61
(punkt bor bo‘lgan) birinchi binosigacha ulanishni taqdim etish tarmog‘idir. Ular
global tarmoqni uning mijozlari binosigacha kengaytirishga javob beradi.
11
6.1-rasm. Internetga ulanish usullari – tarmoqqa
ulanish
Tarmoqqa ulanish bu, oxirgi tizimdan chiquvchi,
periferik marshrutizator-
yo‘ldagi har qanday birinchi marshrutizator bilan oxirgi tizimni ulovchi fizik aloqa
liniyasidir.
Internet tarmoqlariga ulanishning 3 usuli mavjud (6.1-rasmga qarang):
rezident ulanish – yoyilgan (bo‘lingan) foydalanuvchilarga ulanish
(HomeAccess);
xonadondagi oxirgi tizimlarni tarmoqqa ulash;
korporativ ulanish – xususiy yoki davlat tashkilotlarini tarmoqqa ulanishi;
mobil ulanish – portativ tizimlarning ulanishi.
11
James F. Kurose, Computer Networking ATop-Down Approach 6
th
Edition// 2013 by Pearson Education
62
Rezident ulanishda (HomeAccess) mahalliy internet-provayder tarmog‘iga
turli-tuman foydalanuvchi terminallarini ulash, modem va kommutatsiyalanadigan
abonent liniyalari yordamida amalga oshadi. Internetdan
foydalanuvchi terminali
(oxirgi tizimi) sifatida desktop, web-televizorlar,
notebook, netbook, planshetlar,
PDA lar bo‘lishi mumkin.
Rezident ulanish, bir necha turdagi ulanishlarga ega:
Dial-up;
xDSL, kabelli HFC, FTTx texnologiyalari asosida
keng polosali ulanish
(KPU);
sputnikli ulanish.
6.2-rasmda telefon tarmoqlarining abonent uchastkasi tuzilishi keltirilgan.
12
6.2-rasm. Telefon tarmoqlarining abonent uchastkasi tarkibi.
Tarmoqning abonent liniyasi (AL) va ulovchi liniyasi (UL) kabellari
kross
deb ataluvchi maxsus uskuna yordamida stansiya qurilmasiga ulanadi. Zamonaviy
raqamli uzatish tizim (UT) lari, shu jumladan optik tolali ham,
abonent va
ulanuvchi liniyalar – MDF (Main Distribution Frame) va DDF (Digital
Distribution Frame) taqsimlovchi ustunda ATS ga ulanadi. Raqamli ATS larning
12
Son V.M., Sadchikova S.A. Osnov telekommunikatsii. Metodicheskiy kompleks prakticheskix zanyatiy.
Tashkent, TUIT, 2008 http: // www. teic.uz/ lib
63
kommutatsion qurilmalari, texnik xizmat funksiyasini
va ATS uskunalarining
ekspluatatsiyasi vazifasini bajarish uchun mo‘ljallangan avtozallardan tashkil
topgan. Kommutatsiyalash uzeli elektr ta’minoti qurilmalari bilan jihozlangan.