|
KOLLOID ERITMA OLISHNING DISPERSION VA MEXANIK USULLARI
|
bet | 2/5 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 48,55 Kb. | | #132332 |
Bog'liq Kolloid sistemalarni dializyoTi bilan tozalash Gemodializni o\'tkazishda2. KOLLOID ERITMA OLISHNING DISPERSION VA MEXANIK USULLARI
DISPERSION USUL.
Zarrachalarni maydalash uchun ma‘lum ish sarflanadi. Bu ish (a) hosil bo’layotgan zarrachalar sathi (S) ga to’g’ri proportsionaldir:
А = К • S
Bu yerda, K - moddaning tabiatiga, muhitga va maydalash usuliga tegishli koeffitsient. Formuladan ko’rinib turibdiki, zarrachalarni qancha ko’p maydalash kerak bo’lsa, shuncha ko’p ish sarflanadi.
MEXANIK USULLAR.
Bu usul, asosan, ma‘lum kuch ta‘sirida moddalarni maydalashga asoslangan. Shuning uchun maxsus sharli yoki kolloid tegirmonlardan foydalaniladi. Sharli tegirmon zich yopiladigan tsilindr idish bo’lib, uning ichiga har xil o’lchamli po’lat yoki chinni sharchalar solingan bladi. Zarrachalar o’lchami 50-60 mk atrofida bo’ladi. Ichiga modda solinib tez aylantirilganda, modda sharchalar zarbidan maydalanadi. Ammo moddalarning maydayaanish darajasi katta bo’lmaydi.
Bunday tegirmonlarda turli buyoqlar, farmatsevtika preparatlari, oltingugurt va grafitning kolloid eritmalari tayyorlanadi. Oltingugurtning kolloid eritmalari qishlok, xo’jaligida o’simliklarning zarar kunandalariga qarshi ishlatiladi.
3. KOLLOID ERITMA OLISHNING ULTRATOVUSH VA PEPTIZATSIYA USULLARI
ULTRATOVUSH USULI
Ultratovush usuli sanoatda keyingi yillarda keng qo’llanilmokda. Bu usulda, tovush to’lqinlarining kuchli tebranishi natijasida muallaq zarrachalar maydalanib, tekis tarqaladi.
Ultratovush usulida oltingugurt, buyoq, simob, qo’rg’oshin, ruh, kauchuk, kraxmal va boshqa moddalarni disperslash mumkin.
PEPTIZATSIYA USULI
Bu usul moddalarni disperslovchi-peptizatorlar yordamida gel hola-tidan zol holatiga o’tishiga aytiladi. Peptizatorlar eritmadagi zarra-chalarning yiriklashishiga sabab bo’ladigan koagullovchi ionlarni neytrallaydi. Masalan, Fe (OH)3 zolini olishda oz miqdrrdagi Fe Cl3 peptizator vazifasini bajaradi. Bu holda temir ionlari kolloid zarrachalar sirtiga yutilib, ularga musbat zaryad beradi. Natijada bir xil zaryadli musbat ionlar bir-biridan itarilib tezda gidrozolga aylanadi, ya‘yai cho’kma eritma holiga o’tadi.
|
| |