bajarishdan tashqari uning funksiyasi ancha keng.
EHMlarning rivojlanishida
kompyuter ning bir necha avlodlarini koʻrsatish mumkin. Bu avlodlar element turlari,
konstruktiv-texnologik xususiyatlari, mantiqiy tuzilishi, dastur taʼminoti, texnik
tafsilotlari, texnikadan foydalanishning qulaylik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi.
Kompyuterning
dastlabki
avlodida
(Ural-1,
Minsk-2,
BSEM-2)
asosiy
element elektron lampa boʻlgani uchun u juda katta joyni egallagan edi. Soʻngra bu
lampa oʻrnida tranzistorlar ishlatilgan kompyuter (Razdan-2, M-220, Minsk-22 va
boshqalar), integral mikrosxemalar ishlatilgan kompyuter (IBM-360, 1BM-370,
(AQSh), YESEVM (Rossiya) va boshqalar, integratsiya darajasi katta boʻlgan integral
sxemalar oʻrnatilgan shaxsiy kompyuterlar paydo boʻldi. Shaxsiy kompyuter (mikro
va mikro EHM) tushunchasi XX asr 70-yillar oxiridan boshlab keng tarqala boshladi.
Shaxsiy kompyuterning keyingi avlodlarida mikroelektron va biosxemalardan
foydalanildi; ularning hajmi kitob
kattaligidek hajmga kichraydi, massasi esa 3,5 kg
gacha kamaydi. 1981-yil IBM shirkati shaxsiy kompyuterning yanada takomillashgan
modellarini ishlab chiqara boshladi. Keyinchalik boshqa firmalar IBM bilan PC
biriktirilgan kompyuterni, Apple shirkati esa Macintosh (talaffuzi: „Makintosh“) yoki
oddiygina „maki“ deb ataladigan kompyuterni yaratishdi. XXI asr boshlarida dunyoda
oʻnlab million shaxsiy kompyuterlar, 1 millionga yaqin EHM (shu jumladan, bir necha
oʻn superEVM) boʻlgan. Kompyuterlar masalalarni yechishda foydalaniladigan
komponentlar (tarkibiy qismlar) tarkibi va tavsifi jihatdan bir-biridan farq qiladi.
Murakkab masalalarni yechishda kuchli qurilmalar oʻrnatilgan kompyuterdan,
hujjatlarni bosishda harf bosish qurilmasi boʻlgan kompyuterdan foydalaniladi.
Istalgan
kompyuter tizimlar bloki, monitor va klaviaturadan iborat boʻladi. Kerak
boʻlganda boʻlardan tashqari boshqa qurilmalar ham ulanadi. Tizimlar blokida
kompyuterning ishlashi uchun zarur muhim qismlar (diskni yuritkich, vinchester —
qattiq disk, mantiqiy amallarni bajaruvchi mikrosxemalar) boʻlib,
unga qolgan
qurilmalar ulanadi. Monitor (displey) matn va turli tasvir koʻrinishidagi axborotlarni
ekranda aks ettiradi. Klaviatura kompyuterga buyruq va turli axborotlarni kiritadi.
Koʻpincha, kompyuter tarkibiga „sichqoncha“ manipulyatori va printer kiritiladi.
„Sichqoncha“ ikki yoki uchta knopkasi (tugmasi) boʻlgan qurilma boʻlib, uning
yordamida kompyuter ishini osonlashtiradi. Printer esa axborotlarni qogʻozga tushirish
uchun xizmat qiladi. Zamonaviy kompyuterlar, asosan, toʻrt qurilma:
boshqarish, protsessor, xotira va kiritish-chiqarish qurilmalaridan iborat. Boshqarish
qurilmasi kompyuterning barcha qurilmalari ishini muvofiqlashtiradi va boshqaradi.
Protsessor kompyuterning asosiy qurilmasi boʻlib,
axborotlarga ishlov beradi, yaʼni
hisoblash amallari, solishtirish va uzatish kabi arifmetik-mantiqiy amallarni bajaradi.
Bu qurilma bajaradigan amallar dasturlar orqali belgilanadi. Xotira qurilmasi
axborotlarga ishlov berish vaqtida uni saqlash uchun xizmat qiladi. Foydalanayotgan
dasturlar ichki xotirada, uzoq, muddat saqlanadigan axborotlar tashqi xotira
(disketalar)da saqlanadi. Ichki va tashqi xotiralarda axborot
almashinuvi kiritish-
chiqarish qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.
Kompyuter oʻyinlari ham keng tarqalgan. Ularning mingdan ortiq xili mavjud; ular
yordamida koʻp narsalarni amaliy bilib olish va amaliy tajribalarni orttirish mumkin.
Kompyuterning universalligi axborotni aniq maqsad yoʻlida
qayta ishlay olishiga,
inson faoliyatining turli sohalarida ishlab chiqarishni tubdan oʻzgartirishga,
kishilarning ishini osonlashtirishga imkon beradi. Ob-havoni oldindan aytib
berishda meteostyalar va sunʼiy yoʻldoshlardan keladigan axborotlarni yigʻib va tahlil
qilib, juda katta hisoblash ishlarini bajaradi va inson
uchun
qulay
boʻlgan
shaklda
ifodalaydi
(qarang: Intranet, Internet, Kompyuter tarmogʻi).
Xulosa
Kompyuterning universalligi axborotni aniq maqsad yoʻlida qayta ishlay olishiga, inson
faoliyatining turli sohalarida ishlab chiqarishni tubdan oʻzgartirishga, kishilarning ishini
osonlashtirishga imkon beradi.