68
–
optik
tarmoqlarda
"x"
nuqtagacha
ma’lumotlarni
yetkazish
agregatsiya/taqsimlash texnologiyasi;
–
faol Ethernet yoki har xil
turdagi PON dan birortasi;
–
o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish va/yoki tolalar miqdorini kamaytirish
uchun spektral zichlashtiruvchi texnologiyalar (asosan, CWDM).
"x " nuqtadan keyin ulanish texnologiyasi qoida bo‘yicha, xDSL, Ethernet
yoki mis kabel bo‘yicha DOCSIS;
–
simsiz ulanish (Wi-Fi).
FTTx texnologiyasi guruhi o‘ziga bir necha
turdagi texnologiyalarni
biriktiradi (6.6-rasmga qarang):
•
FTTA (Fiber To The Apartment) — yashaydigan uyning xonadonigacha
optik kabel tolasini o‘tkazish;
•
FTTB (Fiber To The Building) — binogacha optik kabel tolasini o‘tkazish;
•
FTTC (Fiber To The Curb) — kabelli shkaf o‘rnatilgan joygacha optik kabel
tolasini o‘tkazish;
•
FTTH (Fiber To The Home) — yashaydigan uygacha
optik kabel tolasini
o‘tkazish;
•
FTTO (Fiber To The Office) — ofisgacha optik kabel tolasini o‘tkazish;
6.7-rasmda FTTH texnologiyasi bo‘yicha Internetga ulanishni tashkil etish
tamoyili ko‘rsatilgan. OLT (Optical Line Terminal) –
optik liniya terminali
(yakuni) stansiyada joylashgan, protokollarni qayta
ishlashni, transportlashtirishni
va axborotli xizmatlar oqimini taqsimlashni amalga oshiradi.
ONU (Optical Network Unit) – optik tarmoq bloki, ulanish tarmog‘i
tomonida joylashgan va abonentlarga tarmoqqa ulanishni
taqdim etish uchun
xizmat qiladi. OLT va ONU optik uzatish tizimi orqali ulanadi,
OLT ONU ni
boshqaradi, bir nechta ONU ga ulanishi mumkin.
Har bir uyda, maxsus ajratilgan optik tolali kabel
bilan splitterga ulangan
ONT o‘rnatilgan. Slitter bir nechta (<100) uylardan chiqqan tolalarni, TK
provayderi tomonidagi OLT bilan bitta umumiy optik kabel orqali ulaydi.
69
6.6-rasm. FTTx tarmoqlarini qurish varianti.
6.7-rasm. FTTH bo‘yicha internetga ulanish.
OLT, optik/elektrik o‘zgartirishni taqdim etadi va internetga internet-
provayder marshrutizatori orqali ulanadi.
ONTga ulangan abonentlar uy
marshrutizatorlariga ulanadi va uy marshrutizatori orqali Internetga ulanish
70
imkoniga ega bo‘ladi. PON arxitekturasida OLT dan splitter orqali jo‘natilgan
barcha paketlar splitter orqali qaytariladi.
14