• Shahar tezkor yollarining kondalang kesimi (yolning yarmi korsatilgan).
  • Aholi yashash joylari ko’chalarining tasnifi




    Download 346,52 Kb.
    bet6/8
    Sana13.02.2024
    Hajmi346,52 Kb.
    #155950
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Ko’cha yo’l tarmoqlariga qo’yiladigan asosiy talablar Reja

    Aholi yashash joylari ko’chalarining tasnifi
    Tezkor ko'chalar —transport oqimlarining eng intensiv yo'nalishi ho'ylab, markaziy hududga urinma qilib quriladi. Harakat qismi to'la izolatsiyalangan mahalliy o'tish joylari mavjud bo'lib, barcha kesishmalar har xil darajada. Shuning uchun ular yuqori harakatlanish tezligiga va o'tkazish qobiliyatiga ega. Tashqi avtomobil yo'llariga io'g'ridan- to'g'ri chiqadi. Turar-joylar harakat qismidan kamida 50 m uzoqlashtiriladi. Tezyurar avtomobil yo'llariga talab nisbatan yaqinda paydo bo'ldi.
    Beto ‘xtov magistral ko 'chalar. Bular tezyurar ko'chalaiga o'xshash, ammo bunga qo'yiladigan talablar kuchliroq, tezligi kamroq. Masalan, harakat qismi izolatsiyalanmagan bo'ladi. Tezyurar yo'llarining va beto'xtov magistral ko'chalarning eni - 80—140 m. Hisobiy tezlik 120 km/soat, burilish radiusi — 400-600 m.

    Shahar tezkor yo'llarining ko'ndalang kesimi (yo'lning yarmi ko'rsatilgan).
    Umumshahar miqyosidagi magistrallar — shaharlardagi asosiy harakat hajmini o'z ichiga oladi. Shaharning tarxiy «karkasi» bo'Iib, tarkibiy tashkil qiluvchi magistrallar hisoblanadi. Ularda ommaviy qatnashga mo'ljallangan ko'pchilik shahar obyektlari joylashadi. Gabaritlari har xil — 45—80 m. Ommaviy yo'lovchi transporti qatnaydi.
    Tuman miqyosidagi magistrallar qurilish me'yorlari tasnifiga ko'ra turar-joy, sanoat tumanlarini va obyektlarni umumshahar miqyosidagi magistrallar bilan bog'laydi. Eni 35­50 m gacha. Shartli ravishdagi kategoriyaga ega.
    Turar-joy ko 'chalari — kichik tuman hamda turar-joy kvartallarini magistral ko'chalar bilan transport va piyodalar aloqalari bo'yicha bog'laydi.
    Yo 'laklar - kichik tumanning ichki qismida alohida binolarga borish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, funksional vazifasiga qarab, quyidagi ko'chalar bor:
    Asosiy ko'chalarasosiy jamoat binolariga, savdo va tomosha muassasalariga borishni ta'minlaydi. Asosan ikki tomonida jamoat binolay quriladi.
    Savdo ko'chalari — nisbatan qisqa, piyodalar harakati uchun mo'ljallangan, transport xizmati alohida ajratiladi.
    Qirg'oq bo'ylari - suv havzalari bo'ylab o'tgan ko'chalar;
    Bog'yo 'llari — istirohat bog'lari, dam olish maydonlarini magistral ko'chalar bilan bog'lash uchun xizmat qiladi.
    Piyoda yo 'llar — shahar ko'chalarida, asosan, piyodalar yuradigan yo’llar bo'lib, savdo, tomosha va ovqatlanish muassasalariga olib boradi. Uzoqligi 1 km gacha bo'ladi, agar undan oshsa, magistral ko'chadagi ommaviy yo'lovchi transportiga chiqish joylari ajratiladi. Piyoda yo'llarini tashkil etishda boshqa masshtab qabul qilishini hisobga olish kerak — binolar detallari, kichik shakllar, yoritkichlar eng qulay sharoitda, piyodalar uchun transportdan ajratilgan binolarga yaqin maxsus yo'llar tizimi loyihalanadi.
    Piyoda yo'llarining o'lchamlari piyodalar oqimining intensivligiga qarab aniqlanadi. Piyoda yo'lining bitta yo'lagi harakatlanish qobiliyati 600—1000 piyodalar/soat; piyoda yo'laklar eni 0,75 m ga karrali. Qurilish me'yorlariga ko'ra piyoda yo'llarining eni:

    • shahar ahamiyatidagi magistral ko'chalarda 7,5-4,5 m;

    • tuman ahamiyatidagi magistral ko'chalarda 3,0 m;

    • mahalliy ko'chalarda 2,25 m.

    Ba'zi zarur hollarda piyoda yo'llari eni kengaytirilishi mumkin. Kengaytirish ko'kalamzor yerlar hisobiga amalga oshiriladi. Piyoda yo'llar hisobiga kiosklar, de'konlar va boshqa narsaiar qurishga yo'l qo yilmaydi. Maksimal qiyalik 6 %.
    Piyoda oqimining kattaligi ko'chalarga qanday obyektlar qurilganligiga bog'liq. Ommaviy qatnovchi obyektlar yonida 7,5 m, vitrinalar yonida yana 1 m qo'shimcha kiritiladi. Hozirgi vaqtda va kelajakda shahar transportining hamma turlari shahar oldi va tashqi transport elementlari o'zaro bir-birini to'ldirishi, o'z vazifasini to'la bajarishi, o'zaro va atrof qismlar bilan bog'liq yagona tizimini tashkil etishi lozim. Transport va piyodalar harakatlanishini tashkil etish markaz kompozitsiyasiga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi. Ko'chalarni transport va piyodalar bilan to'ldirish, ularda joylashgan obyektlar xarakteriga bog'liq. Ba'zi obyektlar yuqori, ba'zilari bir me'yorda bosim beradi, shahar qancha katta va turli xil obyektlar bo'lsa, bosim shuncha yuqori me'yorda bo'ladi.
    Maydonlar. Maydonlarning shaharda me'moriy-tarixiy va funksional roli mavjud. Funksional roli — qandaydir funksiya bajarishi, masalan, quyidagi funksiyalardan birini bajarishi mumkin.



    Download 346,52 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 346,52 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aholi yashash joylari ko’chalarining tasnifi

    Download 346,52 Kb.