|
Kojuxli issiqlik almashinish qurilmalari
|
bet | 2/4 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 469,77 Kb. | | #133349 |
Bog'liq 11 mavzuKamchiliklari
Umumiy o'lchamlar issiqlik almashtirgichni joylashtirish uchun sizga katta maydon kerak.
Yuqori narx.
Qobiq va quvurli issiqlik almashtirgichni hisoblash
Qobiq va quvurli issiqlik almashtirgichning maydonini hisoblash uchun siz formuladan foydalanishingiz kerak: F \ u003d Q/(K \ u003d CP). F-issiqlik almashinuvining sirt maydoni, TSR-sovutish suvi o'rtasidagi o'rtacha harorat farqi, K-issiqlik uzatish koeffitsienti, Q-issiqlik miqdori.
Qobiq va quvurli issiqlik almashtirgichni issiqlik bilan hisoblash uchun siz quyidagi parametrlarning qiymatlarini bilishingiz kerak:
isitish suvining maksimal iste'moli;
sovutish suvining fizik xususiyatlari: yopishqoqlik, zichlik, issiqlik o'tkazuvchanligi, yakuniy harorat, o'rtacha haroratda suvning issiqlik sig'imi.
Ko`p oqimli issiqlik almashinish qurilmalaridagi (4.27 b-rasm) taqsimlash kamerasi 1 oqimlarni truba 6 larga bo`lib beradi. Truba-qobiq 4 va truba 2 larning teshikli
panjarasi orasida taqsimlash kamerasi 3 joylashgan. Ushbu kamera trubalararo bo`shliqda harakatlanayotgan muhit uchun mo`ljallangan. Ko`p oqimli qurilmalarning ichki va tashqi trubalari ikkita yo`lli bo`ladi.
Bu turdagi qurilmalarda oqimlarning harakat tezligi qobiq-trubali qurilmalarnikiga qaraganda ancha yuqori. Shu sababli issiqlik o`tkazish koeffistienti va truba yuzasining issiqlik kuchlanishi katta bo`ladi. Undan tashqari, issiqlik almashinuvchi muhitlarni qarama-qarshi yo`nalishda harakat qilishini tashkil etish oson.
Bir va ko`p oqimli kurilmalarning trubalarida issiqlik eltkichlar tarkibidagi agressiv va mexanik iflosliklar kamroq o`tirib qoladi. Ko`pchilik holllarda, «truba ichida truba» qurilmalarining issiqlik ko`rsatkichlari qobiq-trubali qurilmalarnikiga qaraganda ancha yuqori bo`ladi.
Ayrim hollarda, qurilmaning ichki trubalarning tashqi yuzasi qirrali qilib yasaladi. Natijada, issiqlik almashinish yuzasi 4...5 marotaba ortadi. Odatda bu usuldan trubaning birorta muhit harakatlanayotgan tomonida issiqlik berish koeffistientini oshirish qiyin bo`lganda (gaz, qovushoq suyuqlik harakatida yoki laminar rejimda) foydalaniladi. Bunday hollarda, qirrali trubalarni qo`llash, uzatilayotgan issiqlik miqdorini anchaga oshirish imkonini beradi.
|
| |