• Bajardi: Mehmonxojayev A Tekshirdi: Zaripova D
  • O’zbekistondagi DTM faolliyati
  • Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 28.5 Kb.
    bet1/3
    Sana28.05.2023
    Hajmi28.5 Kb.
    #66243
      1   2   3
    Bog'liq
    mehmonxojayev A testologiya 2
    8-sinf-informatika-testlar-2, 28 mavzu Virtual himoyalangan xususiy tarmoqlar. Vpn

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
    KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

    Testologiya fanidan

    Topshiriq-2




    Guruh:716_20
    Bajardi: Mehmonxojayev A Tekshirdi: Zaripova D

    Toshkent 2023


    2-topshiriq

    1. Mavzu: O’zbekistondagi DTM faolliyati va xorijdagi test markazlarning tahlili.

    Tushunchalar taxlili” metodi

    O’zbekistondagi DTM faolliyati?

    Davlat test markazi zimmasiga oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish yuklatildi. 1994-yildan boshlab oliy o‘quv yurtlarida abiturientlarni bilimlariga baho berishning test usulini qo‘llagan holda tanlash amaliyotga joriy etildi.
    O‘rta maxsus o‘quv yurtlarida test sinovlari natijalari bo‘yicha abiturientlar tanlash 1994-yilda ayrim o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga, 1995-yildan boshlab esa — idoraviy bo‘ysunishidan qat’i, nazar barcha o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga joriy etildi.
    2017-yil 17-iyulda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 508-sonli qarori qabul qilindi.
    Test tizimi 1992-yilda ikki variantli modellari hamda cheklangan hajmdagi test materiallaridan tashkil topgan universal savollar kitobchasi bilan boshlangan edi.
    1992-yilda testlar ikki variantli (A, B) bo‘lib, ona tili, matematika, ijtimoiy fanlar-tarix va geografiya, tabiiy fanlar-fizika, geografiya, kimyo, xorijiy tillar bo‘yicha 50 tadan savollardan tashkil topgan. Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishiga qarab 3 tadan fanni tanlaganlar. 1993-1994-yillarda testlar ikki variantli (A, B) bo‘lib, kunduzgi va kechki bo‘limlar uchun ona tili, matematika, ijtimoiy fanlar-tarix va geografiya, xorijiy tillar bo‘yicha 48 tadan savollar, tabiiy fanlarfizika, geografiya, kimyo bo‘yicha 72 ta savollardan tashkil topgan. 1995-yilda testlar 3 variantli (A, B, C) bo‘lib, ona tili, matematika, fizika, kimyo, biologiya, istoriya, geografiya, xorijiy tillar, o‘zbek






    tili, rus tili bo‘yicha 36 tadan savollardan tashkil topgan. Kam miqdordagi variantda yetarlicha cheklangan hajmdagi test materiallaridan foydalanish bilimlar darajasini baholash, aniqlashda xolislik va muvofiqlik, moslikni ta’minlay olmadi, maxfiylikni muhofaza qilish tartibini murakkablashtirdi.
    1996-yilda oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari qabuli jarayonidagi test sinovlarida test topshiriqlari variantlarini ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va ta’lim tillari bo‘yicha kompyuter yordamida generatsiyalash (tuzish)ga asoslanuvchi yangi, ko‘pvariantli test tizimi yaratildi va qo‘llanildi. Ushbu test tizimidan hozirgi kunda ham foydalanilmoqda.
    2009-yilda 80 ta har bir tipdagi savollar kitobi uchun 30 tadan variant joriy etildi.
    2010-yilda har bir abituriyent uchun individual variantli test tizimiga o‘tish amalga oshirildi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va farmonlari,
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq har yili quyidagi tadbirlarni amalga oshirishda test sinovlari o‘tkaziladi:
    Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish uchun;
    Muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilarning bilim saviyasini aniqlash uchun;
    Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish uchun; Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan maktab-internatlarining 5sinfiga qabul qilish uchun;
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiatlarini aniqlash uchun;


    Download 28.5 Kb.
      1   2   3




    Download 28.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 28.5 Kb.