KLASSIK SHIFRLAR VA ASOSIY TUSHUNCHALAR




Download 0,72 Mb.
bet2/6
Sana18.05.2024
Hajmi0,72 Mb.
#242159
1   2   3   4   5   6

KLASSIK SHIFRLAR VA ASOSIY TUSHUNCHALAR



Qadim zamonlardan beri inson mo‘jizalar, sirli voqyea va hodisalar sababi hamda mohiyati haqida axborot olishga intilgan. Axborot inson tili va yozuvida o‘z aksini topadi. Dastlabki yozuvlar o‘ziga xos bo‘lgan kriptografik tizim bo‘lib, qadimgi jamoalarda ularni faqat nufuzli shaxslargina tushunishgan. Qadimiy Misr va Hindistonda mavjud bo‘lgan ilohiy kitoblar bunga misol bo‘la oladi. Bundan 4000 yil avvalgi davrga oid eng qadimiy shifrmatn Messopatamiya qazilmalarida topilgan. Unda loydan ishlangan taxtachada o‘ymakor yozuvda tijorat siri – kulolchilik buyumlarini glazurlash resepti yozilgan. Qadimiy Misrda shifrlangan diniy matnlar va tibbiy reseptlar ham mavjud bo‘lgan.
Kriptologiya (grekchada kryptos - “sirli” va logos -“xabar”) deganda aloqa xavfsizligi haqidagi fan tushuniladi. U aloqa kanallari orqali axborotning xavfsizligini ta’minlab saqlash hamda uzatish tizimlarini yaratish va tahlillash to‘g‘risidagi fandir. Kriptologiya ikki ilmiy irmoqqa ajraladi. Bular kriptografiya va kriptotahlildir
Kriptografiya axborot almashtirish tamoyillari, vosita va usullari bilan shug‘ullanadigan fan sohasi bo‘lib, uning maqsadi axborot mazmunidan beruxsat erkin foydalanishdan muhofazalash va axborotni buzishning oldini olish hisoblanadi.
Kriptotahlil shifrni yoki har qanday boshqa shakldagi kriptografiya obyektining sirini ochish san’ati va ilmi bo‘lib, kalitni bilmasdan turib shifrlangan matndan dastlabki matnni olish yoki dastlabki matn va shifrlangan matn bo‘yicha kalitni hisoblash jarayonidir.
Kriptotahlil usullari tarixi kriptografiya tarixi bilan egizdir. Kalitdan foydalangan holda alohida qoidalar bo‘yicha ochiq (dastlabki) ma’lumotlar to‘plamini shifrlangan ma’lumotlar to‘plamiga almashtirish uchun amalga oshiriladigan qaytar almashtirishlar majmui shifr deb ataladi.
Dastlabki ochiq matnni uning ma’nosini berkitish maqsadida shifrlangan ma’lumotga o‘girish natijasi shifrmatn (shifrma’lumot) deb ataladi.
Dastlabki ma’lumotlar (axborotlar)ni shifr (kalit) yordamida shifrlangan ma’lumotlarga almashtirish jarayoni ma’lumotlarni shifrmatnga o‘girish (yoki tor ma’noda shifrlash) jarayoni deyiladi (1.1-rasm)

1.1- rasm. Ma’lumotlarni shifrmatnga o‘girish jarayoni
Shifrmatnga o‘girilgan ma’lumotlarni shifr (kalit) yordamida dastlabkisiga almashtirish ma’lumotlarni dastlabki matnga o‘girish (yoki tor ma’noda deshifrlash) jarayoni deyiladi (1.2- rasm).

1.2- rasm. Ma’lumotlarni dastlabki matnga o‘girish jarayoni
Parametrlarning bir qismi maxfiy holda bo‘lgan kriptografik algoritm bo‘yicha ma’lumotlarni almashtirish kriptografik o‘zgartirish deyiladi.
Kriptologiya biror chekli sondagi alifbo belgilarining ketmaketligi orqali ifodalangan ma’lumotni va uning o‘zgarishlari (akslantirishlari) bilan bog‘liq jarayonlarni tadqiq qiladi. Kriptografik tizimlar matematikaning: to‘plamlar va funksiyalar nazariyasi, algebra, diskret matematika, sonlar nazariyasi, ehtimollar nazariyasi, haqiqiy va kompleks o‘zgaruvchi funksiyalar nazariyasi, murakkablik nazariyasi, axborotlar nazariyasi va shu kabi bo‘limlarga tegishli Ma’lumot Kriptotizim Shifrmatn Kalit Shifrmatn Kriptotizim Ma’lumot Kalit 8 bo‘lgan matematik modellar asosida yaratiladi va tadqiq etiladi. Alohida olingan kriptografik modellarning matematik asoslari bilan chuqurroq tanishishni istaganlar kriptografiyaga oid adabiyotlar ro‘yxatida keltirilgan manbalardan foydalanishlari mumkin.



Download 0,72 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,72 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KLASSIK SHIFRLAR VA ASOSIY TUSHUNCHALAR

Download 0,72 Mb.