• Nazorat uchun savollar
  • 1-mavzu: Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari, o’rganish tarixi Reja




    Download 15.95 Kb.
    Sana08.01.2024
    Hajmi15.95 Kb.
    #132457
    Bog'liq
    1-maruza
    1- Amaliyot, tayyor Hozirgi zamon Ekologiya uchun 26 ta bilet savollari, Reja Ekosistema nima Agroekosistemalar-fayllar.org, 8000084, Анализ натижалари, Turexanov FF Hisobot 2022 (2), Kafedra Kuchirma (Omon)09.12.22 - копия, 6-laboratoriya, Geofizika va geokimyo, 333 Самарканд вилояти ер ости сувлари ва улардан самарали фойдаланиш, Lug\'atlar inglizcha, 1-amaliy, J3RPoWaI7bZgtvG9TXc7oMNk2KzQ-6Wo, AXBOROTNI HIMOYALASH (2), favqulodda-vaziyatlarda-zaharli-moddalar-ta-sirida-jabrlanganlarga-tibbiy-yordam-ko-rsatish

    1-mavzu: Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari, o’rganish tarixi
    Reja:

      1. Ekosistemalar ekologiyasi fanining maqsadi va vazifalari.

      2. Ekosistemalar ekologiyasida qo‘llaniladigan metodlar.

      3. Ekosistemalar haqida umumiy tushuncha.

    Tabiatda uchraydigan tirik organizmlar va ularni o‘rab gurgan o‘lik jinslar bir-birlari bilan uzviy bog‘liq bo‘ladilar. Har qanday katta-kichik biologik sistemalar o‘z ichida uchraydigan harakatdagi organizmlarni qamrab oladi, ularning bir-birlari va tashqi muhit omillari bilan munosabatlarini boshqarib, shu sistema ichida biotik tuzilishda energiya oqimini uni tirik va o‘lik qismida moddalar almashinishini ta’minlaydigan birliklar ekologik sistema yoki ekosistema deb ataladi.
    Ekosistema ekologiyaning asosiy funksional birligi bo‘lib, unda tirik organizmlar va muhit omillari bir-birlariga ta’sir qiladilar. Er yuzasida hayotni tiriklik va gabiat qonunlarini ekosistemalar darajasida o‘rganiladi.
    Biotsenoz va uning biotopi bir-biridan ajralmaydigan elementlar bo‘lib, ular bir-birlariga ta’sir qiladilar va ma’lum darajada turg‘un ekologik sistema hosil qiladilar. Ekosistema komponentlari ichida intensiv modda va energiya almashinishi uning belgilovchi xislati hisoblanadi. Ekosistema termodinamik jihatdan ochiq sistema bo‘lib, vaqg bo‘yicha turg‘un bo‘ladi. Ekosistema ikki komponentdan tashkil topgam bo‘lib, uning organik qismi biotsenozlardagi tirik organizmlarning turlari, noorganik qismi biotopni, turlarning yashash joyini tashkil qiladi.
    Ekosistema biotip — biotsenozdan iborat bo‘lib, bu sistema bo‘yicha joyning relefi, iqlim, botanik, zoo- logik, tuproq, gidrologik va geoximik nuqgai nazardan ekosistema butun abiogik va biotik omillarni o‘z ichiga oladi. Ko‘pchilik ekosistemalar uzoq evolyusion rivojlanish va turlarning yashash muhitiga moslashishi jarayonida tashkil topgan. Ekosistemalar o‘z navbatida birlashib, biosferani hosil qiladi. «Ekosistema» atamasi birinchi marta ingliz ekolog olimi A. Tensli (1935) tomonidan fanga kiritilgan. SHu davrda V. N.Sukachevning «biogeotsenoz» atamasi ham kiritilgan.
    Biogeotsenoz va ekosistema atamalarining tushunchasi bir-biriga yaqin, lekin bir-birini qaytarmaydi. To‘la o‘xshash emas, ikkala holatda ham tirik organizmlar guruhlarning yig‘indisi va ularning bir-birlari hamda muhit bilan munosabatini ifodalaydi.
    V.N.Sukachevning fikricha, biogeotsenoz — bu tirik organizmlarning yashash muhitiga oddiy to‘planishi va muhit bilan doimo muloqotdagi o‘ziga xos yashash formasidir. Bio- geotsenozlar er yuzining turli joylarida hosil bo‘lishi mumkin. Ular oddiy (kichik suv havzalari) va murakkab (cho‘l, dasht) biogeotsenozlariga bo‘linadi. Ekosistemalar komponentlari va ularda bo‘lib turadigan jarayonlar biologik birlik, energiyaning kelishi va moddalar almashinishidan iborat. Bu erda Quyoshdan kelayotgan energiya bir tomonga yo‘nalib, biologik birlik tomonidan o‘zgarib, sifat jihatdan yuqori va murakkab organik moddaga o‘tadi va ener- giyaning konsentrlashgan formasiga aylanadi. Hamma ekosistemalar va biosfera ham ochiq sistema hisoblanadi. Biosferaga kiradigan ekosistemalar energiya kelishiga, unga organizmlarning immigratsiyasi va emigratsiya qilishida energiya kirishi va chiqishida o‘zini boshqarib turadilar. Ekosistemadan chiqib ketgan boshqa ekosistemalarga o‘tgan (hayvonlar, qushlar migratsiyasi) organizmlar ma’lum atomlarini oldingi yashagan joyida (modda almashinishidagi chiqindilar) qoldirsa, bir qismini o‘zlari bilan ikkinchi ekosistemaga olib keladilar.
    Ayrim ekosistemalarda moddalar chiqib ketishi juda yuqori bo‘lib, u erlar uchun doimiylikni chetdan keladigan moddalar hisobiga ushlab turiladi. Bunday holatlarni tog‘dan pastga qarab suvi doim oqib turadigan daryo va uning irmoqlarida kuzatish mumkin. Atrof qiyaliklaridan tushadigan moddalar suv bilan pastki zonalarga qarab oqib keladi. Lekin, boshqa ekosistemalarda moddalar almashinishi, ularni kelishi va chiqib ketishi bo‘yicha avtonom xarakterga ega bo‘ladilar. Masalan, cho‘l, dasht, o‘rmon zonalari ekosistemalarida hosil bo‘lgan moddalar, energiya shu zonalarning o‘zida aylanib yuradi. Ekosistemalardagi moddalar cheksiz emas. Faqat ularning almashinib turishi natijasida hayot uchun modda, energiya resurslari ta’minlanadi. Moddalar almashinishi, energiya o‘gib turishi esa organizmlarning doimiy funksional faoliyatiga bog‘liq.
    Nazorat uchun savollar
    1. Ekosistemalar ekologiyasi fanining maqsadi va vazifalarini tushuntiring.
    2. . Ekosistemalar ekologiyasida qo‘llaniladigan metodlar qaysilar.

    1. Ekosistemalar haqida umumiy tushuncha.

    Download 15.95 Kb.




    Download 15.95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari, o’rganish tarixi Reja

    Download 15.95 Kb.