unumli foydalanish, o‘zbek hamda jahon adabiyotining, taniqli mualliflarning mumtoz va zamonaviy badiiy asarlarini targ‘ib qilish, ushbu sohada jamoatchilik tashabbuslarini qo‘llab- quvvatlash, ko‘ngillilar (volontyorlik) harakatini rivojlantirish, kitobxonlik muammosining keng jamoatchilik muhokamasini, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar hamda internet imkoniyatlaridan keng foydalangan holda tashkil etish bo‘yicha aniq ishlar olib borilishi ko‘zda tutilayotir.Shuni qayd etish kerakki, bolalarni kitobga oshno qilish, ularni o‘qishga muhabbat ruhida tarbiyalash, o‘smirlar va yoshlar ongiga kitob mutolaasi o‘z maqsadiga erishish hamda jamiyatga ijtimoiy moslashishda ta'sirchan va nufuzli vosita ekanligini singdirish bugungi kundagi dolzarb vazifalardan sanaladi.
    Foydalanilgan adabiyotlar:

    1. Mirziyoyev, SH. Yangi O‘zbekiston Uchinchi Renessans ostonasida

    2. E.Yo’ldashev. Kutubxonada bolalar o’qishiga rahbarlik qilish.

    3. Z.Berdiyeva, Kutubxonashunoslik

    Bugungi axborot asrining ilg’or texnologiyalarisiz kunlarimizni tasavvur qilolmamasak-da, tengdoshlarimiz orasida kitobga oshno bo’lgan yoshlarning borligi quvonarli holdir. Ko’cha ko’yda, transportlarda qo’llarida kitob tutgan insonlarni ko’rib quvonamiz.Afsuski, ba’zan yoshlar orasida qimmatli vaqtini behuda ishlarga, xususan, haddan tashqari ko’p kompyuter va qo’l telefoni o’yinlarini o’ynash, mazmunsiz filmlarni ko’rishga sarflashlari to’g’ri emas.


    Men kitobxonlikni xalqimizning milliy qadriyati sifatida Asosiy qonunimiz – Konstitutsiyamizda alohida modda bilan mustahkamlab qo‘yilishini istar edim. Chunki har qanday taraqqiyot va rivojlanishningzaminidakitob va kitobxonlik yotadi. Biz bugun buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanamiz. Ularning insoniyat sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissalarini butun dunyo e’tirof etmoqda: Buyuk ajdodimiz Muhammad al Xorazmiy ixtiro va izlanishlari bugungi eng zamonaviy hisob-kitoblarning asosi ekanligini yoki boshqa bir buyuk bobomiz Al Beruniy o‘z hisob-kitoblari bilan yerning qarama qarshi tomonida ulkan qit’a – Amerika borligini bashorat qilganligi yoki 27 yoshida “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” deb nomlangan ensiklopedik asar yaratganligidan hammamiz hayratlanamiz. Ularning bunday ulkan kashfiyotlarining asosida nima yotibd%i, degan savol o‘rtaga tashlansa,bu kashfiyotlarning asosida buyuk bobolarimizning ulkan ilmiy salohiyati yotibdi, deb javob berilishi tabiydir. Ushbu ulkan salohiyat esa shubhasiz tinmay o‘qish, o‘rganish, hozirgi zamon tili bilan aytganda, kitobxonlikning mevasidir. Shunday ekan buyuk bobolarimizning barcha olamshumul kashfiyotlarining asosida kitob va kitobxonlik yotibdi, deb bemalol aytishimiz mumkin. Biz bugun Uchinchi Renessans ostonasida turib oldimizga juda katta maqsadlarni qo‘ygan ekanmiz, o‘sha maqsadlarga kitob va kitobxonliksiz erishishning hech iloji yo‘q. Shuning uchun kitob va kitobxonlikni milliy qadriyat sifatida Asosiy Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yar ekanmiz, biz ulug‘ maqsadlarga erishish uchun mustahkam huquqiy asos ham yaratgan bo‘lamiz. 
    Download 23.42 Kb.




    Download 23.42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «книга благодарный учитель»

    Download 23.42 Kb.