Kommutatorlarning arxitekturasi va konstruktiv ishlanishi
Hozirgi barcha kommutatorlarda asosiy amal hisoblangan kommutatsiyalash, ya‟ni uzib-ulash amalini bajarishni tezlashtirish uchun mo„ljallangan va optimallashtirilgan, buyurtma asosida tayyorlanadigan – ASIC (Application Specific Integrated Circuit) deb nomlangan maxsuslashtirilgan katta integral sxemalar (KIS) ishlatilmoqda. Ko„pincha bitta kommutator tarkibida, amallarning funksional jihatdan tugal hisoblangan qismini bajaradigan bir nechta maxsuslashtirilgan KIS-lar o„rnatilgan bo„ladi.
Kommutatorlarni qurishda muhim rol o„ynaydigan mikrosxemalardan yana biri, bu FPGA (Field Programmable Gate Array) – qanday maqsadlarda ishlatilishiga qarab programmalanadigan ventillar massivi mikrosxemasidir, ya‟ni ishlatilish jarayonida programmalanadigan ventillar massivi mikrosxemasi. Bu mikrosxemalar yordamida ASIC KIS-lari bajara oladigan barcha vazifalarni, bajarish mumkin. FPGA mikrosxemalarida barcha vazifalarni, kommutatorlarni ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilarning o„zlari ham dasturlashlari va qayta dasturlashlari mumkin.
Kommutatorlar protsessorli mikrosxemalar bilan birga, portlarining protsessorlari orasida kadrlarni uzatib berish uchun mo„ljallangan tezkor axborot almashinish bog‘lamlariga ega bo„lishlari kerak. Hozirgi kommutatorlarda axborot almashinish bog„lamlari quyidagi uch xil shakllardan (sxemalardan) biri asosida qurilmoqda:
Kommutatsiyalovchi matritsa shaklida.
Umumiy shina shaklida.
Ko‘p kirishlarga ega bo‘lgan birgalikda foydalaniladigan xotira shaklida.
Uchchala shakllardan birgalikda foydalangan holda qurilgan kommutatorlar ham ishlab chiqarilmoqda (rus tilida – комбинированные коммутаторы).
Kommutatsiyalovchi matritsa, kommutator portlari protsessorlarining o„zaro ishlashini nisbatan osonlik bilan amalga oshirishni ta‟minlab beradi. Ammo bu xildagi kommutatorlarda, uning portlari sonini oshirish imkoniyati qiyin bo„lar ekan, negaki portlar sonining oshishi kommutatsiyalovchi matritsa shaklini murakkablashishiga olib kelar ekan. Sakkizta portlar uchun mo„ljallangan kommutatsion matritsaning shakli 3.25-rasmda, ichki tuzilishi esa 3.26-ramda keltirilgan.
Bu xildagi kommutatorlarning asosiy kamchiliklaridan biri, kommutatsiyalovchi matritsa ichida ma‟lumotlarni buferlanmasligidir. Chiqish porti band bo„lganida, uzatilayotgan ma‟lumotlarni kirish portida to„planib qolishiga to„g„ri keladi.
3.25-rasm. Kommutatsiyalovchi matritsa.
3.26-rasm. Kommutatsiyalovchi matritsa.
Umumiy shina asosida qurilgan kommutatorlar portlarining protsessorlari, galma-gal ulanib ishlash rejimida (rus tilida – режим разделения времени) ishlovchi yuqori tezlikka ega bo„lgan shina yordamida bog„langan bo„ladi. Kommutatorni to„xtab qolmasdan ishlashi uchun, shinaning unumdorligi, ya‟ni tezligi kommutator portlari unumdorligining yig„indisiga teng bo„lishi kerak (3.27-rasm).
3.27-rasm.
Birgalikda foydalaniladigan xotira arxitekturasida, kommutatorning kirish porti protsessorlari, birgalikda foydalaniladigan xotiraning kirishidagi uzgich-ulagichlari bilan, chiqish portlari protsessorlari esa – xotiraning chiqishidagi uzgich-ulagichlari bilan bog„langan bo„ladilar (3.28-rasm).
3.28-rasm.
Birgalikda foydalaniladigan xotiraning kirish va chiqish uzgich- ulagichlarini chiqish portlarining navbatlar menedjeri boshqaradi (rus tilida - менеджер очередей выходных портов).
Murakkab kommutatorlarni ishlab chiqishda yuqorida keltirilgan uchta arxitekturalardan birgalikda foydalaniladi. Bunday qurilgan kommutatorlarning tuzilishi 3.29-rasmda keltirilgan.
3.29-rasm.
Kommutatorlarning kostruktiv ishlanishi ularni tarmoqning qaysi qismida qo„llanilishiga qarab amalga oshiriladi. Oddiy kommutatorlar (rus tilida – настольные коммутаторы) va ishchi guruhlarning kommutatorlari portlarining soni o„zgarmaydigan qurilmalar shaklida ishlab chiqariladi. Korporativ kommutatorlar esa, o„zaro ulana oladigan modulli kommutatorlar shaklida ishlab chiqariladi, ya‟ni ularda portlarining sonini, modullarni o„zaro ulash bilan oshirish imkoniyati mavjud bo„ladi. Bo„limlar uchun mo„ljallangan kommutatorlar esa stekli konstruksiyaga ega bo„lishlari mumkin. Ularning bir nechta qismlarini (korpuslarini) bitta kommutatorga birlashtirib umumiy boshqarish bloki yordamida ishlatish mumkin bo„ladi.
|