Spiralsimon issiqlik almashinish qurilmasi




Download 469,77 Kb.
bet4/4
Sana09.01.2024
Hajmi469,77 Kb.
#133349
1   2   3   4
Bog'liq
11 mavzu

Spiralsimon issiqlik almashinish qurilmasi. Bu qurilmalarda issiqlik almashinish yuzasi ikkita yupqa metall list 1 va 2 larni spiral bo`ylab o`rash natijasida hosil bo`ladi (4.30-rasm). Spirallarning ichki uchlari plastina– to`siq 3 yordamida birlashtirilgan.

Kanallar yon tomoni qistirma va tekis qopqoq yordamida zichlab yopilgan. Natijada bir - biridan ajrab turuvchi kanallar hosil bo`ladi va ularda qarama - qarshi yo`nalishda suyuqliklar harakatlantiriladi. Kanallarning eni metall list eni bilan belgilanadi. Balandligi esa oralikni belgilovchi bo`lakcha 7 ning o`lchami bilan aniqlanadi. Tekis qopqoq 4 lar flanest 5 ga boltlar yordamida mahkamlanadi.
Issiqlik eltkichlar kirishi va chiqishi uchun tekis qopqoqlarning markazida va spiralning tashqi uchlarida shtusterlar o`rnatiladi.
Bu qurilma suyuqlik va gazlar orasida issiqlik almashinish uchun ishlatiladi. Agar, issiqlik eltkich tarkibida qattiq zarrachalar bo`lgan taqdirda ham ushbu qurilmalardan foydalanish mumkin, chunki to`g`ri to`rtburchak shakldagi kanalga tiqilib qolmaydi.
Spiralsimon issiqlik almashinish qurilmalarining afzalliklari: tuzilish ixcham; gidravlik qarshiligi nisbatan kichik; suyuqliklar tezligi yuqori (1...2 m/s); issiqlik o`tkazish koeffistienti katta; kam joy egallaydi.
Ushbu qurilma kamchiliklari: yasash, ta’mirlash va tozalash qiyin; yuqori bosim (1,0 MPa) da ishlatish mumkin emas, chunki bu bosimlarda zichlanishni ta’minlash qiyin.
Download 469,77 Kb.
1   2   3   4




Download 469,77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Spiralsimon issiqlik almashinish qurilmasi

Download 469,77 Kb.