Shifrlash algoritmlarining tasniflanishida atroflicha yoritilgan. Unda kalitlardan foydalanish qoidasiga ko‘ra shifrlar simmetrik va nosimmetrik sinflarga bo‘linishi ta’kidlanib, agar shifrlash va deshifrlash jarayonlari mos ravishda maxfiy ma’lumotni jo‘natuvchi va qabul qilib oluvchi tomonidan bitta kalit bilan amalga oshirilsa, bunday algoritm simmetrik shifrlash sinfiga kirishi ta’riflangan. Agar shifrlash jarayonida biror akslantirish orqali ochiq ma’lumot alifbosi belgilari shifrma’lumot alifbosi belgilariga almashtirilsa, bunday akslantirishga asoslangan shifrlash algoritmi o‘rniga qo‘yishga asoslangan shifrlash sinfiga kiradi. Agar shifrlash jarayonida biror akslantirish orqali ochiq ma’lumot alifbosi belgilarining o‘rinlari almashtirilsa, bunday shifrlash algoritmi o‘rin almashtirishga asoslangan shifrlash sinfiga kiradi. O‘rin almashtirishga asoslangan shifrlash algoritmlarida ochiq ma’lumotni tashkil etuvchi alifbo belgilarining ma’nosi shifrma’lumotda ham o‘zgarmasdan qoladi. O‘rniga qo‘yishga asoslangan shifrlash algoritmlarida shifrma’lumotni tashkil etuvchi alifbo belgilari ma’nosi ochiq ma’lumotni tashkil etuvchi alifbo belgilarining ma’nosi bilan bir xil bo‘lmaydi. Shifrlash jarayonida o‘rniga qo‘yish va o‘rin almashtirish akslantirishlarining kombinasiyalaridan birgalikda foydalanilsa, bunday shifrlash algoritmi kompozision shifrlash sinfiga kiradi. Umuman olganda, o‘rniga qo‘yishga asoslangan shifrlash algoritmlari akslantirishlarining matematik modellari ko‘p qiymatli funksiyalar bilan ifodalansada, amalda bir qiymatli (teskarisi mavjud bo‘lgan, qaytar) funksiyalar bilan ifodalanuvchi akslantirishlarni qo‘llash qulaylik tug‘diradi.
Shifrlash jarayoni ochiq ma’lumotni ifodalovchi elementar (masalan: bit, yarim bayt, besh bit, bayt) belgilarni shifrma’lumotni ifodalovchi elementar belgilarga akslantirish asosida amalga oshirilsa, bunday shifrlash algoritmi oqimli (uzluksiz) shifrlash sinfiga kiradi.
Shifrlash jarayoni ochiq ma’lumot alifbosi belgilarining ikki va undan ortiq chekli sondagi birikmalarini shifrma’lumot alifbosi belgilarining birikmalariga akslantirishga asoslangan bo‘lsa, bunday shifrlash algoritmi blokli shifrlash sinfiga kiradi.
O‘rniga qo‘yish almashtirish (ANSI kodi alifbosi belgilari asosida) jadvali
Ochiq ma’lumot alifbosi (standart ANSI kodi
belgilari)
|
ANSI 0
|
ANS
I 1
|
…
|
…
|
ANSI 32
2 -1
|
Shifrma’lumot alifbosi (ikkilik
sanoq tizimi belgilari)
|
x0 x0...x0
0 1 31
|
x1 x1...x1
0 1 31
|
…
|
...
|
32 32 32
x2 -1 x2 -1...x2 -1
0 1 31
|
Oddiy o‘rniga qo‘yishga asoslangan shifrlash algoritmlarining analitik (formulali) ifodasini ikkita teng kuchli to‘plamlar, ya’ni elementlari soni teng bo‘lgan to‘plamlar, elementlari ustida o‘rnatilgan o‘zaro bir qiymatli akslantirishlardan (funksiyalardan) iborat deb tushunish mumkin. Bunday akslantirishlar har doim teskarisiga ega bo‘ladi, ya’ni o‘zaro bir qiymatlilik xossasi akslantirishning teskarisi mavjudligining yetarlilik shartini ta’minlaydi. O‘zaro bir qiymatli funksiya odatda chiziqlilik xossasiga ega. Masalan, yuqorida keltirilgan jadvalli oddiy o‘rniga qo‘yishga asoslangan shifrlash algoritmlarining modellarini mos ravishda.
ularning ushbu ko‘rinishdagi: f (xi ) = kxi + b(mod 32), i = 0,1,...,31;
f (x
) = kx + b(mod 256), j = 0,1,...,255; f (x ) = kx + b(mod 232) ,
l = 0,1,...,232 -1;
j j l l
analitik (formulali) ifodalari bilan almashtirish mumkin, bu yerda k va
b o‘zgarmas sonlar. f (xi ) -funksiya chiziqsiz bo‘lsa, u ko‘p qiymatli
bo‘lib, uning teskarisini har doim ham analitik (formulali) ko‘rinishda ifodalash imkoni mavjud bo‘lavermay, umumiy ko‘rinishda to‘plamga
i i1 i i2 t
tegishlilik ifodasiga ega bo‘ladi: f -1( y ) Î{x , x ,..., x }.
|