|
KOLLOID ERITMA OLISHNING KONDYeNSATsION USULLARI
|
bet | 3/5 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 48,55 Kb. | | #132332 |
Bog'liq Kolloid sistemalarni dializyoTi bilan tozalash Gemodializni o\'tkazishda4. KOLLOID ERITMA OLISHNING KONDYeNSATsION USULLARI
Bu usullar tabiatda keng tarqalgan bo’lib, asosan ikkiga bo’linadi: fizikaviy va kimyoviy kondensatsion usullar.
FIZIKAVIY KONDENSATSION USULLAR
Kondensatsiyalash jarayoni sistemada erkin energiya bilan solishtirma sathning kamayishi tufayli sodir bo’ladi. Masalan, tashqaridagi namlikning sovishi natijasida suv zarrachalari kondensatsiyalanib, kolloid sistema tumanini hosil qiladi.
Rossiya olimlaridan S.Z.Roginskiy va A.I.SHalnikovlar suyuq dispers muhit va qattiq moddalarni bug’latib, sovuq sirtda kondensatlash yqli bilan kolloid eritmalar hosil qilish asbobini yaratdilar.
Fizikaviy usullardan yana biri, bu sistemada zrituvchini uzgartirish yo’li bilan olishdir. Masalan, oltingugurt va kanifol suvda erimaydi, ammo ztil spirtda chin eritma hosil qiladi. Shu chin eritma ustiga oz miqdorda suv qo’shilsa oltingugurt molekulalari kondensatsiyalanib, kolloid eritma hosil qiladi.
Elektr yordamida moddalarni maydalab, kolloid eritmalar olish keng ho’jalik ahamiyatiga ega bo’ladi. Bu usul bilan oltin, kumush, platina va boshqa qimmatbaho metallarning o’zidan elektrod tayoqchasi tayyorlab, elektr manbaiga ulangandan so’ng elektrodlar dispers muhit H2O ga tushirilib, elektrodlar uchi bir-biriga tegishidan elektr yoyi hosil bo’ladi
KIMYOVIY KONDENSATSION USULLAR.
Kimyoviy reaktsiyalar (oksidlanish, qaytarilish, almashinish, zrimaydigan gidroliz va boshqa) natijasida yomon eriydigan moddalar hosil qilishga asoslangan. Natijada tegishli moddalarning kolloid eritmalari hosil bo’ladi. Masalan, gidroliz reaktsiyasi tufayli FeCl3 dan Fe (OH)3 kolloid eritmasi olinadi:
Fe Cl3 + 3H2O = Fe (OH)3 + 3HCl
NFe (OH)3 + nHCl = n Fe Ocl + 2nH2O
Kolloid zarrachaning tuzshlishi:
{m[Fe (OH)3] · nFeO+ (n-x) Cl- } + xCl-
|
| |