430
kodi yaratiladi;
•
MAS kod paket-enchilada taomi oxiriga
biriktiriladi va bu barcha
ma’lumotlar, IP-deytagrammaning foydali ma’lumotlarini hosil qiladi;
•
Nihoyat, hozirgina shakllantirilgan ma’lumotlarning oldiga qo‘yiladigan
IPv4 an’anaviy maydonli mutlaqo yangi IP-sarlavha hosil qilinadi.
E’tibor bering, natijada bizda to‘laqonli IPv4 deytagramma olinadi, bunda
oddiy IPv4-sarlavha maydonlaridan keyin ma’lumotlar maydoni keladi. Lekin bu
yerda, bu ma’lumotlarda ESP-sarlavha,
dastlabki IP-deytagramma, ESP oxiri va
ESP autentifikasiyalash maydoni (binobarin, dastlabki IP-deytagramma va ESP
oxiri shifrlangan) bo‘ladi. Dastlabki IP-deytagrammani jo‘natuvchi va qabul
qiluvchi IP-adreslari mos ravishda 172.16.1.7 va 172.16.2.48. Modomiki, IPsec –
deytagramma tarkibiga dastlabki IP-deytagramma kirar ekan,
bu adreslar IPsec-
paket foydali ma’lumotlari qismi sifatida kiritiladi (va shifrlanadi). IPsec-
deytagrammaning chetki chap sarlavhasida joylashgan yangi IP-sarlavhadan IP-
adreslar to‘g‘risida biz nima deyishimiz mumkin. Ehtimol siz fahmladingizki, bu
yerga tunnelning har ikkala tomonlarida joylashgan ikkita interfeyslarning
adreslari, aynan 200.168.1.100 va 193.68.2.23 yoziladi. Bundan tashqari, bu yangi
IP-sarlavhada protokol identifikatori odatdagi TCP, UDP yoki ICMP protokollarga
ko‘rsatiladi. Buning o‘rniga bizning qarshimizdagi ESP protokolini ishlatadigan
IPsec deytagramma ekanligini ko‘rsatadigan 50 qiymatni topamiz.
Ml marshrutizator IPsec deytagrammani jo‘natganidan keyin, u M2
marshrutizatorga yetib borguncha ko‘plab marshrutizatorlardan o‘tadi.
Bu barcha
marshrutizatorlar bizning deytagrammamizni eng oddiy sifatda qayta ishlaydi,
ularni deytagramma IPsec formatdagi shifrlangan ma’lumotlarni tashishi
qiziqtirmaydi. Umumiy foydalanishdagi Internetdan bu marshrutizatorlar nuqtai
nazaridan muhimki, bizning tashqi IP-sarlavhada yuborilish adresi sifatida M2
marshrutizator ko‘rsatilgan, aynan shuning uchun deytagramma M2
marshrutizatorga yetkazilishi kerak.
431
IPsec-deytagrammaning tarkibi va yaratilishini misolda o‘rganish bilan,
bizning “enchilada taomimizni” tarkibiy qismini atroflicha o‘rganamiz. 31.3-
rasmda IPsecning oxirgi uchta qismi to‘ldiruvchi, to‘ldiruvchining uzunligi va
keyingi sarlavha maydonlaridan tashkil topgan. To‘ldiruvchi (
foydali
ma’lumotlarni tashimaydigan ixtiyoriy baytlardan tashkil topgan)
aynan u bilan
(shuningdek to‘ldiruvchining uzunligi va navbatdagi sarlavha maydonlari bilan)
dastlabki deytagramma va barcha xabarlar bloklarning butun sonini hosil qilishi
uchun ishlatiladi. To‘ldiruvchi uzunligi maydoni, yuborilish adresiga
deytagrammaga qancha to‘ldiruvchi baytlar qo’yilganligini (mos ravishda qancha
baytlarni o‘chirish kerakligini) ko‘rsatadi. Keyingi sarlavha maydoni, foydali
ma’lumotlar maydonida bo‘lgan ma’lumotlar turini (masalan, UDP) ko‘rsatadi. Bu
ma’lumotlarning o‘zi (bu dastlabki IP-deytagramma) ESP oxiri bilan birlashtiriladi
va shifrlanadi.