• DGHV ning kriptoanalizi
  • Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi tоshkеnt aхbоrоt




    Download 0,72 Mb.
    bet4/6
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,72 Mb.
    #242159
    1   2   3   4   5   6

    Vijener shifrlash tizimi


    Fransuz kriptografi Bleyz de Vijener qadimda eng mashhur bo‘lgan ko‘p alifboli tizimlarga asos solgan. Bu tizim uning sharafiga Vijener tizimi deb atalgan. Vijener tizimi ham Sezar tizimiga o‘xshash bo‘lib, unda kalit qadam-baqadam o‘zgaradi. Shifrmatn hosil qilish va uni dastlabki matnga o‘girishda Vijener kvadratidan foydalaniladi [4.1-rasm]. Har bir ustun 0,1,2,..,25 kalitli Sezar tizimi kabi qaralishi mumkin. Shifrlash uchun dastlabki matn harflari kvadrat jadval satridan Sezar tizimi kalitini esa kvadrat jadval ustunidan o‘qiladi.
    Kalitlar odatda kalit so‘zi atamasi bilan ifodalanadi. Masalan, dastlabki matnda ODAMGA so‘zi kalit so‘z CRYPTO yordamida shifrmatn birinchi harfi O–satr va C-ustunga tegishli katakda joylashgan Q harfi bo‘ladi. Shunday qilib, shifrmatn bo‘lagi QUYBZO shaklini oladi. Bu yerda kalit so‘zining davri 6 ga teng bo‘lib, odatda ko‘p harfli xabarlarni shifrlashda davriy ravishda takrorlanadi. Masalan, agar xabar 15 harfdan iborat bo‘lsa, kalit so‘zi CRYPTOCRYPTOCRY ko‘rinishida bo‘ladi. Shifrmatnni dastlabki matnga o‘girishda satr va ustunlarning o‘rni o‘zaro almashtirilgan kvadratdan foydalanish kifoyadir [17].
    Vijener kvadratini to‘ldirish tartibi ham aslida kalitning bir qismi bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun Vijener kvadrati sifatida oson eslab qolinadigan kvadratlardan foydalanilgan. Bular orasida admiral Frensis Byufort kvadrati mashhurdir [17].
    Uning satrlari bo‘lib teskari tartibda yozilgan Vijener kvadrati satrlari xizmat qiladi. Bu tizim shamol tezligini aniqlovchi shkalani yaratgan admiral Frensis Byufort sharafiga nomlangan.
    Agar Vijener kvadratida birinchi ustun va birinchi satr, satr va ustunlarni ko‘rsatsa, Byufort kvadratida esa bu vazifani birinchi satr va oxirgi ustun bajaradi. Shunday qilib, CRYPTO xabarini shifrlashda kriptotizimning birinchi harfi ikki kvadratdan quyidagicha hosil bo‘ladi:





    DGHV ning kriptoanalizi


    Download 0,72 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi tоshkеnt aхbоrоt

    Download 0,72 Mb.